Amaliy matematika va informatika kafedrasi


- MAVZU. INFORMATIKANI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISH


Download 2.33 Mb.
bet13/68
Sana08.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1755943
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
UMK2022 loyihalash(sirtqi)2023-2024

1 - MAVZU. INFORMATIKANI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISH.
REJA:

1.Informatikadan fan mavzularini kasbga yo‘naltirib o‘qitish mazmuni


2.“Paint garfik muharriri” mavzusini kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish
3.“MS Excel elektron jadvali” mavzusini kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish
4.“Internetda ishlash asoslari” mavzusini kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish


1.Informatikadan fan mavzularini kasbga yo‘naltirib o‘qitish mazmuni
Kasbga yo‘naltirib o‘qitish - bu o‘qitish jarayonini tashkil etishning mazmuni va tuzilishini o‘quvchilarningindividual qiziqishlari va ustuvor jihatlarini hisobga olgan holda, kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga tayyorlashdir.
E.A.Klimovning so‘zlariga ko‘ra, har bir shaxs biror ish turini bajarish moyilligiga ega. Insonlar bilan ishlashda noqulay bo‘lgan kishi texnologiya bilan katta zavq bilan ishlashni yaxshi ko‘radi va aksincha, Insonlar bilan ishlash, muloqot qilish istagi ustun bo‘lgan odam texnik vositalardan foydalanmaslikni afzal ko‘radi va h.k.
Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonlarida quyidagi omillarga asoslanib yondashishi tavsiya etiladi:

  • o‘quvchining individual kasbiy qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari asosida yondashish;

  • o‘quvchining rivojlanishida monelik qiluvchi kasalliklarni inobatga olgan holda yondashish;

  • o‘quvchi shaxsiga kasblar tasnifi va kasb egasiga qo‘yilgan talablar asosida ma’lumotlar yetkazib berish jarayonlariga e’tibor qaratish;

  • hududning ko‘proq qaysi kasbga, mehnat bozoriga bo‘lgan talablarini hosobga olish asosida yondashish;

  • o‘quvchining psixologik xususiyatlarini, kasbiy moyilligini hisobga olgan holda yondashish va h.k.

Informatika o‘qituvchisining informatikani kasbga yonaltirib o‘qitishi natijasida o‘quvchilarda qo‘yidagi xususiyatlar vujudga keladi:
-o‘quvchida kasbiy o‘z-o‘zini aniqlashi, anglashi ortadi, kasbiy qaror qabul qilishi tezlashadi;
-kasb tanlashda qiynalayotgan, ba’zan ikkilanayotgan o‘quvchilarda tanlayotgan kasbi haqidagi zaruriy, kasbiy axborot, maslahatlarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan turg‘un (doimiy) kasbiy qiziqishi va moyilligi shakllantiriladi;
-o‘quvchi o‘zi tanlagan kasbi o‘zining psixologik va fiziologik imkoniyatiga mos kelish yoki kelmasligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchilarning o‘z qiziqqan kasb tanlashida jamiyat oldidagi burchi va ma’suliyat hissi ortadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling