Amaliy psixiologiya


Kursni tugatish ishining tuzilishi


Download 247 Kb.
bet4/13
Sana19.06.2023
Hajmi247 Kb.
#1609895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
To\'raqulov Shaydullo kurs ishi namuna

Kursni tugatish ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. OILA PSIXOLOGIYASINING UMUMIY ASOSLARI.
§ I.1. Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir.
Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro‘y bergan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog‘ omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo‘lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin.
Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli bahtiyor his etadi.
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya’ni, yolg‘iz qolgan keksalar, ota-onadan etim bo‘lib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik O‘zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig‘ emas. Shu ma’noda oila – inson o‘z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-muddaolarini mushtarak qilgan, o‘zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir.
Oila psixologiyasi fanining asosiy maqsadi Siz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o‘rinda haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo‘lib qoldi? Axir ota-bobolari-miz bunday kurslarni o‘qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so‘nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko‘p gapirib, yozilib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku?» - kabi savollar ro‘yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin. Ularning har birini yuzaga kelishiga to‘liq asos bor.
Xo‘sh, qanday zarurat hozirgi vaqgda yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash va ularga «Oila psixologiyasi» fanini o‘qitilishi zarurligini taqozo qiladi?
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko‘rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda er yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: "Oila hayotning abad davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor", degan edilar.
Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnag‘ini ta’minlovchi tarbiya maskanidir. "Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan". Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. "Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir". Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi).
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo‘lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o‘zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo‘llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko‘rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg‘or vakillari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov va davlatimiz rahbarlari tomonidan hozirgi davrda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas, albatta "Oilaga e’tiborimizni tubdan o‘zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e’zozlash, qo‘llab-quvvatlash bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor".
Jumladan, 1994 yil butun dunyo jamoatchiligi va xalqaro YuNeSKO tashkiloti tomonidan "Xalqaro oila yili" deb e’lon qilinishi, 1998 yil Respublikamizda "Oila yili" deb belgilanishi va bularning uzviy davomi sifatida 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog‘lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "Qariyalarni qadrlash yili", 2003 yil "Obod mahalla yili" va 2004 yil "Mehr va muruvvat" yili deb nomlanishi buning yorqin dalilidir. 2011 yil 8 dekabr kunida ham bejiz kirib kelayotgan 2012 yilni “Mustahkam oila” yili deb e’lon qilinmadi. Bu esa har bir pedagog-tarbiyachini o‘sib kelayotgan yosh avlodning onigida mustahkam oila haqida tushuncha hosil qilishi, uning pedagogik-psixologik, ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tushuntirishi, ularda oila muqaddasligi tushunchasini shakllantirishi zarur.
Ana shunday xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarning kun tartibida turishi oila hayoti, undagi shaxslararo munosabatlar mustahkamligi va uning farovonligi kabi masalalar ijtimoiy psixologiyaning asosiy kategoriyasi va shaxslararo munosabatning asosi sifatida nihoyatda dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.
"Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi". Ko‘rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot yo‘nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila kodeksi" (1998) qabul qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini saqlash uchun qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi.
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayotganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo‘shma shtatlari, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa qator davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda o‘zbek oilalari hayotida oila-nikoh munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo‘lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o‘rganishni taqozo etadi.
O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan. Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi. Yoshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun, bundan 90-100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya’ni o‘tib borayotgan asrimiz boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15-16 yoshli yigit-qizlar o‘rtasidagi tafovutlarni solishtirib o‘tamiz.
Yoshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun, bundan 90-100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya’ni o‘tib borayotgan asrimiz boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15-16 yoshli yigit-qizlar o‘rtasidagi tafovutlarni solishtirib o‘tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy, fiziologik balog‘atga etishi 2-3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog‘atga etish davri 15-16 yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat o‘rtacha 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Endi shu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan biri bo‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o‘sha davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab bo‘lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13-14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnolo-gik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilmagan, 3-4 yil ustoz ko‘rgan shogird 16-17 yoshida o‘zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o‘z ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqgda oila quradigandek bo‘lsa, o‘z hunari orqali mehnat qilib o‘zini va oila a’zolarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigit mahalla-ko‘yda, jamoatchilik orasida ma’lum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda etuk, uning haqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning ijtimoiy jihatdan balog‘atga etganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat oldida o‘ziga xos mas’uliyat yuklagan, mas’uliyatni his qilish esa uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tamiz), biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bo‘lib, mustaqil ishlab, o‘zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan bo‘lishi uchun, avvalo maktabni bitirishi, so‘ng u yoki bu kasb-xunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, kollej yoki litseyda o‘qishi zarur bo‘ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan sung yoshlarimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko‘rinib turibdi-ki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma’lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik hayoti o‘zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni madaniy takomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo‘yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatni noziklashuviga olib keladi. Fik-rimizning dalili sifatida bir faktni keltirishimiz mumkin. Ajralish foyizi oliy ma’lumotlilar ichida umumiy o‘rta ma’lumotlilarga nisbatan yuqorirokdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo‘lmagan jamiyatdagi oila a’zolari o‘zlarining oilaviy yumushlarining aksariyatini qo‘lda bajaradilar. Unga oilaning barcha a’zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko‘p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma’lum malakalarni, shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo‘lish malakalarini, oilada har bir shaxsning ierarxik mavqeiga ko‘ra o‘z huquq va va-zifalarini aniqlab olishiga imkon beradi.
Moddiy ta’minot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga qo‘ygan talabini yanada kuchaytiradi. Oila a’zolarining o‘zaro muloqotda bo‘lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko‘pgina yoshlar uchun ota-ona oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16-18 yoshida oila qurishsalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo‘lgan etuklik darajala-rining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy balog‘atga etadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar 19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo‘lmaydilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi tengdoshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o‘ziga xos yangi ijtimoiy funktsiyalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasini eng dolzarb masalalardan biri bo‘lishini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham so‘nggi 15-20 yil davomida dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarda, bizning respublikamizda esa mustaqillikka erish-ganimizning dastlabki yillaridanoq, oila masalalariga, yoshlarii oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga. oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Umuman insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo‘lgan e’tibor ham kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo‘ladi. Chunki oila jamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo‘lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo‘ladi. Mana «Oila psixologiyasi» kursini yoshlarga o‘qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil.

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling