Amaliy matematika va informatika kafedrasi


Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish


Download 2.33 Mb.
bet12/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

3.Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan islohotning muhim yo‘nalishi sifatida ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishni e’tirof etildi. Bu jarayonning samaradorligi o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim amaliyotida faol qo‘llanilishi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lish kuyidagi shartlar asosida ta’minlandi.
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (2 - rasm):



2-rasm. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish bosqichlari

Pedagogik vazifaning hal etilishida o‘qituvchi va talaba faoliyatlarining mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya’ni, ta’lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi.


12 -MAVZU:O‘QITISH TEXNOLOGIYALARIGA KIRISH


Reja:
1.Ta’limning sifat samaradorligini oshirishning dolzarbligi
2.O‘quv jarayonida ta’lim texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
3.O‘qitish texnologiyalaridan namunalar

1.Ta’limning sifat samaradorligini oshirishning dolzarbligi


Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq. Bugungi kunda ta’lim sifat samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanmoqda.
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko‘lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘quv-adabiyotlari bilan ta’minlash, pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan biridir.
Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot o‘quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg‘ulotlar olib borish asta sekin o‘z o‘rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy dars o‘tish ishlariga bo‘shatib bermoqda.
Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq, mazkur ta’lim muassasalari ta’lim – tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm – fanning so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etish ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Chunki uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Bu kundagi o‘qituvchi tayyor elektron resurslar yordamida dars o‘tish bilan chegaralanmasdan balki, ta’limiy resurslarni yaratish hamda uni amalda qo‘llovchi o‘qitishning zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish fan va uning tarkibiga kiruvchi bilimlar mazmunini o‘quvchilarga yetkazish malakasiga ega shaxs sifatida faoliyat olib borishi lozim.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishi o‘quvchilarning ma’naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga ma’lum. Ayniqsa, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va shunga o‘xshash axborot-kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining samarasini bermoqda. Shu o‘rinda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, berilayotgan bilimlarni tushunish darajasi, xotirada saqlash va uni qo‘llash imkoniyatlarini yuksaltirish maqsadida interfaol elektron doskalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda qo‘l keladi. Bunda foydalanayotgan texnologiyalarni barcha imkoniyatlari mujassamlanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining doimiy ravishda optimallashib borishi dars berish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi va takomillashib borayotgan pedagogik texnologiyalarni turli yo‘nalish va maqsadlarda qo‘llanilayotganligiga bog‘liq.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish texnologiyalari tezlik bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim sohasi ham boshqa ishlab chiqarish muassasalari kabi ilmiy, asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar, informatsion ma’lumotlarni qo‘llagan holda malakali mutaxassislar faoliyat yuritadigan raqobatbardosh, ilmli, bilimli kishilarni Vatan ravnaqi uchun tayyorlab beradigan soha sifatida rivojlanib bormoqda.
Xar bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga erishish yo‘llarini bandma-band aniqlash va unga so‘zsiz erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o‘ylangan pedagogik loyihalashtirish, ta’lim jarayonini tashkil qilish va albatta o‘quvchi va pedagog uchun erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali xamjihatlikda ishlab chiqilgan model desak bo‘ladi.

2.O‘quv jarayonida ta’lim texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati


“Albatta, «NIMA»ni yaxshilab o‘ylab ko‘r, lekin undan ham ko‘proq, «QANDAY»ni o‘ylab ko‘r.” Gyote


Ushbu o‘quv rejasining bayonini uzoq vaqtlarda aytilgan rivoyatdan boshlaymiz.
Kunlardan bir kuni qorni och qolgan bir kishi ko‘l bo‘yida baliq tutib o‘tirgan donishmandga duch kelibdi va unga murojaat qilib: «Men ochman, menga yordam ber!» debdi. Shunda donishmand unga quyidagicha javob beribdi: «Men senga baliq berishim mumkin, sen tez to‘yasan va biroz vaqt o‘tgach, xuddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam so‘raysan. Men senga qarmoq berishim mumkin, lekin u qachondir sinib krlishi mumkin, unda sen menga yana murojaat qilishingga to‘gri keladi. Yaxshisi, men senga qarmoq yasashni o‘rgataman, bu uzoq va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak bo‘lmaydi. O‘z yo‘lingni tanla ...».
Yuqorida keltirilgan rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa shuki, yaxshi o‘qituvchi o‘quvchiga «qarmoq yasashni» o‘rgatishi va aqlli o‘quvchi esa uni o‘rganishi lozim. O‘quvchilar «qarmoq yasashni» qanchalik tez va mustahkam o‘rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj bo‘lmasdan o‘z «ovlariga» ega bo‘ladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarining natijalari tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘z sohalari bo‘yicha olib borayotgan mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalarni o‘z o‘rnida qo‘llashni bilishlari o‘ta zarur.
Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko‘payib ketgan. Biz ularning ta’lim muassasalarida keng tarqalganlari, o‘qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo‘llanilishi mumkim bo‘lgan ba’zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyatini keltiramiz.

3.O‘qitish texnologiyalaridan namunalar


1. «Tanishuv» texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi:o‘quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do‘stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish o‘quvchilarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish, auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoitni vujudga keltirish. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:


Mashg‘ulot boshida o‘qituvchi o‘quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruxlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug‘ilgan o‘quvchilarni kiritish mumkin. O‘qituvchi guruhlarni joylariga o‘tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi:
o‘z tug‘ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy-musiqiy, sahnali, hazil-mutoyibali va hokazo ko‘rinishda);
yilning shu faslida tug‘ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda gurux, qatnashchilarining umumiy o‘xshashliklari va o‘ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;
o‘quvchilarning bu fasldagi faoliyatini so‘zlab berish;
boshqa fasldagi guruh qatnashchilariga bag‘ishlangan fikr yoki bag‘ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish.
O‘qituvchi berilgan topshiriqni o‘quvchilar tomonidan bajarishi uchun tayyorlanishga vaqt ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan tanishtiradi, o‘quvchilarning tayyorlanishlari uchun sharoit yaratadi.
Guruxlar tayyorgarlikni boshlaydilar.
Guruxlarning chiqishi 4 ta topshiriq aks etgan adabiy-musiqiy kompozitsiya shaklida ham tayyorlanishi mumkin.
Keyingi bosqichda guruhlar tayyorlagan ijodiy ishlarini namoyish etadilar. Har bir chiqish tugagach, boshqa guruh qatnashchilari namoyish etilgan ijodiy ishni to‘ldirishlari va mavzuga oid savollar berishlari mumkin.
Oxirgi bosqichda o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasar ekan, auditoriyaga quyidagi savollar bilan murojaat qilib, o‘quvchilarni ochiq muloqotga chaqiradi:
guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi;
auditoriyada bir-birlariga ko‘nikish holati qanday o‘zgardi;
qanday savollar va muammolar hal qilindi;
qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarini ko‘rsata oldilar
har bir kishi o‘zi uchun qanday xulosa chiqardi;
demak biz,qandaymiz?
2.“Tushunchalar tahlili” uslubi Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semestr yoki o‘quv yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Uslubning maqsadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruxdarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, guruh o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
o‘quvchilarni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
o‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
o‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
o‘quvchilar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orkali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;
har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

3.«Zinama - zina» texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya o‘quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda| yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.


Texnologiyaning maqsadi. O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruxlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruxlarga ajratadi (guruxlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);
o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
o‘qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Takdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Izoh: o‘quv mashg‘ulotining bunday tashkil etilishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘tilgan va o‘zlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma (yoki rasm, chizma ko‘rinishida) bayon etishga, fikrlarnn umumlashtirishga o‘rgatadi.

4.“Charxpalak texnologiyasi” Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.


Texnologiyaning maqsadi: o‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini baholash, yakka va guruxlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: texnologiya o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda, o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tmonidan o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, muyetahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam (yoki flomaster)lar.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, guruh o‘quyechilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibn:
o‘quvchilarni (sharoitga qarab) guruxlarga ajratish;
o‘quvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish.
Guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallaridagi vazifalar bajariladi;
har bir guruh a’zosi o‘zi ishlagan tarqatma materialining o‘ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining biron-bir belgisini chizib qo‘yadi;
vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruxlarga “charxpalak aylanmasi» yo‘nalishida almashtiriladi;
yangi guruh a’zolari tomonidan berilgan materiallar o‘rganiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi;
jamoalar tomonidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo‘nalish bo‘yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);
materiallarni oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh va har bir gurux a’zosi o‘zlari ilk bor to‘ldirgan materiallarini (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan belgilari asosida) tanlab oladilar;
har bir guruh a’zosining o‘zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;
o‘qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o‘qiydi va jamoa bilan birgaliqda to‘g‘ri javoblarni belgilaydi;
har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to‘playdilar va o‘zini-o‘zi baholaydilar.
Izoh: tarqatma materialda o‘quvchilar belgilagan to‘g‘ri javoblar bilan o‘qituvchi hamkorligida aniqlangan to‘gri javoblarning farqi 55 foizdan yuqori bo‘lsa, o‘quvchi (yoki o‘huvchi) ushbu o‘quv materialini o‘zlashtirgan, undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmaganligini bildiradi. Masalan, vazifalar soni 30 ta bo‘lib, javoblarning 17-20 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, o‘quvchi (yoki o‘kuvchi) ushbu vazifani bajargan va o‘kuv materialini o‘zlashtira olgan, agar undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, javoblarning 21-24 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa o‘quvchi materiallarni o‘zlashtirgan darajasi «yaxshi» bahoga, 25-30 tasi to‘gri bo‘lsa «a’lo» bahoga o‘zlashtirgan deb hisoblanadi.
o‘quvchilar o‘z baholari yoki ballarini belgilab olishgach, o‘qituvchi vazifa bajarilgan kog‘ozlarni yig‘ib oladi va baho (ballar)ni guruh jurnaliga ko‘chirib qo‘yadi.

«Bumerang» texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan.


Texnologiyaning maqsadi. O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O‘quv jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baho (yoki ball)larini egallashga imkoniyat yaratish.
Texnologiyaning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olipshari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
o‘quvchilar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;
berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchup guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir birlari bilan savol-javob qiladilar;
yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruxda «guruh hisobchisi» tayinlanadi;
o‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi;
har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Izoh: o‘qituvchi darsni shu tartibda tugatishi yoki o‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda qanday o‘zlashtirilganini yana bir bor o‘z-o‘ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun «Charxpalak» texnologiyasidan foydalangan holda o‘qilgan va o‘zlashtirilgan matnlar asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni o‘quvchi (yoki o‘kuvchi)larga tarqatib, o‘z bilimlarini tekshirib olishlariga imkoniyat yaratishi mumkin.
dars (mashg‘ulot)ni yakunlash, uyga vazifa berish.
O‘qituvchilarning ish tajribasidan
Ushbu texnologiyani qo‘llagan o‘qituvchilar o‘z o‘quv predmetlari mavzusi yoki erkin mavzu asosida quyidagi mazmundagi matnlardan foydalangan holda o‘qitish va tarbiyalash jarayonini tashkil etishgan.
Masalan,
I Mavzu: «Kompyuter tarixi va avlodlari» '
Tarqatma materiallar:
1 -guruhga – Mexanik xisoblash qurilmalari?
2-guruhga – I-II- avlod hisoblash mashinalari?
3-guruhga – III-IV- avlod hisoblash mashinalari?
4-guruhga –V- avlod hisoblash mashinalari qanday bo‘lishi mumkin?

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling