Amaliy matematika va informatika kafedrasi


Informatikani o‘qitishda innovatsiya


Download 2.33 Mb.
bet9/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

2. Informatikani o‘qitishda innovatsiya
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Innovatsion jarayon – yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi ko‘rsatgichlarga muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlovchi o‘zgarishdir. Innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy meyorlarning mos kelmasligi yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan meyorlarining mavjud meyorlar bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir (V.I.Slobotchikov).
Innovatsiyaning maqsadi – sarflanayotgan mablag‘ va kuchdan eng yuqori va sifatli natija olishdan iborat. Innovatsiya ­boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Innovatsiyalarning belgilari:
a) dolzarb muammolarni hal etishga qaratilganligi (pedagogik innovatsiyalar muammolar mazmunining yangicha yechimini amalga oshirishga qaratiladi);
b) pedagogik amaliyotda keng qo‘llanish imkoniyati ochiladi.
Pedagogik innovatsiyalar jarayonining o‘zgarishi yangilanishga olib keladi. Natijada yangi (stabil) sifatga ega bo‘lgan natijalar qo‘lga kiritiladi. Innovatsiyani tizimning turli predmetlariga ta’siri yangi samaradorlikka olib keladi;
c) moslashuvi (qanday sharoitda bo‘lishidan qat’iy nazar);
d) ishning yakuniga yetishi (innovatsiya to‘liq potensialli tadbiq etish darajasiga yetadi).
Avvalo, innovatsiyalar novator, bunyodkor, izlanuvchan ijodkor, yil o‘qituvchilari ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar faoliyatida kuzatiladi. Hozir respublikada innovatsion texnologiyalar iqtisodchilar, tadbirkorlar, fermerlar harakatlarida ham uchramoqda.


3.Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv

O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchffik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.


V.A.Slastenin o‘qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o‘tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi.
B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo‘g‘rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagj psixik qonuniyatlari, professionalizmga erishishlaridagi balandliklardan о`tа olish masalalari bilan shug‘ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko‘rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab berdi. Obyektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, subyektiv omillarga esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma'suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • iste’dod nishonalari;

  • uquvlilik;

  • qobiliyat;

  • iste’dod;

  • oila tarbiyasi sharoiti;

  • o‘quv yurti;

  • o‘z xatti-harakati.

Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:

    • ijodiy individuallik;

    • o‘qitishing o‘sish va takomillashish jarayoni;

    • o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.

O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:

  • intellektual - ijodiy tashabbus;

  • bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;

  • ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;

  • axborotlarga tashnalik, muammolardagi g‘ayri odatiylikka va yangilikka bo‘lgan his-tuyg‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik (N. V Vishnekova).

V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro‘yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:

  • ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;

  • pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;

  • samarali va ahamiyatli me’yorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;

  • shaxsning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘zini-o‘zi namoyon qila olishi asosida o‘zining rivojlanishini ta ’minlash;

Shu tariqa o‘qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o‘zini-o‘zi anglash quyidagilarni qamrab oladi:

  • o‘zini boshqalarga qiyos qilish asosida o‘z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi;

  • o‘zi to‘g‘risidagi kreativ ko‘rinishlar va tasavvurlari to‘plarni;

  • individual kreativ o‘ziga xosliklarning bir butunligi va uyg‘unligi, ichki birligi;

  • shaxsning o‘z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi;

  • shaxs o‘zini namoyon qila olishi va o‘zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi;

  • ijodkor sifatida o‘zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining o‘rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).

O‘qituvchining kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.


O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, u individning yangi tushunchalar yaratish, yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati yoki xislatini bildiradi.
J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:

  • fikrning ravonligi;

  • fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olishi;

  • o‘ziga xoslik (originallik);

  • qiziquvchanlik;

  • farazlar yaratish qobiliyati;

  • xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)

M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, ijtimoiy-ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon-natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa subyekt-shartlilik tavsifidan foydalanadi.
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkuming rivojlanish texnikasi V.A.Kan-Kalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V. Frolov va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko‘rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
• ragbatlantirishning samarali yoki sustkashlik bosqichi. Shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
• intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o‘z faoliyati tarkibi va tuzilmasini tahlii qilish davom etadi, yangilik ochish, oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
• intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo‘lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo‘lib qoladi.
Rag‘batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
N.M. Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi:

  • potensial kreativlik;

  • faoliyatdagi kreativlik.

Potensial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo‘ladigan individiumning potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial kreativlik ijodning zaruriy subyektiv shartidir. Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko‘rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta’minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potensial kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muhim subyektiv shartidir (N.MGnatko).
Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, potensial kreativlik, amalga oshirish mumkin bo‘lgan kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o‘tkazish muayyan faoliyat turini tashuvchi (subyekt) tomonidan uning o ‘zlashtirilishida tub o‘zgartirishlar qilish orqali amalga oshadi.
V.A. Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi kreativlikka taqlid qilish asosida o‘zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo‘shilgan holda uni to‘ldirib, kreativlik taqlid qilish, nusxa olish yo‘li bilan rivojlanadi hamda taqlid qilish asosidagi ijod, haqiqiy ijodga olib keladi, deb hisoblaydilar.

O‘qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin:

  • Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko‘chiriladi;

  • ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi;

  • uchinchi bosqichda g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to‘la ishlab chiqiladi;

  • to‘rtinchi bosqichda esa o‘qitish va tarbiyalashning o‘z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi.

O‘qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiya (lotincha Reflexio - ortga qaytish) subyektning o‘zi o‘zining (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Refleksiya o‘qituvchining o‘zi o‘zining ongi va faoliyatini belgilashi va tahlii qila olishi deb qaraladi (o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an’anasi mavjudligi aytiladi:

  • obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigart ongning reflektiv tahlili;

  • shaxslararo muloqot mа’nosini tushunish refleksiyasi;

Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:

  • o‘zini-o‘zi va boshqalarni tushunish;

  • o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;

  • o‘zini-o‘zi va boshqalarni izohli tahlil qilish.

Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni, deb yoziladi.

Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning o‘zini-o‘zi bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.


V.A.Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o‘zining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning xatti-harakatlarini o‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bog‘laydi. Bunday o‘zaro aloqalarda refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V A. Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:

  • retrospektiv;

  • prospektiv.

VA.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘Igan talabning hukm surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. V.V.Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me’yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.

4.O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari.


Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati turii xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi.


O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga O‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikriaiga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o‘zini-o‘zi faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘zini-o‘zi bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o‘ziga bo‘Igan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtai nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu O‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me ’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida boUish;

  • oiz imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, oiz turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish.

Demak, O‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida O‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va oiquv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;

  • ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, doimo oiqitishningyangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

  • pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan oiqituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.
Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obyektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

  • Mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

  • kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;

  • yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

  • yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

  • yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlii qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. V.A.Slastenin tadqiqotlarida O‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

  • shaxsning ijodiy-motivasion yo‘nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy

  • qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;

  • kreativlik. Bu —hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya;

  • kasbiyfaoliyatni baholash. Bu - ijodiyfaoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy

  • bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

  • o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiyfaoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o‘ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.

Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):



  • innovatsion foliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash;

  • ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;

  • shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;

  • ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;

  • innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;

  • innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta ’siri;

  • kasbiy refleksiyaga bo‘lgan qobiliyat.

Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va isbtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.


Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o‘qituvchi shaxsidir. O‘qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik


yangiliklaiga o‘ch bo‘lishi lozim.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:

  • yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;

  • yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.

Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o‘rganish oliy maktab o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

O‘zini-o‘zi nazorat qilish uchun savol va topshiriqlar





  1. Ta’limda «innovatsion jarayonlar» termini nimani anglatadi?

  2. Innovatsion faoliyatdagi aicmeologik yondashuvga izoh bering.

  3. Innovatsion faoliyatdagi «kreativlik» deganda siz nimani tushunasiz?

  4. Innovatsion faoliyat tarkibidagi «refleksiya»ni tushuntirib bering.

  5. Innovatsion faoliyatni shakllantirish shartlarini izohlab bering.

6-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida informatika fanlarini o‘qitish.


Reja:
1.Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning mohiyati
2.Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik ta’minotini ishlab chiqishdagi asosiy talablar
3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning turlari va xususiyatlari
1.Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning mohiyati

Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.


Bugungi kunda ta’limning sifat samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanmoqda.
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytdagi keng ko‘lamli axborotlar oqimi uning mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.
Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotda o‘quvchi yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik texnologiya va o‘qitishning interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qilayapti. An’anaviy darslarni o‘tish asta sekinlik bilan o‘z o‘rnini noan’anaviy darslarni o‘tishga, intensiv va interfaol metodlarga bo‘shatib bermoqda.
Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq, mazkur ta’lim muassasalari ta’lim – tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm – fanning so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etish ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Chunki buni amalga oshirmay turib qo‘llanilgan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Bu kundagi o‘qituvchi tayyor elektron resurslar yordamida dars o‘tish bilan chegaralanmasdan balki, ta’limiy resurslarni yaratish hamda uni amalda qo‘llovchi o‘qitishning zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, fan va uning tarkibiga kiruvchi bilimlar mazmunini o‘quvchilarga yetkazish malakasiga ega shaxs sifatida faoliyat olib borishi lozim.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishi o‘quvchilarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining samarasini bermoqda. Shu o‘rinda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunish darajasi, xotirada saqlash va uni qo‘llash imkoniyatlarini yuksaltirish maqsadida interfaol elektron doskalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda qo‘l keladi. Bunda foydalanayotgan texnologiyalarni barcha imkoniyatlari mujassamlanadi.
Har bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga erishish yo‘llarini bandma-band aniqlash va unga so‘zsiz erishishdan iborat. Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o‘ylangan pedagogik loyihalashtirish, ta’lim jarayonini tashkil qilish va albatta o‘quvchi va pedagog uchun erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali hamjihatlikda ishlab chiqilgan model desak bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida shaxsga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q. Shaxs ta’lim jarayonda qanday vazifani bajarishi kerak? - maqsad vazifasinimi? yoki maqsadga erishish uchun vosita vazifasinimi?
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi bola shaxsini butun bir ta’lim tizimining markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. O‘quvchi shaxsi bu texnologiyada nafaqat subyekt balki keng imkon berilgan subyekt bo‘lib, u ta’lim tizimidagi asosiy bo‘lmagan maqsadlarga erishish vositasi emas, balki uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning yana bir muhim tarafi ta’lim jarayonidagi bolaning o‘rni va unga kattalarning munosabatidir.
Pedagogik texnologiyani loyihalashtirishda o‘quvchi shaxsining individual hamda yosh xususiyatlari, uning tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik texnologiyalarning asosiylaridan biri – bu shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasidir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bu tabiiy tizim hisoblanib, o‘quvchining noyob shaxsiy rivojlanishi, uning o‘ziga xos qobiliyatlarini va psixologik yo‘nalishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi insoniylik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasining uyg‘unligini namoyish etadi. Pedagogning diqqat markazida o‘zining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim olishga intilayotgan, yangi tajriba-sinovlarni qabul qila oladigan va hayotning har xil holatlarida mustaqil,ongli va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishga qodir bo‘lgan butun bir noyob bolaning shaxsi turmog‘i lozim. O‘quvchiga ijtimoiy normalar asosida bilim beruvchi an’anaviy pedagogik texnologiyalardan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasida yuqorida qayd qilingan yo‘nalish(sifat)larni shaxs tomonidan zabt etilishi tarbiyaning asosiy maqsadi qilib qo‘yiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quvchi shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi.
Bunda o‘quvchini ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoyon etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o‘z amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish, o‘quvchining ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday o‘quvchi o‘ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart-sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada o‘quvchi uchun dastlab neytral bo‘lgan obyekt kutilmaganda subyektiv hususiyat kasb etsin.
Buning uchun o‘quv materiallari mazmuni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchini qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga undaydigan, ijodiy yondoshgan holda qayta ishlanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quv jarayonini loyihalashning o‘ziga hos tomonlarini hisobga olishni, ya’ni o‘quvchi shaxsi modeliga avvaldan belgilab qo‘yilgan talablardan yiroq bo‘lishni taqozo etadi. Ijtimoiy o‘sish jarayonlarining shaxsga bo‘lgan ta’sirini xisobga olgan holda talim jarayonida har bir o‘quvchi o‘zini yoshlik davri nashidasini sezishi, balog‘at davrida erkin, mustaqil,ijodkor va har tomonlama barkamol inson bo‘lib o‘sishini hisobga olish zarur omillardan biridir
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy prinsipi- o‘quvchining individualligini tan olish va uning rivojlanishi uchun zarur va yetarli sharoit yaratishdir.Har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olib, individual ishlash uchun o‘quv jarayonini o‘zgacha tashkillashtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘quv matnlari, didaktik materiallar, ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘quv dialogi shakllari, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish shakllari maxsus loyihalashtirilib, o‘quvchilarning bilim olishi va rivojlanishiga qaratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi aniq bir muddat va ma’lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil etilgan o‘zaro munosabat.
Jarayon holat davomiyligi, insonning rivojlanishi, biror bir natijaga erishishi yo‘lidan uzviy davom etayotgan harakatlar jamlanmasi.
Pedagogik jarayon-tarbiya jarayonining asosiy tizim birligi. Uning xususiyati shundan iboratki, u o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik munosabat tizimini belgilaydi.
Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yo‘naltirilgan shaxsga ma’lum sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat bo‘lsa, pedagogik jarayon tushunchasi oldindan tashkil etilgan tarbiyaning o‘zaro ta’sir tizimini bildiradi.
Bunday ish turida ta’lim jarayonining vazifalari:

  • o‘quvchilarni bilim olish faoliyatini kuchaytirish;

  • bilim olish faoliyatini takomillashtirish;

  • fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;

  • dialektik- dunyoqarash va insonparvar-estetik madaniyatini shakllantirish;

  • ta’lim(tarbiya) malakalarini takomillashtirish.

Pedagogik jarayonning asosiy vazifalari:





  • Ta’lim beruvchi - ilmiy bilim asoslarini o‘zlashtirish, amaliy faoliyat va o‘quv tarbiyaviy tajribaning motivatsion shakllanishi;

  • Tarbiyaviy - odamlar munosabatidagi ma’lum bir sifat, xususiyatning shakllanishi;

  • Rivojlantiruvchi - shaxsning psixik jarayoni, xususiyati va sifatining shakllanishi hamda rivojlanishi;

O‘quv jarayonining tarkibiy komponentlari:


1.Tahlil, sintez, taqqoslash, tizimlash.
2. Ilmiy qarash va qonuniyatlarni bilish, sababli aloqalarni tushunish, anglash.
3.Mahorat egallash va tizimlash.
4.Amaliyotda mavjud muammolarni mustaqil hal etish faoliyati.
5. O‘zini-o‘zi nazorat qilish, erishilgan bilimlarni tashxis qilish.
6.Faoliyat natijasining ideal darajada bo‘lishini oldindan bilish.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik ta’minlashini ishlab chiqishda quyidagi asosiy talablarga rioya etish maqsadga muvofiqdir:



  • o‘quv materiali o‘quvchining o‘ziga xos tajribasini namoyon qilishga va ularning avval o‘zlashtirgan bilimlarini qamrab olgan holda tuzilgan bo‘lishi;

  • darslikdagi o‘quv materialining bayoni (o‘qituvchi tomonidan) nafaqat hajmini kengaytirish, yaxlitlash, mazmunini umumlashtirish, balki har bir o‘quvchining shaxsiy tajribasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi;

  • o‘qitish jarayonida o‘quvchi tajribasini doimo berilayotgan bilimlarning ilmiy mazmuni bilan muvofiqlashtirib borilishi;

  • o‘quvchining bilim olish jarayonida o‘zining bilimini oshirishiga, rivojlantirishiga, fikrini ifodalashiga imkoniyatlarning yaratilishi ;.

  • o‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o‘quvchi vazifalarni bajarish tartibini o‘zi tanlay olish imkoniga ega bo‘lishi;

  • o‘quvchilarni mustaqil ishlashga va o‘zi uchun o‘quv materialini o‘zlashtirishi qulay bo‘lgan usullardan foydalanishga imkon yaratilishi;

  • o‘quv materiallarini bajarishga umumiy tushunchalar berishda fanning o‘ziga xos tomonlarini shaxsning rivojlanishidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish;

  • o‘quvchilarning nafaqat erishgan natijalarini, balki o‘qish jarayonini, o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqtida bajarayotgan faoliyatlarini nazorat qilish va baholab borish.

Har bir o‘quvchining rivojlanishi va o‘zini-o‘zi namoyon qilishi uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan o‘quv muhitini tashkil qilish lozim:

  • turli mazmun, shakl va turdagi o‘quv materiallarini tayyorlash va foydalanish;

  • o‘quvchiga topshiriqlar berganda unga topshiriqni bajarish usullarini tanlash imkonini berish;

  • o‘quvchilarni ijodiy faollashtirish maqsadida, noan’anaviy, yakka va guruhda ishlash shakllaridan foydalanish;

  • mustaqil va ommaviy ijodiy faoliyat uchun sharoit yaratish;

  • mashg‘ulotlarda kichik guruhlarda ishlashni tashkil qilish (trening, imitatsion-rolli o‘yinlar, dialog);

  • individual dasturlar ishlab chiqish va ulardan foydalanish;

  • loyihalash metodidan foydalanib o‘quv jarayonini tashkil qilish;

O‘qituvchi shunday muhit yaratishi kerakki, har bir o‘quvchi bilim olishdagi xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib o‘zini-o‘zi namoyon qila olsin. Ta’lim jarayoni nafaqat informatsion, balki, rivojlantiruvchi ham bo‘lishi kerak. O‘qituvchining har bir o‘quvchining xulqini, bajarayotgan faoliyatini kuzatib, ma’lumotlar bankini to‘ldirib borishi va bu ma’lumotlardan shakllantirilgan o‘quvchining “portreti”dan (tafakkuri, fanlarga qiziqishi, diqqati va boshqalar) ta’lim berishda foydalanishi ta’lim samarodorligini oshiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan darsning asosiy talablari


Maqsad: bilim olish faolligini namoyon qilish uchun sharoit yaratish.
Maqsadga erishish vositalari:

  • o‘quvchilarning subyektiv tajribalarini aniqlashga imkon beradigan o‘quv faoliyatining turli shakllari va usullaridan foydalanish;

  • dars jarayonida butun sinfning faolligini oshirish uchun muhit yaratish;

  • o‘quvchilarning o‘z fikrini bildirishga, xato qilishga yoki noto‘g‘ri javob olishga cho‘chimasdan topshiriqlarni bajarishda turli usullardan foydalanish;

  • o‘quvchi faoliyatini faqatgina natijaga qarab emas (to‘g‘ri, noto‘g‘ri) balki ushbu natijaga erishish jarayoniga qarab baholash;

  • o‘quvchining qanday usulda ishlashni (masalani yechimini topish) o‘zi tanlashga intilishiga sharoit yaratish, dars davomida boshqa o‘quvchilarning ish usullarini tahlil qilish, eng qulay usullarni tanlash, o‘zlashtirish;

  • o‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaslik hamda kamchiligini bo‘rttirmaslik:

  • past o‘zlashtirish, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni o‘quvchining shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;

  • dars jarayonida “muvaffaqiyat muhitini” yaratish, o‘quvchiga o‘qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish,uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirishdan iboratdir.

Individual shaxsni rivojlantirish maqsadida o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llari
Topshiriq turlari:
1. O‘zini-o‘zi anglash imkonini beruvchi topshiriqlar (o‘qituvchining o‘quvchilarga murojaati “O‘zingni angla, o‘zing bilib ol” jumlalari bilan ifodalanadi):
o‘zini-o‘zi baholash (o‘qituvchining tayyorlagan rejasi, sxemasi, algoritmi bo‘yicha bajarilgan ishni tekshirish, xatolarini tahlil qilish);
mazmun bo‘yicha bajarilgan ishning usulini tahlil qilish va o‘zini-o‘zi baholash (masalaning yechish usulini ratsionalligi, insho rejasining ifodaliligi, laboratoriya ishidagi amallarning ketma-ketligi);
o‘quvchini o‘quv faoliyat subyekti sifatida o‘zini-o‘zi baholashi (o‘z ishimni rejalashtira olamanmi, o‘z harakatlarimni tashkil qila olamanmi, erishgan natijalarimni baholay olamanmi);
o‘quv faoliyatida o‘zining ishtirokini baholashi (faollik darajasi, boshqa ishtirokchilar bilan hamkorligi, tashabbuskorligi, ijodkorligi);
darsni hamda uy vazifasini bilish qobiliyatlarini aniqlash (diqqat, idrok, xotira va boshqalar);
“Ko‘zguli topshiriqlar” - o‘quv mazmunida berilgan qahramonlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini topish (masalan, adabiyot fanida).
2. O‘z o‘rnini belgilab olishga imkoniyat beruvchi topshiriqlar (o‘qituvchining o‘quvchiga murojaati “O‘zing tanla” jumlasi bilan ifodalanadi):

  • turli o‘quv mavzuni asosli tanlash;

  • turli yo‘nalishlardagi sifatli topshiriqlarni tanlash (kreativlik, nazariy, ixchamligi va boshqalar);

  • o‘quv balining darajasiga mos keladigan o‘quv faoliyatini tanlash imkonini beruvchi topshiriqlar;

  • o‘quv faoliyati usulini asosli tanlash imkonini yaratuvchi topshiriqlar (o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan o‘zaro aloqa qilish usullari, vazifalarni kim bilan va qanday bajarish);

  • o‘quv faoliyatini tanlash (qisqa vaqt davomida mavzuni o‘zlashtirish, mavzuni bo‘laklarga bo‘lib o‘zlashtirish);

  • o‘quvchilar tomonidan qaysi yo‘nalishda rivojlanishini tanlash.

3. O‘quvchilarni hamkorlikda rivojlanishiga qaratilgan topshiriqlar (“Hamkorlikda ijod qiling”):

  • turli texnologiya va shakllardan foydalanib, guruhlarda ijodiy ishlash: “aqliy hujum”, rolli o‘yinlar, guruhlarda ishlash, proyekt metodi va boshqalar;

  • birgalikda bajaraladigan “oddiy” ijodiy topshiriqlar (jamoa bilan, juftliklarda insho yozish, guruhlarga bo‘lib laboratoriya ishini yozish va boshqalar);

  • guruhlarda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga vazifalarni, o‘rnini bo‘lib bergan holda birgalikda ijodiy topshiriqni bajarish: guruh boshlig‘i, “bezatuvchi”, eksport-kontrolyor va boshqalar;

  • rollarni taqsimlab, ijodiy rolli o‘yinlar tashkil qilish (taqsimlangan rollar o‘zaro bog‘langan, ijodiy namoyon bo‘lishga imkon berishi, individual va umumiy ijodiy natijaga erishishga qaratilgan bo‘lishi kerak);

  • birgalikda ishlashda ishtirokchilarning o‘zaro hamjihatligini ko‘zlagan topshiriqlar (masalan, o‘zining nerv sistemasining xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tajribalar yoki chet tilida bir-biridan intervyu olish);

  • faoliyatning natijasi va jarayonini birgalikda tahlil qilish (masalan, guruhning har bir vakili tomonidan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini muhokama qilish, guruh ishini baholash);

  • o‘quv faoliyatining individual maqsadi va rejasini ishlab chiqishda bir-biriga yordam berish (laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha rejasini birgalikda tuzish, nazorat ishiga tayyorlanish bo‘yicha individual rejani birgalikda ishlab chiqish);

4. O‘zini o‘zgartirish, rivojlanishga qaratilgan topshiriqlar va birgalikda ishlash usullari (“O‘zing uchun o‘zingni o‘zgartir”):

  • o‘quv faoliyatini bahosiz bajarish bo‘yicha topshiriqlar (masalan, uyda turli masalalarni ishlab kelish bo‘yicha yo‘llanma berish);

  • o‘quvchi tomonidan o‘z xohishi bilan o‘zining bajargan faoliyat natijalarini tahlil qilishi;

  • bir necha masalalarni yechib bo‘lgach (masalan, matematik masalalar) o‘qituvchi tomonidan berilgan mezonlar asosida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z ishini baholash;

  • o‘qishdagi shaxsiy istiqbollarni belgilab olishga qaratilgan topshiriqlar (o‘quv faoliyati natijalarini rejalashtirish, shakl, muddatlarini rejalashtirish);

  • o‘zini-o‘zi rivojlantirishga qaratilgan subyektiv murakkab mashg‘ulotlar va vaziyatlar (masalan, tarix fanidan ma’ruza yozish, lekin ma’ruza baholanmaydi, oldingi qilingan ma’ruzalar bilan taqqoslanib, natijalari tahlil qilinadi);

  • turli xususiyatlarni (sabr, ijod, o‘zaro ta’sir qilish va boshqalar) namoyon bo‘lishini talab etuvchi, o‘quvchi o‘z xohishidan kelib chiqib tanlay oladigan topshiriqlar (baholanmaydi);

  • kasbiy qiziqishidan kelib chiqib tanlashga imkon yaratuvchi topshiriqlar.

Pedagogning mahorati Davlat ta’lim standarlari asosida ta’lim mazmunini belgilab,o‘qitishning optimal metod va usullarini qo‘llay bilishda. Ta’lim texnologiyasi - quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olgan sistemali darajadir:

  • ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsad;

  • ta’lim mazmuni;

  • pedagogik xamkorlik vositalari;

  • o‘quv jarayonini tashkil qilish;

  • o‘quvchi-o‘qituvchi;

  • faoliyat natijasi.

“Pedagogik texnologiya”ning ma’nosi keng bo‘lib, “ta’lim metodikasi” dan farq qiladi. Qanday qilib eng samarali yo‘l bilan ta’limni boshqarish va ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin degan savolga ana shu pedagogik texnologiya javob beradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi quyidagicha tavsiflanadi:


Nomarkazlashganlik (antropotsentrik);
insonparvarlik;
psixoterapevtik yo‘nalganligi;
Bolaning erkin,ijodiy va har tomonlama rivojlanishini asosiy maqsad qilib qo‘yishi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasidagi fundamental g‘oya tushuntirishdan tushunishga, monologdan dialogga, nazoratdan rivojlanishga,boshqarishdan o‘zini o‘zi boshqarishga o‘tishdan iborat. Pedagog asosiy urg‘uni “fanni” bilishga emas aksincha, muloqotga o‘zaro bir birini tushunishga harakat qilib, o‘quvchini ijod qilishi uchun uni “ozod”qilishga qaratishi kerak. Ijod va izlanish o‘quvchining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi muhitidagi borlig‘iningasosi bo‘lmog‘i lozim. Ammo o‘quvchining jismoniy,intellektual va ruxiy xolati mustaqil ravishda ta’limdagi ijodiy izlanish talab qiladigan topshiriqlarni bajarishga va hayotiy muammolarni yechishga yetarli emas. Shuning uchun unga pedagogik qo‘llab quvvatlash va yordam kerak bo‘ladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining tavsifidagi mana shular “kalit”(Klyucheviye slova) so‘zlardir.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi texnologiyalarni ham qamrab oladi:
shaxsga insonparvarlik yondoshuvi;
xamkorlik texnologiyasi;
o‘yin texnologiyasi;
kommunikativ ta’lim texnologiyasi;
erkin tarbiya texnologiyasi;
bolani qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo‘yiladigan talablar:
dialog( o‘zaro suhbat);
faollik va ijodkorlik;
bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
o‘quvchiga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish;
Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:
san’at,ijodkorlik va bolaga xurmat bilan munosabatda bo‘lish;
insoniy,pedagogik pozitsiyada bo‘lish;
bolalarning ruhiy va jismoniy sog‘lom bo‘lishi va bolalik ekologiyasi haqida qayg‘urishi;
doimiy ravishda madaniy-informatsion,fanni rivojlantiruvchi yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jarayonini boyitib borishi;
ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi va ung shaxsga yo‘naltirilgan
shakl bera bilishi;
har hil pedagogik texnalogiyalardan foydalana olishi va ularga shaxsni rivojlantiruvchi yo‘nalish bera olishi;
har bir bolaning individual xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlashi va ularni rivojlantirish haqida qayg‘urishi.
Shaxsga insonlarvarlik yondoshuvi texnologiyasi
Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi,psixoterapevtik yo‘nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o‘z o‘rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi ko‘rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g‘oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo‘lib individual yondoshuv ,notalabchan demokratik boshqaruv hamda yorqin insoniy qarashlar boshqa yo‘nalishlardan ustun turadi.

Hamkorlik texnologiyasi.


Hamkorlik texnologiyasi pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasidagi tenglik, demokratiya hamda subyektlar orasidagi o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Pedagog bilan o‘quvchi xamkor va ijodkor sifatida ish yuritib birgalikda mashg‘ulot mazmuni, maqsadini aniqlaydilar va birgalikda baholaydilar.


Erkin tarbiya texnologiyasi.
Erkin tarbiya texnologiyasida asosiy urg‘u bolaning o‘z hayotiy faoliyati davomida mustaqil fikr yuritishi va tanlash erkinligiga qaratiladi. Tanlash xuquqiga ega bo‘lgan o‘quvchi subyekt vazifasini bajarishga tashqaridan bo‘lgan ta’sir ostida emas, balki o‘zining ichki kechinmalaridan kelib chiqqan holda intilib a’lo darajada bajaradi. An’anaviy ta’lim tizimidagi har qanday pedagogik texnalogiyaning asosida tushuntirish yotadi, lekin shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida esa tushunish va o‘zaro bir birini tushunish yotadi. Bu tushunchaga V.S. Bibler shunday izoh bergan; tushuntirishda bitta ong,bitta subyekt ishtirok etib monologni hosil qiladi. Tushunishda ikkita ong,ikkita subyekt ishtirok etib o‘zaro (bir birini) tushunish, dialogni hosil qiladi. Tushuntirish doim “yuqoridan past”ga bo‘lgan qarash, ya’ni “so‘zini o‘tkazish”ni anglatadi.
Tushunish esa bu muloqot,hamkorlik,o‘zaro(bir birini) tushunish demakdir.

Globallashuv sharoitida o‘quvchilarni har tomonlama voyaga yetkazish, ularda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr o‘quvchilarni qisqa muddatda asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarining puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.


Hozirgi sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim –o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
Bu ta’lim o‘qitish muhitining o‘quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligichao‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish,
shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’limoluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlamarivojlantirishuchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.
Bu turdagi ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o‘quvchiga imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirishni taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-o‘quvchi, o‘quvchilar guruhi yoki jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:

  • har bir o‘quvchini alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi;

  • o‘quvchini hurmat qilishi;

  • o‘quvchining ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi;

  • o‘quvchining xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;

  • har biro‘quvchiga tolerant munosabatda bo‘lishi;

  • o‘quvchining kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;

  • har biro‘quvchi uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;

  • o‘quvchilarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;

  • o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish;

  • ta’lim jarayonida hech biro‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaslik;

  • alohidao‘quvchining kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaslik;

  • bordi-yu,o‘quvchi tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim
    jarayonida o‘zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;

  • aniqlangan sabablar asosidao‘quvchining sha’ni, g‘ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;

  • ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata

  • olish;

  • har biro‘quvchiga ta’lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
    o‘quvchining qobiliyatini o‘stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;

  • talabaning shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;

  • pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi zarur.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘quvchini ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. o‘quvchilar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondashishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Xususan:

  • muammoli izlanish;

  • kichik tadqiqotlarni olib borish;

  • debat;

  • bahs-munozara;

  • evristik suhbat;

  • kichik guruhlarda ishlash va b.

Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:

  • turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;

  • o‘quv topshiriqlarini bajarishdao‘quvchilarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;

  • o‘quvchini juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash;

  • mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o‘qitish sifatini yaxshilayi, samaradorligini oshiradi, o‘quvchilar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi

Ayni vaqtda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi turlari farqlanmoqda (10-rasm):

Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Shuning uchun uni o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim deyish mumkin.
Bu esa ta'limni loyihalashtirishda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, balki, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashuvni nazarda tutadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga xos bo‘lgan asosiy prinsiplar quyidagilar:

  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirada tanlab olish erkinligini va mustaqilligini berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas,balki ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

  • har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

  • o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi

pedagog va tahsil oluvchi munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

2. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning turlari va xususiyatlari


Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so‘zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.


Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • o‘quv materialiga qiziqishni uyg‘otish, uni bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

  • o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

  • o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

  • har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak;

  • shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ishbilarmonlik o‘yinlari;

  • muammoli o‘qitish;

  • tabaqalashtirilgan o‘qitish;

  • dasturlashtirilgan o‘qitish;

  • kompyuterlashtirilgan o‘qitish;

  • modulli o‘qitish.

Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.

Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos- san’at, mahorat, logos- ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.


Mazkur ta’lim ijodiy topshiriqlar; kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar; muammoli vaziyatlar; rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari; bahs-munozara, debat; musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar asosida tashkil etiladi


3.Informatikani hamkorlikda o‘qitish


Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish e’tiborni demokratik, tenglik, hamda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi sub'ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga qaratilgan bo‘ladi.
An’anaviy shaklda o‘quchi shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmas edi. O‘qituvchi o‘quvchga iloji boricha o‘rganilayotgan mavzudan ko‘proq axborot berishga harakat qilar edi. O‘qituvchi: axborotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash va o‘rganilgan axborotlarni qo‘llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda o‘quvchning bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘onasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. O‘quvchlar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o‘rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
- o‘quvchda o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;
- o‘quvchga o‘z vaqtida kerakli yordam berish.
Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, noverbal va verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o‘zaro ta’sir asosida qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik subektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchlarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo‘llaniladi:
- o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
- o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
- o‘qitishning nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodi.
Metodlar ham o‘z navbatida quyidagi guruhchalarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og‘zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
2. O‘quv axborotlarini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).
3. O‘quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda o‘quvchlarga kitoblar, daftar va boshqa usullardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‘llash rag‘batlantiriladi.
Pedagog o‘quvchlarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo‘lganda jonli muloqotga chorlaydi. O‘quvchlar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga olinib tahsil oxirida faol o‘quvchlarga qo‘yilgan ballar yoki baholarni e’lon qiladi.
O‘quvchlarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z tajribalarini tanqidiy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
Ma’lumki, har qanday fan o‘qitilishi uchun, belgilangan maqsadga ko‘ra, uning mazmuni, o‘zlashtirish uchun mos metodlari, o‘quv vositalari va ularga mos ravishda o‘qitish shakli tanlanadi.
O‘quvchlarning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarini o‘zlashtirish darajalariga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar tanlanadi. Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o‘qitamiz?» degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o‘zaro qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti)ni yaratish va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. Bunday o‘quv fanlari o‘quvchning barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi, Pedagogik texnologiyar talablari asosida avval «o‘qish so‘ngra, bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qitish» tamoyiliga asoslanishi, o‘quvchning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgilash o‘quvchlarga individual va tabaqalashgan yondashuv xususiyatlarini hisobga olishi lozim.

7-MАВЗУ: INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARI


REJA:
1.Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari
2.Talabalarda tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni.
3.Informatikani o‘qitishda qo‘llaniladigan rivojlantiruvchi interfaol metodlar

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling