Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti


Download 29.59 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1771384
  1   2   3
Bog'liq
H2 yil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

5A130201-Amaliy matematika(sohalar bo’yicha) mutahassisligi 1-kurs magistranti

Jo’rayeva Feruza Baxtiyor qizining
O’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2020-2021- o’quv yilida amalga oshirgan ishlari bo’yicha yillik

Hisoboti
Mazkur hisobot Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi “__”________2021 yil ___-sonli yig’ilishida muhokama qilingan.
5A130201 – Amaliy matematika mutahassiligi 1-kurs magistranti
Jo’rayeva Feruzaning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2020-2021 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari hisoboti

  1. O’quv-uslubiy ishlari bo’yicha.

1. 2020-2021-yil oktabr-fevral oylarida 1 semestr haftasiga 18 soatdan nazariy ta’lim bo’yicha auditoriya darslariga qatnashdim.2021-yil fevaral-iyun oylarida 2 semestrda 14 soatdan nazariy ta’lim bo’yicha auditoriya darslariga qatnashdim.
2. O’qish davri mobaynida har semestr boshida ishchi o’quv rejadagi fanlar, ulardagi talabaning o’quv yuklamasi uchun ajratilgan dars soatlari va taqsimoti bilan tanishib chiqdim.
3. 2020-yil oktabr – fevral oylarida 1 semestrda o’tiladigan fanlardan mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlarni aniqlab: “Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi”, “Matematik modellashtirishda kompyuter texnologiyalari”, “Ayirmali sxemalar nazariyasi”, “Tabiatshunoslikning zamonaviy matematik masalalari”. Ushbu fanlardan dars o’tadigan professor-o’qituvchilardan mustaqil ta’limda bajariladigan ishlar yuzasidan maslahatlar olib, mustaqil ta’lim soatlarini to’liq o’zlashtirishga harakat qildim.
4. 2020-yil dekabr – 2021-yil yanvar oylarida o’quv rejadagi fanlar bo’yicha mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar: “Ilmiy tadqiqot metadalogiyasi”, “Matematik modellashtirishda kompyuter texnologiyalari”, “Ayirmali sxemalar nazariyasi”, “Tabiatshunoslikning zamonaviy matematik masalalari” fanlaridan o’tilgan mavzularni takrorladim va vazifalarni bajardim.
5. Fevral oyida barcha fanlardan yakuniy nazoratlarni yaxshi natijalar bilan topshirdim.
6. 2021-yil fevral-iyun oylarida 2-semestrda fanlardan mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlarni aniqladim: “GNU/LINUX dasturiy interfeysi”(150 soat), “Superkompyuterlarni modellashtirish texnologiyalari” (150 soat), “Teskari va nokorrekt masalalarni sonli yechish” (150 soat). Ushbu fanlardan dars o’tadigan professor-o’qituvchilardan mustaqil ta’limda bajariladigan ishlar yuzasidan maslahatlar olib, mustaqil ta’lim soatlarini to’liq o’zlashtirishga harakat qildim.
7. Aprel-may oylarida ham darslarga faol qatnashib, iyun oyida yakuniy nazoratlarni muvaffiqiyatli topshirishga muvaffaq bo’ldim.

Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling