Amaliy matematika va informatika kafedrasi


«Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 2.33 Mb.
bet2/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

1.«Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
«Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanining predmeti informatikani o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni loyihalashtirishdan iborat.
“Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanini o‘qitishdan maqsad:
- informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan ;
- ko‘p bosqichli ta’lim tizimida informatika o‘qitish texnologiyalarining o‘rnini asoslash va zarur tavsiyalar berish;
- informatika o‘qitish texnologiyalarini muntazam ravishda yangilab borish zaruryatini asoslash va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mezonlari, yo‘llari va usullari bilan qurollantirish;
- talabalarda istiqbolli o‘qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda informatika o‘qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga joriy eta olish bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- talabalarni o‘z pedagogik faoliyatlarini tahlil qila olishga, baholashga o‘rgatish. Tahliliy – tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali informatika o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashdir.

  • O‘qituvchilarning ichki kechinmalarini o‘quvchiga yo‘naltirish.

Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanining vazifasi:

  • o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning motivatsiyasini oshirish;

  • darsda foydalaniladigan o‘quv materiallarining hajmini oshirish;

  • pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlash;

  • pedagogik jarayonda vaqtdan unumli foydalanish;

  • ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ilg‘or texnologiyalar, faol usullardan foydalanish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Texnologiya so‘zi – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, texne - mahorat, san’at, uquv, lo­gos - tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘lllaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Keyinchalik texnologiya tushunchasi ta’lim jarayonlarida ta’lim tex­nologiyasi nomi bilan qo‘llanila boshlandi.
Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida, 70-80-yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi.
YUNESKOning 1996-yildagi xalqaro konferensiyasida mamlakatning ma’naviy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirishda pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslandi.
«Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganishning yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir», degan xulosaga kelindi.
Uzoq vaqt hukum surgan, kommunistik g‘oyaviylikka asoslangan byurokratik pedagogika talim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondashish yo‘llarini berkitgan edi. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish man etilgan edi.
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mustaqillik sharofati bois, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri yangi pedagogik texnologiyadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti - ta’lim-tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Ya’ni peda­gogik qonuniyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimining samarali, ommabop mexanizmidir. Pedagogik texnologiyaning ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan individual mahoratdan farq qiladi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling