Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti


Ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha


Download 29.59 Kb.
bet2/3
Sana13.11.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1771384
1   2   3
Bog'liq
H2 yil

2. Ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha.
1. Dissertatsiya mavzusini tanlab, unga ilmiy rahbarlik qiladigan dots. A.S. Matyaqubov bilan maslahatlashdim, tegishli dastlabki topshiriqlarni oldim. Tasdiqlangan mavzuim “O’garuvchan zichlik va gradient ta’siridagi reaksiya diffuziya jarayonini sonli modellashtirish” mavzusida izlanishlanlarni boshladim.
2. Yanvar oyida amaliyotga bo’liq Davlat ta’lim standartlari bilan tanishib chiqdim. Na’munaviy o’quv dasturlarini ko’rib chiqdim.
3. 2021-yil 1-yarmi mobaynida kafedra semenarlari jadvali bilan tanishib, mavzuim bo’yicha amalga oshirgan ishlar bilan seminar yig’ilishlarida qatnashish yuzasidan ilmiy rahabrim bilan maslahatlashib oldim.
5. 2021-yil aprel-may oylarida ilmiy rahbarim tavsiyasi asosida dissertatsiya mavzusi bo’yicha qilingan ishlar asosida maqola va tezis tayyorlash ishlarini boshlab yubordim.
6. Amaliyotga bog’liq mavjud o’quv adabiyotlari, metodik qo’llanmalar bilan tanishib chiqdim.
3. Ilmiy pedagogik ishlar bo’yicha.
1. 2021-yilning 1-yarmi davomida kafedraning yetakchi professor – o’qituvchilaridan prof. M. Aripov, prof. B. Abdurahimov ma’ruza mashg’ulotlarida, dots A.S. Matyaqubov tomonidan o’tkaziladigan seminar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashish, ularning mashg’ulot o’tkazish tajribalarini o’rganish va ishtirok etgan mashg’ulotlarim bo’yicha tahliliy ma’lumot tayyorlab, ilmiy rahbarim nazoratidan o’tkazishni rejalashtirib, ma’lumotlar to’plashda davom etdim.
II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo’yicha.
I.Tadqiqot o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha:
1. 2020- yil noyabr oyida kafedra mudiri nomiga mavzuni tasdiqlab berish sifatida f.m.f.n.prof M.M.Aripovni tayinlash haqida ariza yozib, dissertatsiya annotasiyasini ilova qilib topshirdim.
2. 2020-yil noyabr-dekabr oylarida dissertatsiya mavzusini o’rganishga kirishib, ilmiy rahbarim prof Aripov bilan maslahatlashib oldim. Dissertatsiya mavzusining qisqa maqsad va vazifalari ko’rsatilgan annotatsiyani tayyor holatga keltirdim. Tasdiqlangan dissertatsiya mavzuim “O’zgaruvchan zichlik va gradient ta’siridagi reaksiya diffuziya jarayonini sonli modellashtirish” bo’yicha masalaning qo’yilishi va qilinishi lozim bo’lgan ishlar borasida ilmiy rahbarim prof Aripovdan tegishli tavsiyalar va ko’rsatmalar olib, izlanishlarni davom ettirdim.
3. Mavzuga oid bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlaridan adabiyotlar hamda elektron resurslar bilan tanisha boshladim. Shu davr mobaynida quyida keltiriladigan adabiyotlarni aniqlab, mavzu bo’yicha tuziladigan adabiyotlar ko’rsatkichga tayyorlab qo’ydim:

  1. Арипов М.М., Методы эталонных уравнений для решения нелинейних краевых задач. - Ташкент. ФАН, 1998 г. 137 с.

  2. Самарский А.А., Галактионов В.А., Курдюмов С.П., Михайлов А. Режим с обострением в задачах для квазилинейных параболических уравнений. –М.:Н, Наука, 1987, 487 с.

  3. Vazquez J.L. The porous medium equation. Mathematical theory. Monograph, Oxford University Press, Oxford, 2007, 430 p.

  4. Галактионов В.А., Самарский А.А. Методы построения приближенных автомодельных решений нелейных уравнений теплопроводности. IV, Матем. сб.,1983, том 121(163), 2(6), 131-155.

4. Yanvar-fevral oylarida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va yangiligini asoslash bo’yicha takliflarni ishlab chiqib, ilmiy rahbarim maslahati bilan unga yangi ma’lumotlar kiritib, tahrir qilishni boshladim.
5. Yanvar-iyun oylarida mavzuga oid bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlaridagi adabiyotlar hamda elektron resurslar bilan tanisha boshladim. Shu davr mobaynida internet ma’lumotlaridan ham samarali foydalanishga e’tibor qaratdim.

Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling