Amaliy matematika va informatika kafedrasi


Zamonaviy pedagogik texnologiya va unga olimlar tomonidan bergan ta’riflar


Download 2.33 Mb.
bet3/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

2.Zamonaviy pedagogik texnologiya va unga olimlar tomonidan bergan ta’riflar


Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.
Pedagogik texnologiya nima? Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular:
BMT ning nufuzli idoralaridan bin bo‘lgan YUNESKO ta’rificha:
Ta’lim texnologiyasi – bu ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson bilan texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.
V..P. Bespalko: «Наг qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san’at bo‘lishi mumkin. San’at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. Hammasi san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi», - degan edi.
M.Ochilov, - «Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir», degan ta’rifni beradi.
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov «Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni» - degan ta’rifni beradi.
Ta’lim texnologiyasi - oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. (XTV «Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish» markazi ta’rifi).
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq horijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham ancha- ligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.
Pedagogik texnologiyani o‘rganishda tarixiy tajribalarga murojaat qilish ham katta ahamiyatga ega. Sharq xalqlari og‘zaki ijodi sinchiklab o‘rganilsa bu masalaga doir materillarni topish mumkin.
Xususan, Moskvadagi «Prosveshenie» nashriyoti «o‘qituvchi mahorati» seriyasida chiqargan Yu.Chestnixning «Открыть человека» (Insonni kashf etish) (1991) deb nomlangan kitobiga ko‘zim tushib qoldi. U shunday yozadi: «Adabiyotni qanday o‘qitish bo‘yicha eng to‘g‘ri va qiziqarli maslahatni men qariyb unutilayozgan o‘zbek xalq latifasidan topganman. Xo‘ja Nasriddin maydondagi olomon oldiga keladi va so‘raydi:

  • Ey, odamlar! Bilasizlarmi, men sizlarga nima aytmoqchiman?

  • Yo‘q, yo‘q, - deb javob berishdi ular.

  • Eh, bilmaysizlarmi? Unda sizlar bilan gaplashib o‘tirishning hojati yo‘q, - jahllandi Nasriddin afandi va jo‘nab ketdi. Boshqa kun kelib, yana xuddi shu savolni berdi.

  • Bilarniz, bilarniz! – deb baqirishdi odamlar.

  • Agar bilsangizlar, unda mening bu yerda nima keragim bor? – dediyu yana Xo‘ja Nasriddin hammani ajablantirib, jo‘nab ketdi.

Uchinchi kun odamlar xuddi shu savolga uzoq javob bermadilar va so‘ngra maslahatlashib sekin ovoza qildilar: «Yarmimiz bilarniz, yarmimiz bilmaymiz». Xo‘ja Nasriddin miyig‘ida kulgancha eshagi- dan tushar ekan dedi: «Bilganlaringiz bilmaganringizga o‘rgatinglar, men esa dastavval sizlarni tinglayman». («Ma’rifat» gazetasi, 2009- yil 28-yanvar. Alisher Azimovning «Yangi pedagogik texnologiyalar yohud Nasriddin Afandining muallimlik qilganligi xususida» maqolasidan). Bu bir latifa. Lekin har qanday latifaning asosida katta bir haqiqat yashiringan bo‘ladi.

3.Ta’lim jarayonida interfaol uslublar va ulardan foydalanishning zarurati


Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.


Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida
Nega o‘qitamiz?
Nimani o‘qitamiz?
Qanday o‘qitamiz?
savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.
Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni taminlaydi.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab egadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan xolda, o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol («Inter» - bu o‘zaro, «act» - harakat qilmoq) - o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman o‘quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziq ishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
- o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qizikishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o‘rganayotgan ba’zi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi -o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil ega olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu - o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo‘lar. Bularning hammasi o‘qituvchi va o‘quvchilarga bog‘liq.
Shu bilan birga o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil ega olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonida yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qо‘yilmoqda. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining samarali faoliyat kо‘rsatishi, eng avvalo, malakali pedagog kadrlar faoliyatiga bog‘liqdir. Shu bois, amalga oshirilayotgan ta’limiy islohatlar kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqkan holda qayta qurishni nazarda tutadi.
Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bо‘lg‘usi iqtisodchini kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qо‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zaruriy talabidir. Shundan kelib chiqib, har bir mutaxassis kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish, pedagogik jamoada shart-sharoit yaratish hamda mustaqil о‘z ustida ishlaydigan raqobat bardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa о‘z navbatida har bir mutaxassis mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi. Ayniqsa, bu о‘rinda kasbiy ta’lim yо‘nalishida bilim olayotgan bо‘lajak iqtisodchi о‘qituvchilarning mahoratini oshirish oliy ta’limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda, о‘qituvchi saviyasini, mehnatini, malaka oshirishini yuqori darajaga kо‘tarish о‘quv-tarbiya jarayonini qiziqarli va mazmunli bо‘lishini ta’minlaydi.
Bu muammoni hal qilishning birdan-bir yо‘li о‘qituvchilar mahoratini oshirish jarayonida ularning bilim, kо‘nikma, malakasini ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlashning tashkiliy-pedagogik asoslarini yangicha ishlab chiqishdir. О‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish eng avvalo, pedagogik shart-sharoitlar hamda, oliy ta’lim muassasasidagi barcha imkoniyatlardan kelib chiqib о‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni ham nazarda tutadi.
О‘qituvchining kasbiy mahorati eng avvalo, talabalarni о‘qitish, bilim berish, kо‘nikma va malakalar hosil qilish ta’lim beruvchilar saviyasi bilan belgilanadi. Bu muammo qanchalik murakkab bо‘lishiga qaramay hayotiy zarurdir.
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, о‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishning tashkiliy-pedagogik muammolarini nazariy va amaliy jihatdan о‘rganish dolzarb masaladir. Shuni aytish kerakki, о‘qituvchilar tayyorlash va ularning shaxsini, madaniyatini, pedagogik mahoratini shakllantirish muammolari bо‘yicha hamdо‘stlik mamlakatlarida bir qancha tadqiqot ishlari bajarilgan. Y.K.Babanskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, A.I.Sherbakov, V.G.Onushkin, V.A.Slastenin, Y.K.Vasilyevlar, respublika olimlaridan A.I.Vorobyev, R.X.Jо‘rayev, Y.Haydarov, U.N.Nishonaliyev, A.R.Xodjabayev, E.T.Choriyev, T.T.Mag‘zumov, N.S.Saydahmedov, N.A.Muslimov, K.J.Mirsaidovlar kasb-hunar о‘qituvchilarini tayyorlashda va ularning ta’limiy-tarbiyaviy yо‘nalishlari bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Bevosita pedagog xodimlar malakasini, kasbiy mahoratini oshirishning nazariy tashkiliy-pedagogik asoslari, bu jarayonni tashxis qilish respublikamiz olimlaridan K.Z.Zaripov, J.G‘.Yо‘ldoshev, B.Nuriddinov ishlarida tadqiq qilingan. Pedagoglar malakasini oshirishning umumiy masalalari B.Isroilov, kurs mashg‘ulotlarining о‘qituvchilar pedagogik mahoratini oshirishdagi ahamiyati tо‘g‘risida M.Nishonovlar tadqiqotlarida ishlangan. Ammo yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlarida о‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishning tashkiliy-pedagogik asoslari hali maxsus о‘rganilmagan.
Kasbiy mahorat bu о‘qituvchining mohirona о‘quv tarbiyaning hamma shakllarini tashkil qila olish, shaxsni barkamolligi, dunyoqarashi, qobiliyatini rivojolantirishga qaratilgan jarayondir. Pedagogik faoliyat murakkab tuzilishga ega bо‘lganidek, uning hosilasi bо‘lgan kasbiy mahorat ham murakkab va ma’lum shakllanish jarayonining mahsulidir. Kasbiy mahorat shakllanishi oliy о‘quv yurtida boshlanib, undan keyin amaliy faoliyatda davom etadi.
Kasbiy mahorat ma’lum bilimlar poydevorida shakllanib rivojlanadi. Bilim asosida inson tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari va mohiyatini, kasbining sirlarini egallab oladi. Kasbiy mahorat – о‘qituvchining kо‘nikma va malakalari asosida takomillashadi.
Kо‘nikma– insonning avvalgi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir. Uning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari pо‘stlog‘ida hosil bо‘ladigan murakkab shartli reflekslardir. Kо‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.
Malaka – muayyan harakatlarni doimiy ravishda bajarish natijasida shakllanadigan fazilatdir.
О‘qituvchi faoliyatida bolajonlik, hurmat, ishonch, qiziqish, intilish, istak, insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar, mehnatsevarlik ijobiy munosabatlar, e’tiqod kabilarning о‘rin olishi uni axloqiy madaniyat egasi ekanligini namoyon etadi.
Kasbiy mahorat jarayonida huquq va burch, davlat ramzlari, ichki va tashqi siyosat, ta’lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlari, о‘quvchilar faoliyatini uyushtirish, pedagogika, psixologiya va fiziologiya kabilar haqidagi ma’lumotlarni dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida amalga oshirish ta’lim-tarbiya sifatini samarali bо‘lishiga yordam beradi.
О‘qituvchi faoliyatida xushmuomala, xayrixoh, insonparvar bо‘lishi, his-idrok, kasbiy-ziyraklik, inson-ruhiy olarnini his qila olish, pedagogik intuitsiya, shaxsning harakatchanligi, mantiqiy ishontira olishi, о‘z-о‘zini boshqara olishi, kommunikativ, tashkilotchilik, harakatchanlik, hissiyot, ijodkorlik kabi fazilatlarning о‘rin olishi uning ma’naviy madaniyatini namoyon etadi.
Shuningdek о‘qituvchi faoliyatida pedagogik, didaktik, tashkilotchilik, ta’sir kо‘rsata olish kо‘nikmalarining namoyon bо‘lishi uning mahoratli ekanligini kо‘rsatadi. Dars jarayonida kо‘rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalana olish qobiliyati, о‘quvchilar bilan muloqotda bо‘lish, boshqarish, tezda munosabatga kirishishi ham mahoratli о‘qituvchining xususiyatlaridir.
Shuni aytish kerakki, kasbiy mahorat murakkab va kо‘p qirralidir. U о‘z tuzilishiga ega bо‘lib, о‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yо‘nalishi, bilimlar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik texnikasidan iboratdir. Bu komponentlar birgalikda yuqori kasbiy mahoratning shakllanish asosi bо‘la oladi. Chunki, pedagogik tizim hisoblangan pedagog kadrlar mahoratini oshirish jarayonini uzluksiz ta’lim talablariga moslashtirish, ya’ni uzviyligini ta’minlashda oliy ta’lim faoliyati muhim rol о‘ynaydi.
Lekin, oliy ta’lim mazmunini о‘rganish adabiyotlarni tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki о‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish bо‘yicha ilmiy-pedagogik adabiyotlar yetarli darajada emas.
Shuning uchun ham bizning nazarimizda, kasb mahoratini takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirishga nisbatan ijtimoiy va pedagogik talablarni kuchaytirish;

  • mutaxassis kadrlarni tayyorlashda kasbiy mahorat faoliyatini yanada takomillashtirish;

  • kasb mahorat faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanish;

  • zamonaviy ta’lim konsepsiyalari, psixologiya, pedagogika hamda kasb-hunar ta’limi mohiyatini yorituvchi axborot xizmatlari;

  • idrok etish faoliyatini yо‘lga qо‘yish shartlari, omillari;

  • zamonaviy о‘qituvchi (pedagog)ning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, emotsional va umumiy pedagogik madaniyati, ijtimoiy-pedagogik faoliyati, mahoratiga qо‘yiluvchi talablar;

  • pedagogik texnologiyalar borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni egallash;

  • pedagogik maqsadlarga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;

  • natijalarning samarali bо‘lishini ta’minlovchi pedagogik texnologiyalarning maqbul metod va usullarini tanlay olish;

  • pedagogik sezgirlik, kasbiy bashorat – oldindan “kо‘ra bilish” pedagogik taxmin qilish;

  • faol ijtimoiy-pedagogik faoliyatini tashkil eta olish;

  • shaxsiy va kasbiy о‘z-о‘zini takomillashtirish talabi;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida talaba faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalar;

  • talaba shaxsining ta’lim jarayonidagi yetakchi mavqei, uning ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy subyekti sifatida tan olinishi, shuningdek, uning shaxsini hurmatlashga bо‘lgan ijtimoiy talabning qaror topishi;

  • yangilangan ta’lim mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor о‘rin tutishi;

  • ta’lim jarayonining insonparvar va demokratik tamoyillari va boshqalar.

2-MAVZU: PEDAGOGIK FAOLIYAT VA UNGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR.


REJA:
1.Faoliyat va pedagogik faoliyat tushunchasi


2.Pedagogik faoliyatning turlari
3. Informatiga o‘qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablar



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling