Amaliy psixiologiya


Download 247 Kb.
bet3/13
Sana19.06.2023
Hajmi247 Kb.
#1609895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
To\'raqulov Shaydullo kurs ishi namuna

Tadqiqotning maqsadi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti va vazifalarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti. Oila psixologiyasining umumiy asoslari va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi, er-xotin munosabatlari, nikoh, oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • “Oila” tushunchasining psixologik mazmuni ochib berish;

  • Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish;

  • Sharq mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari yoritish;

  • Oila psixologiyasining zamonaviy talqinini yoritish;

  • Oiladagi ijtimoiy-psixiologik yondashuvni ochib berishdan iborat.

Tadqiqotning usullari. Kurs ishini yozishda tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, xronologik tizimli tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning amaliy natijalari. Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti va vazifalariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar va birlamchi manbalarning o‘ziga xos umumiy hamda xususiy jihatlari, miqdor va sifat darajasi aniqlandi. Dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasidagi oilaviy munosabatlar psixologiyasiga haqidagi tadqiqotlar bahosini kengaytiradi.
Kurs ishining nazariy-uslibiy asoslari: Tadqiqotning ilmiy natijalaridan oilaviy munosabatlar psixologiyasini yozishda, aynan ushbu sohani rivojlantirish, nikoh masalalalarini, ajrimlarni oldini olish uchun o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratishda, barcha oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish kurslarida seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, kurs ishi oilaviy munosabatlar psixologiyasiga oid tadqiqotlari uchun amaliy tajriba vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar uchun ta’lim jarayonlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling