Amaliy matematika va informatika kafedrasi


Innovatsion pedagogik faoliyat


Download 2.33 Mb.
bet6/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

2.Innovatsion pedagogik faoliyat.

Demak, faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog‘lash yoki kiritish orqaligina ta’limda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma-bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o‘ylab, o‘lchab amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala-partish, tartibsiz, oldindan natija olishni mo‘ljallamay amalga oshirish zarar keltirishi ham mumkin.


Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o‘rganish, o‘zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog‘i yaxshi natijalar berishi mumkin.
Bular doimiy pedagogik muammo bo‘lib kelayotgan: o‘quv-tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o‘quv materialni hajmini oshirish, o‘quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko‘proq ilg‘or metodlardan foydalanish, o‘quv-tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Yuqori natijalar beradigan yangi g‘oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma’nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi.
Ko‘plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o‘rganish asosida umumpedagogik innovatsiyalarni quyidagi ko‘rinishlarini belgilash mumkin:

  • Juda yangi bo‘lmasa-da, doimiy faol bo‘lgan, o‘zining g‘oyasi, ahamiyati jihatdan eskirmagan, o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan o‘quv-tarbiya texnologiyalari;

  • Gumannistik pedagogika mohiyatini ifodalovchi texnologiyalar;

  • Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g‘oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishini ta’minlovchi texnologiyalar;

  • Yangi g‘oyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga asoslangan texnologiyalar.

Innovatsion texnologiyalarda yangiliklarning asosiy yo‘nalishlari sifatida:

  • pedagogik tizimning bir butunligi;

  • o‘quv muassasalari;

  • pedagogik nazariya;

  • o‘qituvchi;

  • ta’lim oluvchilar;

  • pedagogik texnologiya;

  • ta’lim (tarbiya) mazmuni;

  • ta’lim (tarbiya)ning shakl, metod va vositalar;

  • ta’lim (tarbiya) jarayonini boshqarish;

  • ta’lim (tarbiya) maqsadi;

  • ta’lim (tarbiya) natijalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Rus olimi Y.K.Bobanskiy “So‘nggi o‘n yilliklar orasida fanda yangi va muhim yo‘nalish sifatida innovatsion jarayon va innovatsiyalar nazariyasi paydo bo‘ldi”, - degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr o‘qituvchining bevosita mehnat faoliyatining umumiy mazmunini yoritadi.
O‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning yana bir usuli – o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish sanaladi.
Ta’limni insonparvarlashtirish quyidagi holatlarni vujudga keltiradi:

  • o‘zaro hamkorlik;

  • o‘quvchiga g‘amxo‘rlik;

  • o‘quvchini hurmat qilish;

  • o‘quvchini e’zozlash;

  • kechirimli bo‘lish;

  • o‘zini-o‘zi rivojlantirishga muhit yaratish;

  • psixologik sog‘lom muhit yaratish;

  • ijodiy muhit;

  • do‘stona munosabatda ish yuritish;

  • o‘quvchining ehtiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidori va ichki imkoniyatlarini ishga solish.

3.Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati.
Umuman olganda, o‘quv jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberizatsiya etishni innovatsion holat deb qabul qilish to‘g‘ridir.
Pedagogik faoliyatlarni insonparvarlashtirish har bir o‘quvchining sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi. O‘quvchi uchun erkin bilim olish o‘z fikrini mustaqil bayon etish imkoniyatlarini yaratadi. Shu jihatdan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, takomillashtirish rejimida ishlashda katta imkoniyatlar ochib beradi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish har bir o‘quvchining sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi. O‘quvchi uchun ijodiy muhit va o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatlarini yaratadi.
Hozirgi ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda insonparvarlashtirishning amalga oshirilishi innovatsion faoliyat yuritishda katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasalariga yuridik shaxs maqomini berilishi, ularning moliya-xo‘jalik faoliyati mustaqil bo‘lganligi, pedagog kadrlarning ish sifati natijalarini xolisona baholash asosida oylik ish haqqiga ustamalarni belgilash, mukofotlar, moddiy yordam berish joriy qilingani, maktab, mahalla, oila hamda ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirishga oid dasturlarning ishlab chiqilganligi va boshqa bir qator dasturlarning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish yo‘lida olib borilayotgan amaliy innovatsion ishlar hisoblanadi.
Mustaqil O‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish keng ko‘lamda tadbiq etishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish o‘zida falsafa, sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaning innovatsion, insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlashtiradi. Bu g‘oyalarning markazida mustaqil, ijodkorlik, kreativ, innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli, o‘z pozitsiyasini himoya qiladigan shaxsni tarbiyalash maqsadi va vazifasi turadi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlash orqali pedagogik jarayonda hamkorlik, hamijodkorlik va g‘amxo‘rlik qilinishi, o‘quvchi shaxsini har qanday vaziyatda hurmat qilish va e’zozlash orqali tahsil olishga muhit yaratish, ijod qilishi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qulay ijtimoiy psixologik va do‘stona munosabat yaratishni maqsad qilib olishi kerak. Ana shunday muhit jarayonida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyektiga aylanadi. O‘qituvchi shu jarayonda subyekt-subyekt hamkorligida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni ijodiy muhitda olib boradi va yuqori natijalarni qo‘lga kiritadi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish ta’lim-tarbiya oluvchiga o‘z ehtiyojlarini, qiziqishlari, iqtidor va imkoniyatlarini ishga solish va qoniqish hosil qilishlariga sabab bo‘ladi.
Pedagogning o‘quvchi shaxsiga bo‘lgan insonparvarlashtirilgan munosabati o‘quvchini, talabani sevishi, ularning har birining taqdiri uchun qayg‘urishi, bolalarga bo‘lgan ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlik, hamijodkorlik, hamdardlik muhitini yaratilishi, muloqot madaniyatini yuqori darajada bo‘lishi, o‘quvchilarni majburlashdan voz kechishi va aksincha, ularni ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi tufayli ta’lim jarayonidan ko‘zlangan maqsadga erishish, o‘quvchi faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lishi, ularni bartaraf etishning samarali yo‘llarini izlashi zarur.
Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish uchun o‘qituvchi nima ish qilishi kerak?
Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshirishi lozim:

  • o‘zining shaxsiy-kasbiy sifatlari va fazilatlarini tahlil qilishi, bu boradagi kamchiliklarni aniqlashi va ularga barham berish yo‘llarini izlashi;

  • pedagogik jarayonda do‘stona, samimiy muhit, hamkorlik, hamijodkorlik va g‘amxo‘rlik vaziyatda ish faoliyatini olib borish;

  • o‘quvchi, talaba shaxsini hurmat qilish va e’zozlash yo‘llarni egallashi, o‘qitish jarayonida ijodiy va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish ko‘nikma va malakalarini egallagan bo‘lishi;

  • o‘quvchilarni rag‘batlantirish va uni yangi metodlarini qo‘llash ko‘nikmalarini samarali o‘zlashtira olishi;

  • o‘zining pedagogik va o‘quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarga barham berishning samarali usullarini egallagan bo‘lishi kerak.

Albatta, yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish ta’lim sifati va samaradorligi oshirishni kafolatlaydi. Buning uchun o‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahoratlarini takomillashtirib borishlari doimiy, uzluksiz holda olib borilishi talab etiladi.
Innovatsion faoliyatda ish yuritishda yuksak madaniy-insonparvarlik asosida ta’limga yondashish talab etiladi.

4-MAVZU:INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI: INNOVATSION O‘QUV-BILUV FAOLIYATI


REJA:

  • Informatika o‘qituvchisining innovatsion o‘quv-biluv faoliyati

  • innovatsion o‘quv-biluv faoliyatida maxsus kurslar

  • innovatsion o‘quv-biluv faoliyatida malakaviy amaliyot

1.Informatika o‘qituvchisini innovatsion o‘quv-biluv faoliyati


Innovatsion o‘quv-biluv faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi, zamon bilan birga qadam tashlashga yordam beruvchi kuch sanaladi.
Innovatsion o‘quv-biluv faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy meyorlarning mos kelmasligi, yoki amaliyotning, yangi shakllanayotgan meyorlarning mavjud meyorlar bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan mujmal muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir”, - deb ta’kidlaydi V.I.Slobodchikov. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Innovatsion o‘quv-biluv faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar bilan ishlashdan iborat bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O‘qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o‘rganib chiqqan pedagog olimlarning fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deya e’tirof etish mumkin:

  • ijodiy faoliyat falsafasini egallash;

  • pedagogik tadqiqot metodlaridan samarali foydalanish malakalarini o‘zlashtirish;

  • mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyatiga ega bo‘lish;

  • tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;

  • hamkasblar bilan hamkorlikka erishish;

  • Hamkasblar bilan o‘zaro fikr almashish, ularga amaliy metodik yordam ko‘rsata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish tajribasini o‘zlashtirish;

  • yangiliklarni izlab topish, ularning bankini yaratish va o‘z
    sharoitiga moslashtirib borish.

Innovatsion jarayonlar dinamikasining tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o‘z ichiga olibgina qolmay, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish, umumlashtirish kabi jarayonlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o‘rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastyonin uni quyidagi tuzilishga ega deb ko‘rsatib o‘tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyatidan iborat. Innovatsion faoliyatning darajalari reproduktiv, evristik, kreativ bo‘lishi mumkin”.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, yangilanishlar, o‘zgarishlar, innovatsiyalar tom ma’noda ta’lim tizimiga kirib keladi va u to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:

  • Muammoni tahlil qilish asosida aniqlash.

  • Mo‘ljalanilayotgan ta’lim tizimini loyihalash.

  • O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.

  • O‘zgarishlarni amalga oshirish.

O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ularning yangilikka intiluvchanliklari, yangilikni mustaqil izlash, yaratish va qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish mahoratini takomillashtirishdan iborat.
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan sharoitda yangi mahsulot yaratish bilan yakunlanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo‘nattirilgan faoliyatdir.
Innovatsion faoliyat o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani xal qilishda qandaydir to‘sikqa duch kelib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi. Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi.
Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘naltirilganligi sababli o‘qituvchidan o‘quv jarayoniga, uni boshqaruviga yangicha yondashuvni talab etadi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishining tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda amalga oshadi:

  • tayyorgarlik;

  • rejalashtirish;

  • amaliyotga joriy etish.

O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud. Bular: birinchidan o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum bo‘lgan narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
A.M.Xon o‘qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishda uchraydigan psixologik to‘siqlarning ikki turini farqlaydi:
1) kognitiv psixologik to‘siqlar;
2) muntazam paydo bo‘ladigan to‘siqlar.
Kognitiv psixologik to‘siqlar bu yangilik haqidagi bilimlarning yetishmasligi, yangilikni xis qilmaslik va nofaol xatti-harakatlar hisoblansa, muntazam psixologik to‘siqlar yangilikka nisbatan ishonchsizlik, rahbariyatga ishonmaslik, tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaslik va odatda yangilik kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Zamon talabi shiddat bilan o‘zgarib borar ekan, ta’lim sohasi ham u bilan barobar o‘zgaradi va o‘qituvchidan o‘z faoliyatini o‘zgartirishni talab etadi. Zamonaviy sharoitda o‘qituvchining asosiy vazifasi faqat ta’lim berishdangina emas, balki boshqaruvchilikdan ham iborat bo‘lib, u ta’lim jarayonini innovatsiyalar asosida tashkil etishi va boshqarishi talab etiladi.
Innovatsion faoliyat o‘qtuvchining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, uni shaxsiy, kasbiy, pedagogik, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil kilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • Yangilikni pedagogik faoliyatda qo‘llashdan oldingi davrdagi faoliyatini tahdil qilish.

  • Innovatsion faoliyatning faol shakllanishi davrini tahlil qilish.

  • Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib bo‘lgandan keyingi davrdagi faoliyatini tahlil qilish.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling