Amaliyot hisoboti
Download 0.8 Mb.
|
Документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni. Amaliyotim davrida ochiq darslarga ham e’tibor qaratdim va tashkil qildim. 8-sinflarga ,, Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi “
- Darsga oid rasmlar Yevropaliklarning shimoliy amerikaga kirib kelishi Qul savdosi jarayoni tasviri. Xulosa
- Amaliyotchi : Raximov Ulug’bek Amaliyot Rahbari : Xoliqulov Ahmad
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi 4-kurs talabasi Raximov Ulug’bekning Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida tarix fanidan o’tgan pedagogik AMALIYOT HISOBOTI Hisobot O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti tarix yo’nalishi 4-kurs talabalarining 2019-2020 yillarga mo’ljallangan pedogogik amaliyot sentabr-oktabr oylarida bo’lib o’tdi. 4-sentabr kuni amaliyot yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Epidemik vaziyat yaxshi bo’lmaganligi sababli yig’ilish online tarzda bo’lib o’tdi. Yig’ilishda guruh rahbarimiz Xaynazarov Bahrom tomonidan amaliyot jarayoni haqida tushuncha va tavsiyalar berib o’tildi. Pandemiya sharoiti davom etayotganligi sababli har bir talaba o’z viloyatida amaliyot o’tashi aytib o’tildi. Amaliyot jarayonida qanday hujjatlar to’ldirilishi va jarayon qay tartibda olib borilishi tushuntirildi. Men pedagogik amaliyotimni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida amalga oshirdim. 4-sentabrda 10-sonli maktabga tashrif buyurdim va maktab direktori Ahmatova M. bilan amaliyot yuzasidan suhbatlashdik. Pandemiya sababli maktab hali ochilmaganligi uchun 4-sentabrdan 12-sentabrgacha maktabda faqat hujjat ishlari, maktab tartib -qoidalari va ustozlar bilan tanishdim. 14-sentabrdan maktabda an’anaviy darslar boshlandi. Menga tarix fani o’qituvchisi Sherniyozova Karomat biriktirildi. Menga 7-8-va 9- sinflarga dars o’tish topshirildi. Dastlabki 2 darsni o’qituvchi kuzatuvi ostida o’tdim,qolgan darslarni mustaqil o’ta boshladim. Birinchi kuni 8-sinflarga o’zbekiston tarixi fanidan darslar bo’lib o’tdi. Dars davomida men o’qituvchidan o’zim uchun ko’pnarsalar oldim. Xususan darsni qiziqarli o’tish , darsda do’stona muhit tashkil eta olish, ravon gapirish va h.k.larni o’rgandim.Dars maruza va savol – javob shaklida bo’ldi. Mustaqil dars o’ta boshlagan vaqtimdan boshlab darsning boshida yo’qlama qildim, uyga vazifa so’rab o’quvchilarni baholadim va yangi mavzuni o’quvchilarga turli xil usullar bilan mukammal tushuntirishga intildim. Dars jarayoni. Amaliyotim davrida ochiq darslarga ham e’tibor qaratdim va tashkil qildim. 8-sinflarga ,, Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi “ mavzusida ochiq dars tashkil qildim va darsimga tarix fani o’qituvchisi Sherniyozova Karomat opani taklif qildim. Mavzu qamrovi katta ma’lumotlar yetarlicha bo’lgani uchun darsimiz qiziqarli o’tdi.Dars davomida turli xil rasm ko’rinishidagi tarqatma materiallarni o’quvchilarga tarqatdim va guruhlarga bo’ldim. Shu orqali o’quvchilar jamoa bo’lib hamjihatlikda ishlashni yanada yaxshiroq o’rgandilar. O’quv xonamizda proyektor bo’lmaganligi sababli tayyorlagan slaydimni kompyuterim orqali ko’rsatishga harakat qildimva bu darsimdan ko’p o’quvchilarning ijobiy fikrlariga sazovor bo’ldim. Darsga oid rasmlar Yevropaliklarning shimoliy amerikaga kirib kelishi Qul savdosi jarayoni tasviri. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki 2 oylik amaliyot jarayonim men uchun juda katta tajriba maktabi bo’lib xizmat qildi va taassurotlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida men ko’p narsalarni o’rgandim : avvalo o’qituvchi dars davomida o’quvchilarning diqqat e’tiborini o’ziga qarata bilishi, ular bilan do’stona muhit tashkil qila olishi lozim ekan. O’tgan ikki oy samarali , saboqlarga, tajribaga boy bo’ldi . Dars o’tish davomida o’qituvchida pedagogik mahorat bilan bir qatorda psixologik bilimlar ham talab qilinar ekan. Chunki ayni shu davrda bolada o’zgarishlar davri kechayotgan bo’ladi , aynan shu davrda o’qituvchi o’zining psixologik mahoratidan foydalanib o’quvchilarni to’g’ri yo’lga qadam quyishida behisob rol o’ynaydi. Men o’quvchilarimga faqat ustoz sifatida emas balki ularga do’st , aka, sirdosh o’rtoq sifatida ham bo’lishga intildim va ko’p hollarda buni uddaladim. Pedagogik amaliyotim mening kelajakdagi faoliyatim uchun juda katta tajriba bo’ldi. Xulosa qilladigan bo’lsam o’tgan ikki oylik vaqtimdan sira ham achinmayman.Amaliyot davrim qiziqarli va maroqli o’tdi. Amaliyotchi : Raximov Ulug’bek Amaliyot Rahbari : Xoliqulov Ahmad Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling