Amaliy va tatbiqiy mazmundagi masalalar kasbiy kompetetnsiyalarni shallantrirish omili sifatida


Download 67.21 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi67.21 Kb.
#1413895
1   2   3   4   5
Bog'liq
09.03.2023. Tayyor Maqola

Birinchi bosqichda talabalar matematik modellashtirish metodini va uning amaliy va tatbiqiy mazmunli masalalarni yechishdagi xususiyatlarini o‘zlashtiradilar. Shuningdek, maktab matematika kursida amaliy va tatbiqiy masalalarni yechishda foydalanish bosqichlarini o‘rganadilar hamda amaliy va tatbiqiy mazmundagi masala yechish metodikasi tavsifini ishlab chiqish qobiliyatini egallaydilar. Amaliy va tatbiqiy mazmunli masalalarni yechishni o‘rgatishning ushbu bosqichida o‘quvchilarga shunday mazmundagi masalalarni tuzishga nazariy jihatdan tayyorligi tekshiriladi. Buning uchun bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchisini tayyorlash davrida talabalarga “Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganish jarayonida quyidagi vazifalarni o‘z ichiga olgan topshiriqlar taklif etiladi:

  1. Maktab matematika kursi bo‘yicha o‘quv materiallari tahlilini o‘tkazish (kamida har bir talaba 3 tadan tanlash);

  2. Qaralagan amaliy mazmundagi masalalarni murakkablik darajasiga ko‘ra guruhlarga ajrata olish;

  3. Qaralayotgan amaliy mazmundagi masalalarni ularning matni va matematik mazmuniga qo‘yiladigan metodik talablarga muvofiqligini baholay olishi;

  4. Qaralayotgan amaliy mazmundagi masalalarni yechish uchun:

a) tushunchalarni shakllantirish;
b) tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifasini bajaruvchi uchun o‘quvchilar kichik guruhlarini shakllantira olishi va h.k.
5) Qaralayotgan amaliy mazmundagi masalani matematik modellashtirishning barcha bosqichlarini tavsiflay olishi va o‘quvchilar uchun masalani yechimini izlashga yo‘naltirilgan savollar to‘plamini oldindan tuza olishi;
6) Qaralayotgan real vaziyatli masalalarni matematik modelini tuza olishi;
7) Qaralayotgan amaliy mazmundagi masalalardan har xil mazmundagi, ammo matematik modeli bir xil bo‘lgan masalalarni ajrata olishi;
8) Qaralayotgan amaliy mazmundagi masalaning matematik modelini tuzish va model ichidagi yechimning bir nechta variantlarini aniqlay olishi;
9) Amaliy mazmundagi masalalar yordamida tashkil etiladigan darsning qisqacha mazmunini ishlab chiqa olishi va h.k.

Download 67.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling