Amaliy matematika va informatika kafedrasi


Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari


Download 2.33 Mb.
bet10/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

1.Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalariga o‘quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bugungi zamonaviy ta’limning asosini tashkil etayotgan rivojlantiruvchi ta’limda shaxs o‘qitishning diqqat markazida bo‘lib, shunga binoan, ta’lim maqsadi, mazmuni va shakllari o‘quvchiga, uning shaxsiga qaratilganligi bilan o‘zgacha mazmun kasb etadi.
Bu ta’limning maqsadi mazmunida shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilinib, ushbu jihatlar bo‘lajak mutaxassis shaxsida kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish bilan birga, o‘quv topshiriqlari, ularni tahlil etish va yechish borasidagi zaruriy ko‘nikma hisoblangan ijodiy tafakkur operatsiyalarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillaridan biri o‘qitishda ko‘proq axborot shaklidan ilmiy izlanish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, imkoniyatlaridan keng foydalanish asosida o‘qitishning faol metod va shakllariga o‘tishni, boshqacha qilib aytganda, “qayta takrorlash”dan “tushunish, fikrlash”ga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zgarishlarni:

  • mavjud ta’lim mazmunini zamonaviylashtirish;

  • ta’limning tashkiliy shakllariga nishatan texnologik yondashuvni shakllantirish;

  • ta’lim oluvchi shaxsining individualligi, o‘ziga xosligi va ehtiyojlari doirasidan kelib chiqib o‘qitishni tashkil etishga xizmat qiluvchi yangicha ta’lim shakllari tizimini yaratish tamoyillari tashkil etadi.

Zamon talablariga mos holda ma’ruzalarning rivojlana borishi an’anaviy ta’lim modeli doirasida cheklangandir. Chunki ma’ruzaga faqat o‘qitishning bir tashkiliy formasi sifatida emas, balki talabalar mustaqil fikrlashini, muammoli vaziyatlardan chiqishda mustaqil qarorlar qabul qilishlarida amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlarining boshqaruvchi vositasi sifatida ham qarash lozimdir. Buning uchun rivojlantiruvchi ta’lim, ushbu ta’lim modelida ma’ruzaning tutgan o‘rni va funksional vazifasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim hisoblanadi. Zamonaviy ma’ruzalarni ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, mohiyati va funksional vazifasini aniqlash uchun rivojlantimvchi ta’limning quyidagi ikki modelini qisqa tahlil qilib chiqamiz.

  • Rivojlantimvchi ta’limning siklik modeli

  • Faoliyatni rivojlantirish modeli

Rivojlantimvchi ta’limning siklik modeli. Andragogikaning asosiy konsepsiyasiga muvofiq katta yoshdagilarni o‘qitish bir nechta sikllarni o‘z ichiga oladi.
O‘qitish va ta’limni rivojlantirish siklik jarayon davomida yuzaga kelib, tajribalarga asoslanadi va quyidagi bosqichlardan tashkil topadi (1- rasm):








1-rasm. O‘qitishning siklli modeli (Kolb, Fray)





  • aniq tajribalar o‘quvchining shaxsiy tajribasi va kuzatishlari natijasida olingan ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi.

  • refleksiv kuzatish to‘plangan ma’lumotlarning ma’nosini va mohiyatini izlash, tahlil qilish va fikrlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

  • abstrakt konsepsiyalashda aniqlangan muammolarni hal qilish modeli va yo‘llarining konsepsiyasi yaratiladi.

  • faol tajriba - amaliy tajribalar o‘tkaziladi.

Bu model o‘ziga xos muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda o‘qitish bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan bosqichlardan iborat siklik jarayon shaklida tashkil etiladi. Jarayon tajribadan boshlanadi va hech vaqt bosqichlar o‘rtasida uzilish bo‘lmaydi. Sikllar nafaqat ma’lum ketma- ketlik asosida bir-birini almashtiradi, balki bir-biriga qarama-qarshi ham turadi. Masalan, aniq tajribalarga abstrakt konsepsiyalash qarshi tursa, faol tajribaga refleksiv kuzatish qarshi bodadi. o‘qitish jarayonida turli pedagoglar ushbu siklning u yoki bu boqichiga ko‘proq e’tibor qaratishadi va bu holatni Kolb va Fray “o‘qitish stili” deb ko‘rsatadi.
Ushbu modelga muvofiq o‘quvchi o‘z tajribasi va bilimining qaysi sohada yetarli emasligini aniqlashtiradi, qiynalayotgan muammolarini shakllantiradi hamda ushbu muammolarni hal etish vositalari va yo‘llarini belgilaydi, o‘quv maqsadini aniqlab oladi.
Faoliyatni rivojlantirish modeli. Oddiy o‘qitishdan farqli odaroq, oliy ta’limda talabalarga nafaqat fan bo‘yicha yangi bilim va ma’lumotlar beriladi, balki olingan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, bilimlarni rivojlantirish va qayta ishlashga ham o‘rgatiladi. Ta’lim berish jarayonida modellar o‘rni almashadi - kasbiy faoliyat ko‘rinishi o‘zgaradi, talabaning qobiliyati, uquvi rivojlanadi, o‘quv maqsadi o‘zgaradi. Ta’lim faoliyatining rivojlanish samarasi ham aynan shu bilan xarakterlanadi.
Rivojlanuvchi faoliyat quyidagi uch xil yo‘nalishda amalga oshadi:

  • Shaxsiy faoliyatda

  • Faoliyat refleksiyasida

  • Metodologik muhitda

Bu yerda metodologiya tushunchasi bilim olishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarga qaratilgan g‘oyalar, konsepsiyalar, uslublar va vositalar majmui sifatida qaraladi. Ta’lim jarayoni nuqtai nazaridan ushbu modelni quyidagicha o‘qish mumkin: talaba o‘z faoliyati davomida refleksiv holatga olib chiquvchi bir qancha muammolarga duch keladi va ketma-ket ravishda quyidagi uch jarayonni amalga oshiradi:

  • tahlil - o‘z faoliyatini tadqiq qilish, ya’ni faoliyatni qayta shakllantirish va o‘zlashtirishdagi muammoli vaziyatlarni aniqlash;

  • tanqid- o‘zlashtirishdagi muammolar sababini aniqlash;

  • me’yorlashtirish -faoliyatni rivojlantirish. Muammoni barataraf etishga qaratilgan g‘oyalar, gipotezalar va usullarni o‘ylab topish, yangi me’yorlarni tuzish.

2.Talabalar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni.


Tanqidiy fikr - bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, fikrlash - bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:

  • hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;

  • jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;

  • shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.

    • Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:

  • O‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hurmatini tarbiyalaydi.

  • Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi tajribasidan foydalaniladi.

  • O‘quv mazmuni o‘quvchining talablariga mos va aniq belgilanadi.

  • Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.

  • Har xil buyum va qarashlar integrasiyalashadi.

  • Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.

  • Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabati orqali berib boriladi.

  • O‘quvchiga mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi

  • o‘quvchi-talabani tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.

Mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-bunarga yoTlash, didaktik о‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish, bar xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga zamin bozirlaydi.
O‘quv dasturlaridan o‘rin olgan muammoli mavzular muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda muammoli dars «aqliy bujum» shaklida o‘rganilishi tavsiya etiladi va munozarali mavzular munozarali dars shaklida o‘rganilishi maqsadga muvofiq. O‘quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili: ilmiy munozara va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi.
Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, noverbal va verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o‘zaro ta’sir asosida qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik sub’ektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kasbf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.

3.Informatikani o‘qitishda qo‘llaniladigan rivojlantiruvchi interfaol metodlar


Fanlarni o‘qitishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi rivojlantiruvchi interfaol metodlar qodlaniladi:



  • o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;

  • mustaqil ishlar metodi;

  • muammoli evristik modellashtirish metodi;

  • ilmiy tadqiqot metodlari;

  • o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;

  • o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;

  • o‘qitishning nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodi.

O‘quv jarayonida ko‘rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik printsipi bilan bog‘langanda yanada kengayadi va takomillashadi.
Ko‘rgazmali metodning vazifasi o‘quv jarayonida o‘quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yo jarayonlar haqida ma’lum axborotga ega bo‘ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so‘zlar, ko‘rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi va ularning bilim doirasi yanada kengaytiriladi.
Ko‘rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo‘llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo‘yiladi. Bu jarayonda o‘quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo‘lib, xizmat qiladi. Har qanday holatda ham ko‘rgazma vositalar qo‘llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko‘zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo‘yiladi. Unda jismlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo‘lgan borliq va jarayonlarni o‘rgatish ko‘rsatilishi lozim.
Dars jarayonida bolalar ko‘rgazma vositalarni ko‘zdan kechiradilar, ularni qismlarini tahlil qiladilar, o‘zaro taqqoslaydilar va nihoyat o‘xshashlik tomonlari va farqiy belgilarini aniqlaydilar. Ko‘z bilan ko‘rib, tafakkur faoliyati yordamida hosil qilingan bilimlar puxta va uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Ayni paytda o‘qituvchining o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi, yangi bilimlarni qiynalmay o‘zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
O‘qitishning reproduktiv va muammoli-izlanish usullari.
Reproduktiv usullar birinchi navbatda, o‘quvchilarning o‘quv materialini mustahkamroq eslab, qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. MuammolI vaziyat yaratish usullari deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishiga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. Ishning mohiyati o‘qituvchi bu vazifalarga muammolik xarakterini qanchalik bera olishidadir.
Vazifa quyidagi talablarni qondira oladigan bo‘lsagina shu masalaning tub mohiyati bilish muammosiga aylanishi mumkin: 
1. O‘quvchilar uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish
2. O‘quvchilarda bilishga qiziqish o‘yg‘otish.
3. Tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida urganiladigan fanlarga xosdir. 
O‘qitishning induktiv va deduktiv usullari darslarga tayyorlanish jarayonida o‘qitishning induktiv, deduktiv kabi usullarini tanlash zaruriyati ham tug‘iladi. 
Induktiv usullar texnik qurilmalarini o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. 
Deduktiv uslub o‘quv materialini tezroq o‘tishiga yordam beradi, tafakkurni birmuncha faol-roq rivojlantiradi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rag‘batlantirish va tanbeh berish usullari. O‘quv faoliyatini rag‘batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo‘lgan tashqi mayliga aytiladi. Shuning uchun ham rag‘batlantirish-o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. O‘qishga qiziqishni rag‘batlantirish turlaridan biri-o‘qishda ma’lum 
qiyinchilik sezayotgan o‘quvchilarga muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratishdir. 
O‘qishga doir tanbehlar: dars paytidagi og‘zaki tanbeh berishlar, bahosini 
pasaytirib qo‘yish, ish daftariga yozishlar xatolarini ko‘rsatish va boshqa usullar 
orqali qo‘llaniladi. 
Koyish hamda jazolashning boshqa turlarini qo‘llash o‘qitish usulida istisno hol, 
chunki bu usul eng oxirgi ilojsiz chora hisoblanadi. 
O‘qitishda nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullari.
Og‘zaki nazorat-yakka va guruhiy surash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Aloxida 
surashda o‘qituvchi ma’lum vaqt davrida o‘quvchilar tushuncha, qonun, nazariya 
hamda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. Aloxida so‘rashda 
ma’lum masalalarini, operasiyalarni xal qilish ko‘nikmasi, texnik vositalardan 
foydalana bilishlari tekshiriladi. 
Yozma nazorat ishlarini o‘tkazishda, baholarning to‘liq obyektivligini ta’minlash 
bilan birga bo‘sh o‘zlashtiruvchilarni ilg‘orlar safiga tortish, topshiriqni 
uddalashlariga ishonch xosil qilish maqsadida ularga masalalarning javoblarini, 
qushimcha rasmlar va xokazolarni berish kerak. 
Nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish uslublarini o‘zaro mohirona biriktirish barcha 
o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.
M.S. An’anaviy usullar va noan’anaviy usullarning bir - biridan farqli tomonlarini sanang. 
Mustaqil ta’limga oid topshiriqlar 

Ma’ruza matnini o‘qib chiqing, belgilangan o‘quv maqsadlariga erishganlik 


darajangizni aniqlang. 
Insert va klaster usulini qo‘llang. 

Ta’limda nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish metodlari.


Ogzaki nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish.
Yozma nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish .
Laborotoriya - amaliy nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat.
Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi).

O‘qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o‘quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.

Nazorat maktabdagi o‘qitish jarayoniga xos bo‘lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo‘larniz.
Og‘zaki nazorat - yakka va guruhiy so‘rash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Alohida so‘rashda o‘qituvchi ma’lum vaqt davrida o‘quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O‘quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to‘la dars davomida yozma ishlar o‘tkaziladi. Yozma nazoratda baholar ob’ektiv bo‘lishi va o‘quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O‘z - o‘zini nazorat qilish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, o‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar va boshqa usullardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‘llash rag‘batlantiriladi.
Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor standard yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o‘rgatish, talabalar intellektual, zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma’lum yo‘nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
An’anaviy va rivojlantiruvchi ta’lim modellarini taqqoslab quyidagilarni aniqlashimiz mumkin:


  • An’anaviy ta’lim modelining maqsadi va natijasi standart vazifalarni yechish bo‘yicha bilimlar berish hamda amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.

  • Rivojlantimvchi ta’limning maqsadi va natijasi bo‘lajak mutaxassislarni aniq ishlab chiqarish sharoitida muvaffaqiyatli faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan kompetentligini rivojlantirish, nafaqat standart vaziyatlarda, balki o‘zgaruvchan nostandart vaziyatlarda ham mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilimlar berish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Rivojlantimvchi ta’lim modelida ma’ruza dialog shaklida olib boriladi va talabada ma’ruza mazmuni bo‘yicha tahlil qilish, izlanish, yangi g‘oyalar hosil bo‘lish, o‘z g‘oya va fikrlarini bayon etish, boshqa talabalarning ushbu muammo bo‘yicha fikrlarini tinglash va unga o‘z munosabatlarini bildirish imkoniyati yaratiladi.

8-MAVZU: INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALI TEXNOLOGIYALAR


REJA:
1.Multimedia va multimedia texnologiyalari tushunchasi
2.Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish. 
3.Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi
4.Multimediani yaratish  dasturlari

1.Multimedia va multimedia texnologiyalari tushunchasi


Keyingi paytlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.
Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret-uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimining muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimedia tushunchasi hayotimizga XX asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tu­shunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha tahlil qilinmoqda.
Multimedia – bu matn, ovoz, grafika, animatsiya elementlari, videolavha va fazoviy modellashtirish kabi axborot taqdim etish vositalarining bir kompyuter tizimida birlashishidir. Bunday vositalarning birlashishi axborot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir
Multimedia — bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audiosamara ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi.
Multimedia — bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib be­rishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maq­buli deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi.
Multimedia texnologiya­lari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar maj­muasidir. Multimedia texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin.
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti bilan ishlashda foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma'ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Taqdimot nima uchun samarali? So‘nggi o‘n sakkiz yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilarniz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.Zamonaviy ta’lim vositalari — interaktiv, audio-vizual, multimediali o‘quv jihozlari — shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan vositalar emas, balki o‘quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta’lim tizi­mining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas, balki o‘quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur. Shu sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborot­lariga qo‘shimcha sifatida ta’lim jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab etiladi. Bu mustaqil tadqiqot ishlariga malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib, butun ta’lim faoliyati davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishning qiziqarli bo‘lishi hamda unda barcha talabalarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida ta’lim jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham muhim o‘rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta’limning universal ta’siri, uning asosida esa — foydali malaka va ko‘nikmalar, nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi.

2.Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish. 


Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Multimediali ilova esa, o‘zida illyustratsiya, jadval va chizmalar, animatsiya elementlari, videolavha va ovoz jo‘rligida taqdim etilaѐtgan chiroyli dizayn ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘rganilaѐtgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga ѐrdam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda multimedia ilovalarining quyidagi turlari mavjud:

  • prezentatsiyalar;

  • animatsion roliklar;

  • o‘yinlar;

  • videoilovalar;

  • multimediali galereyalar;

  • audioilovalar;

  • web uchun ilovalar.

Taqdimot/prezentatsiyalar – audiovizual vositalardan foydalanib, ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o‘zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
Animatsion roliklar - tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi.
O‘yinlar - o‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiѐjlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar - harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Videotasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.
Multimedia-galereyalar - ovoz jo‘rligidagi harakatlanuvchi tasvirlar to‘plarni.
Audioilovalar - ovozli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush – bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar - bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.

3.Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi


Ma’lumki, multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonini bo­yitadi, o‘quv materiali ta’limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini beradi.


Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi samaralarga erishish imkonini beradi:

  • jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan boyitish;

  • interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish;

  • darsning nazariy materialini boyitib borish;

  • axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish;

  • ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash, ularning darsgaqiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

  • ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni kompleks o‘rganish;

  • ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali takomillashtirib borishdan iborat.

Ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga:
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga:
- fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
- ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
- mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini
tanlash;
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va
unga doimiy ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:
- fan bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirish;
- o‘zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;
-o‘zini o‘zi nazorat ko‘nikmasini shakllantirish;
- bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish;
- o‘quvchilarni o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o‘quv
- metodik yordam ko‘rsatish.



Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xo­tirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saq­lash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jara­yonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Ma’lumki, kadrlarni qayta tayyorlash masalasida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egalar. Bunga ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Shuni ta’kidlash lozimki, avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv muam­molar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari­da multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‘llashni talab etadi.
Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘z­garishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasa­larilari va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.
Ta’limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta’lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin.
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab.
Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta’lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi.
Dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar.
Multimediali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi.
Axborotlarni kompyuter ekranidan o ‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar.
Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni
o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi.
Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin.
Multimedia yaratish uchun dasturlar 
Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagi instrumental vositalarni jalb qilish mumkin:

  • Macromedia Flash, Adobe Flash; 

  • Macromedia Director; 

  • Formula Graphics Multimedia System; 

  • Multimedia Creator; 

  • Asymetrix ToolBook; 

  • AuthorWare Professional; 

  • MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasi va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar.

Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi:



  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z­lashtirish imkoniyati mavjudligi;

  • o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi;

  • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi;

  • olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida ama­liyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va bosh­qalar.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnolo­giyalari — ta’lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim jarayoniga multimedia texnolo­giyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz o‘z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnolo­giyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomil­lashtirish, moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir.


Nazorat uchun savollar

  • Multimedia nima?

  • Multimedianing imkoniyatlari, amaliy dasturlari?

  • Multimedianing apparat, instrumental va dasturiy vositalarini nimalar tashkil etadi?

  • Elektron doska xaqida ma’lumot?

  • Elktron doskaning imkoniyatlari

9-MAVZU:INFORMATIKA FANLARIDA O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILUVCHI TEXNOLOGIYALAR
REJA:

  • Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash.

  • Baholash tamoyillari va shakllari.

  • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan baholash mezonlari.



1.Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash.

Baholash bu - ta’lim jarayoning ma’lum bosqichida o‘quvchilarning o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil etishdan iborat jarayondir.


O‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birining qiyin yoki oson o‘zlashtirilishi aniq ravshan bo‘ladi. Bu o‘quvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarni tekshirmasdan o‘quvchi o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g‘ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga go‘yo o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi.yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib qoladi.
Baholash natijasida, o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish, tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda o‘quvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyat-sizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug‘iladi.
Baholash hamisha o‘quvchining shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil qiladi. O‘quvchini muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy tasir ko‘rsatadi. O‘qituvchi o‘quvchining o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning xarakteridagi irodalilik hamkorlik, o‘zaro bir biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim bo‘ladi.
Ba’zan baholash jarayonida o‘quvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi.
Shu bois baholashni ta’lim olish jarayonining davomi deb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim tarbiya sohasidagi faoliyatiga, o‘quvchi va talabalarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan qo‘yilgan talablar nechog‘lik bajarilayotgani aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta’lim tizimi va uning komponentlari tekshirib ko‘rilishi kerak. Bu bilan talim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o‘lchanadi. Baholash natijasida nafaqat o‘quvchining, balki o‘qituvchining kuchli va kuchsiz tomonlari,shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:

  • O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun.

  • Keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avval o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash lozim.

  • Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun.

  • O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun.

  • Yutuq va kamchilikliarni aniqlash uchun.

  • O‘qituvchining o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun.

  • Yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun.

  • Ta’lim jarayoni yuuqlarini aniqlash uchun.

  • O‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun.

  • Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota - onalarga ma’lumot berish uchun.

Nimani baholash kerak?

  • Nazariy bilimlarni;

  • Amaliy bilim va ko‘nikmalarni;

  • Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlarni;

Yuqorida ta’kidlanganligidek, nazariy bilimlar baholaniyotganida kognitiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholaniyotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholaniyotganida esa effektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali doimiy tarzda bo‘lishi shart.
Bu talabga rioya etilmasa o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir o‘quvchi uning qaysi bilimlari, ko‘nikma va malakalari baholaniyotganligini bilishi kerak . O‘qituvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni tekshirish va baholash o‘quv jarayonining muhim bir bo‘lagi uning tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro‘y beradi.


2.Baholash tamoyillari va shakllari.
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligini poydevori hisoblanadi:

  • O‘quv maqsadlariga asoslanganlik.

  • Haqiqiylik

  • Haqqoniylik

  • Ishonchlilik

  • Qulaylik

O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyillari o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv maqsadlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bo‘g‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O‘quv maqsadlarining qo‘yilish darajasiga qarab, baholashning shakli va usullari tanlanadi. Shuningdek o‘quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Har qanday baholar tizimi loyihalashtirilayotganda, baholash topshiriqlari berilagan ta’lim mazmuni doirasida bo‘lishi talab etiladi. Baholashni loyihalashtirayotganda, har doim quyidagi ikki savolni e’tiborga olish lozim:

  • Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko‘zlangan o‘quv maqsadlarini to‘la aks ettiradimi?

  • O‘quv maqsadlari darajasida baholash shakllari, usullari va mezonlari to‘g‘ri tanlanadimi?

Masalan, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha olingan bilimlarni baholashda yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish malakalarini baholashdan foydalanib bo‘lmaydi. Bu malakalar o‘g‘zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
O‘quvchining erishgan natijalari to‘g‘risida asoslangan va ishonchli axborotlar berish kerak. O‘lchanishi talab etiladigan narsalargina o‘lchanishi kerak. O‘quvchi egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.
Haqqoniylik. Bir biridan mustaqil o‘qituvchilar bir xil o‘quvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‘yicha bir xil baho bergan xoldagina mazkur baholash haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Baho-lash tizimi o‘quv maqsadlariga mos bo‘lishi shuningdek baholash shart -sharoitlari va maqsadlari bilan o‘quvchilar oldindan tanishgan bo‘lishlari lozim. O‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi va xajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarnitanlashga qo‘yiladigan asosiy shart ishonchlilik xisoblanadi. Uslub ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur.
Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligini qanchalik ishonchli ekanligini nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo‘lishi uchun o‘quvchilarga bir -birlariga o‘xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o‘tkazilganda, natijalar bir xil bo‘lishi kerak.
Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning natijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo‘lishi uchun turli eksperementlar yordamida baholash o‘tkazilganda, uning natijalari bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor:

  • Baholash usulining ishonchliligi yuqori bo‘lsa, talabaning o‘zlashtirish darajasi baholashning har xil usullaridan foydalanganda ham o‘zgarmay qoladi.

  • Baholashning o‘zlashtirish darajasini xisobga olish ishonchliligi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb, baholash boshqa joyda va boshqa imtihon oluvchi tomonidan o‘tkazilganda ham,uning bir xil bo‘lishi, o‘zgarmasligi tushuniladi.

Baholash usullarining ishonchlilik darajasi quyidagi xolatlarda ko‘proq bo‘ladi.

  • Hamma o‘quvchilar qo‘yilgan talabni aniq tushunsa;

  • Baholash shartlari oldindan ma’lum qilinsa va unga rioya qilinsa;

  • Hamma natijalar baholashning oldindan kelishilgan mezonlariga to‘la asoslangan bo‘lsa;

  • Tasodifiy xatolarni kamaytirish maqsadidamos baholash turlari qo‘llanilsa;

Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:

  • Mezonga asoslangan baholash.

  • Meyorga asoslangan baholash.

Mezonga asoslangan baholash. Baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim,ko‘nikma va malakalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlani aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruxlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi.
Mezonga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi;

  • O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini obyektiv baholaydi;

  • Baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi;

  • O‘quvchi olgan bahosidan o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rib turadi;

  • Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi;

  • Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ulaning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishonchini oshiradi;

  • Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi;

  • Ta’lim mazmunini aniqlab beradi;

  • Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan masuliyatini oshiradi.

  • Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

  • Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi;

  • Mezonlarning obyektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniqlashga nisbatan talablarning ko‘pligi;

  • Ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keladi;

Meyorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo‘lib, baholashdan so‘ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat.
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Meyoriy baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta’lim olish shart -sharoitlariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin bo‘ladi.
Meyorga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • o‘qituvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;

  • turli shart-sharoitlarga oson moslashtirish mumkin;

  • baho bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy tarzda olinadi;

  • muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi;

  • baholash natijasida gurux ichidan ma’lum sondagilarni ajratib olish imkonini beradi;

Meyorlarga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

  • bilimlarni obyektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi;

  • baholashda bilim bilan hulqni baholash aralashtirilib yuboriladi;

  • ba’zan hulqni baholash bilimni baholashni belgilab beradi;

  • baholar o‘qituvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkin;

  • o‘quvchilar nisbatan simpatik ham bahoni yuqori qo‘yib yuborishga olib keladi;

Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:

  • boshlang‘ich baholash;

  • joriy, ayni shakllantiruvchi baholash;

  • yakuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash;

Boshlang‘ich baholash ta’lim jarayoni boshida o‘quvchilarning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni va metodlari, shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy baholash muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab borish, o‘quv jarayonini muofiqlashtirish va o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Yakuniy baholash o‘quvchining ta’lim jarayonining ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.

  • O‘quvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu uning baholashga tayyorgarlik ko‘rishiga olib keladi.

  • Baholashni o‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishga, diqqatni chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzulishlardan o‘zini chetga olishga hamda o‘quvchining o‘z qobiliyatini namoyish qilishga imkon beradi.

  • Baholash o‘tkazish sharoitida o‘quvchi o‘zini erkin tutishi va nohushlik xis etmasligiga imkoniyat yaratish kerak.

  • Baholovchi va o‘quvchi baholash nima maqsadda , u qachon, kim tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muxim ahamiyatga egadir.

  • Qo‘yilgan baho o‘quv natijasiga qay darajada erishganlikni tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir.

  • O‘quvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.

  • Rejalashtirilmagan baholashni o‘tkazish maqsadga muofiq emas.

Ta’lim maqsadlariga erishilganligini baholash:
Baholash- joriy , oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Joriy nazorat talabani o‘zlashtira borayotganligidan mutassil xabardor qilib boradi, odatda joriy nazoratda bolaning bilimiga baho qo‘yilmaydi, intilishlari ma’qullanib boriladi,shu tariqa u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi.Pedagogik texnalogiyada xabardor bo‘lib borish ta’limda yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish uchungina emas, ta’lim maqsadlarini aniqlashga ham xizmat qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan ta’lim maqsadiga erishilganlik baholanadi.
Nazorat o‘g‘zaki, yozma va test shaklida bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki va yozma nazorat. O‘g‘zaki nazoratni yaxshi jihatlariga: o‘qituvchining talaba bilan jonli muloqoti, shaxsan muloqotda bo‘lishi:og‘zaki nutqning mashq qilinishi:bilimni chuqurroq aniqlash uchun qo‘shimcha savollar berish imkoniyati kabilar kiradi.og‘zaki javob berish faol fikrlashga undaydi.
Og‘zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligini, qo‘shimcha o‘rganganlarini namoyish etadi. Talaba bilan bevosita aloqa natijasida so‘rash paytida bolaning bilim o‘zlashtirishi masalasida o‘qituvchida tug‘ulgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.
Shu bilan birga talabaning bilimini og‘zaki nazorat qilishda pedagogning shaxsiy xususiyat sifatlari aks etadi. Og‘zaki baholashda har bir o‘qituvchiga xos obyektivlik va subyektivlik munosabati namoyon bo‘ladi. Pedagogik tadqiqotlarda aniqlanishicha ikki imtixon oluvchining bir talabaga bir fandan qo‘ygan baholari 40-60 foizga mos keladi. Bir bolaga imtixonchilarning bittasi yuqori baho qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi past baho qo‘yish hollari uchraydi. Bitta yozma ishning o‘ziga turli imtihonchilar turlicha baho qo‘yishlari mumkin.
Baholash xatoliklari
Ta’lim jarayonida ba’zi holatlarda baholashga subyektiv yondashishlarga duch kelarniz. Bunday yondashishga baholashdagi xatoliklar deb ataymiz. O‘qituvchining shaxsiy qarashlari bilan bog‘liq bir necha baholash xatolari mavjud:
Hayrixohlik xatosi
Agar o‘qituvchi biror o‘quvchiga nisbatan hayrixoxlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin .
Yuqori talab qo‘yish xatosi
Agar o‘qituvchi o‘ziga nisbatan yuqori talablar qo‘ysa va xudd i shunday yuqori darajadagi talablarni o‘quvchilarga nisbatan qo‘llasa, bu bahoning biroz pastroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
O‘rtacha baho berish xatosi
Bu xato o‘quvchilarning natijalari o‘rtacha baholanishini bildiradi.
Buning sabablari o‘qituvchining o‘ta yaxshi va o‘ta yomon baho berishdan qo‘rqishi bo‘lishi mumkin.
O‘z fikrini o‘zgartirmaslik xatosi
O‘qituvchi o‘zining birinchi fikrini o‘zgartirishni xoxlamasligi tufayli, o‘z nazoratining natijalarini o‘zgartirishsiz qoldiradi. Bir marta sodir bo‘lgan voqea tufatli o‘qituvchida biror o‘quvchi to‘g‘risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot , keyinchalik bu o‘quvchining shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e’tibor bermasligiga olib keladi.
Yoqtirmaslik xatosi
Biror o‘quvchining yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli o‘qituvchi o‘quvchiga yomon baho qo‘yadi. Bu xato “hayrixoxlik xatosining “ aksidir.
O‘qituvchining baholashdagi xatoliklarini oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

  • Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‘g‘ri tanlash .

  • Baholashdan oldin o‘quvchilar bilan talabalar va baholash mezonlarini muxokama qilish.

  • Nazorat varaqasini ishlab chiqish

  • Baholovchining bir emas, balki ikkita bo‘lishi

  • Baholash usullarini to‘g‘ri tanlash

  • Baho mezonlariga muvofiq qo‘yilgach , o‘quvchilarga ma’lum qilish.

  • Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkon borichi yozma

  • ravishda o‘tkazish va rasmiylashtirish.

  • O‘qituvchi o‘quvchi bilan birgalikda olingan baholarning natijalarini va yo‘l qo‘yilgan xatolarini muxokama qilish hamda sababini aniqlash

  • Xatolarni tuzatish chorasini belgilab olish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan baholash mezonlari.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchisi xizmati va vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muxofaza, axborot tizimlari telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasidayangi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilar bilim sifatini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi tayyorlangan.
Mazkur nizomni tayyorlash davrida ilgari qo‘llanilgan “5”baholik hamda ko‘p ballik reyting tizimida belgilangan maqsad va vazifalarning to‘liq bajarilmay qolish holatlari, ko‘plab qo‘pol xato va kamchiliklar e’tiborga olingan holda , shuningdek bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalari o‘rganilgan va baholashning “quyidan yuqoriga ijobiy baholash” prinsipi asosda yangi o‘ziga xos, hammabop va samarali mexanizm ishlab chiqilgan.
Ushbu reyting tizimi ixchamligi, oddiyligi, keng jamoatchiligi uchun tushunarli, eng muhimi o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini rivojlantirishga imkon yaratish, o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bilan avvalgilardan farqlanadi.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilimlari sifatini nazolrat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasining Konstittusiyasi, “ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi va “Bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunlarga muofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” gi 203- sonli va 2004 yil 24 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Faoliyatini takomilllashtirish to‘g‘risidagi 293-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilim sifatini baholashning reyting tizimini tartibga soladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida reyting tizimini joriy etish quyidagi maqsadlarni amalga oshirishdan iborat:

  • O‘quvchilar bilim sifatini baholash, ularning bilim darajalari bo‘yicha reytinglari aniqlanadi.

  • O‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va rag‘batlantirish .

  • Umumiy o‘rta ta’limning DTS da belgilangan talablarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida to‘liq bajarilishini ta’minlash.

  • Ta’lim jarayonida imkon qadar har bir o‘quvchining iqtidori va qobiliyatidan qat’iy nazar bilim olishga bo‘lgan ishiyoqini jonlantirish, qiziqishlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish .

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilim sifatini nazorat qilishning reyting tizimining vazifalari:

  • O‘quvchilarning har bir o‘quv fani bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirish darajalarini aniqlash .

  • O‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning har kungi darsga tayyorgarlik ko‘rgan holda kelishini ta’minlash.

  • O‘quvchilar bilim, ko‘nikmava malakalarning shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish .

  • O‘quvchilar bilim, ko‘nikmava malakalarida bo‘shliqlarining yuzaga kelishini oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma bosqich bartaraf etishni amalga oshirish.

O‘quvchilarning bilim sifatini aniqlashda quyidagi nazorat turlari aniqlanadi:
Joriy nazorat - kunlik so‘rovlar va testlar orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirilganligi aniqlanadi
Oraliq nazorat- yarim yil davomida , o‘quv dasturining tegishli bo‘limida o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning agallagan bilimlari yozma ish , testlar orqali nazoratdan o‘tkaziladi. Oraliq nazorat materiallari fan o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi. Agar oraliq nazoratida olgan baho o‘quvchini qoniqtirmasa , u holda ushbu o‘quvchiga oraliq nazorat ishini qo‘shimcha 1 marta topshirishga imkon beriladi.
Bosqichli nazorat- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili tamom bo‘lganidan keyin imtihon shaklida amalga oshiriladi. Bosqichli nazorat uchun imtihon materiallari respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi . Ushbu namunalarga ijodiy yondashgan holda fan o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib , joriy etishlari mumkin .
Yakuniy nazorat-umumiy o‘rta ta’lim tugallangandan keyin yakuniy davlat attestatsiyasi “Umumiy o‘rta ta’limlarning yakuniy davlat atestatsiyasi to‘g‘risidagi” Nizom (2008 yil 20 mart ) talablari asosida o‘tkaziladi.
10-MAVZU:TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH
REJA:
1.Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ahamiyati
2.Ta’lim jarayonini loyihalashtirish tamoyillari
3.Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling