Amaliy matematika va informatika kafedrasi


III.Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Download 2.33 Mb.
bet64/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

III.Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanib, 7,8,9 - semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy fanlar, “Informatika”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Algoritmlash va dasturlashtirish”, “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi», hamda «Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik texnologiyalar» fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi.




IV.Fanning ta’limdagi o‘rni

“Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fani bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kaollejlarida o‘qitiladigan mutaxassilik fanlarini o‘qitishda muhim o‘rin tutib, fanlarning nazariy va metodik ta’minotini bilishi va ularni o‘quvchilarga etkazib berishida, innovatsion pedagogik jarayonni tashkil etishda muhim o‘rin tutadigan fan. Uning o‘quvchi va talabalarning pedagogik madaniyati, dunyoqarashini, pedagogik faoliyat tarixidagi butun dunyoga mashhur ajdodlarimiz tajribalari asosida vatanparvarlik, qadriyatlarga hurmatni shakllantirishdagi ahamiyati katta. Bo‘lg‘usi informatika o‘qituvchisini umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika ta’limi jarayonida innovatsion o‘quv-biluv faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda bu fan boyicha belgilangan talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish muhimdir


V.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Fanning o‘qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustaxkamlangan-dagina, chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuning uchun dasturda amaliy va seminar mashg‘ulotlariga katta e’tibor qaratilgan. Talabalarning “Informatikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar» o‘quv fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda ta’lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo‘ladigan interfoal usullardan “Fikrlar hujumi” metodi, “Klaster” metodi, “Bumerang” metodi, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig‘ich”, “T-sxema” metodi, oyinli texnologiyalari va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual kartochkalar foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko‘rgazmalilik bilan mustahkamlashi kerak.


ASOSIY QISM

«Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanning nazariy mashg'ulotlari mazmuni



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling