Amaliy va tatbiqiy mazmundagi masalalar kasbiy kompetetnsiyalarni shallantrirish omili sifatida
Download 67.21 Kb.
|
09.03.2023. Tayyor Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
- 1 -masala.
Ikkinchi bosqichda BMO‘ lar turli manbalarni o‘rganib, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan amaliy mazmundagi masalalar to‘plamini metodik talablarga javob beradigan masalalarni tanlaydilar yoki mustaqil ravishda shunday masalalarni tuzadilar. Amaliy mazmundagi masalalarni loyihalashda ta’lim jarayonini tashkil etish uchun talabaga bosqichma-bosqich bajariladigan harakatlar tizimi, ya’ni "yo‘l xaritasi" taklif etiladi. Yo‘l xaritasini amalga oshirishda talabaga asosiy faoliyatni samarali bajarishda uning nazariy va amaliy tayyorgarligi muhim o‘rin tutadi.
“Yo‘l xaritasi” BMO‘ larining o‘quv faoliyati bo‘yicha quyidagi metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi: vaziyatning axborot maydonini yaratish va amaliy mazmundagi masalani tuzishga imkon beradigan materialni tanlash; masalani qaysi matematik nazariya doirasida yoki qanday matematik vositalar yordamida yechish mumkinligini aniqlash va maktab matematika kursining imkoniyatlari bilan bog‘lash; tuzilgan amaliy mazmundagi modelini qurish; tuzilgan masalani matematikani o‘qitishda yoki uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini baholash; masalani hal qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish; masalaning metodik tavsifini berish. Uchinchi bosqichda BMO‘ lari tomonidan tanlab olingan yoki tuzib chiqilgan amaliy mazmundagi masalalar sinovdan o‘tkaziladi. Bunda bunday masalalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan amaliy mazmundagi masalalar to‘plami yoki maktabda matematikaning amaliy yo‘nalganligini kuchaytirishga qaratilgan fakultativ kurslarni tashkil etishga qaratilgan metodik ishlanmalar bo‘lishi mumkin. Mazkur tajriba BMO‘ larning ta’lim muassasalaridagi pedagogik amaliyotini o‘tash davrida amalga oshirilishi mumkin. BMO‘ larini amaliy mazmundagi masalalarni tanlash yoki mustaqil ravishda o‘zlari tomonidan tuzishga, masalalarni yechishga o‘rgatish ularda kasbiy kompetensiyalarni shakllanishiga olib keladi. Ma’lumki, zamonaviy oliy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu talabaning mustaqil ishlashga yo‘naltirilganligi. Buning asosiy sababi ilmiy-texnik bilimlarning tez yangilanishi bilan bog‘liq holda, mutaxassislarga o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida muhim bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni oshib borayotganligidir. Sotsiologlar va iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bo‘lg‘usi mutaxassis oliy ta’lim muassasasida o‘z kasbiy faoliyatida kerak bo‘ladigan bilimlari ma’lum bir muddatdan keyin eskirishiga, yangigarini esa o‘zi mustaqil egallashiga to‘g‘ri kelishi bilan izohlanadi. Oliy ta’lim tizimidagi "hayot uchun ta’lim" formulasidan "butun umr davomida ta’lim" formulasiga burilish tobora ravshanlashib bormoqda. Shuning uchun oliy ta’lim muassasasi talabalarida matematikani o‘rganish jarayonida uzluksiz ravishda o‘z-o‘zini tarbiyalash va takomillashtirish istagini shakllantirish zarur[6]. Bunda esa KK larni yetarli darajada shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik xarakterdagi kompetert masalalar muhim o‘rin tutadi. 1-расм 1 -masala. Yog‘och g‘o‘la (1-rasm) ning uzunligi 20 dm, uni arralangan uchlarining diametrlari mos ravishda 2 dm va 1 dm ga teng. O‘qi g‘o‘laning o‘qiga mos keladigan, uchlari kvadrat shaklidagi taxta bo‘lagini shunday qirqib olish kerakki, unda chiqindi eng kam bo‘lsin. Download 67.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling