Amaliyot o‘tashning


Maxsus topshirik buyicha ishlash


Download 350.97 Kb.
bet11/13
Sana31.01.2024
Hajmi350.97 Kb.
#1818561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
avaz-k-hisobot

Maxsus topshirik buyicha ishlash


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarini hamda maxsus moslamalardan foydalanishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Nizom 14-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilari, 18-bandining to‘rtinchi xatboshi 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 556-sonli qarori tahririda Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/556/3377-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida

  1. Ushbu Nizom yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibini belgilaydi.

  2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yo‘l-patrul xizmati xodimi — yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini nazorat qilish, boshqarish va tartibga solish vakolati berilgan ichki ishlar organi xodimi;
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
maxsus moslamalar — maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika vositalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, narkotester, planshet hamda transport vositalari oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi (taumetr) maxsus texnik vositalar;
maxsus tadbirlar — yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni
bajarishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui;
ta’qib qilish — jinoyat sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar bo‘lgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining orqasidan quvish;
kuzatish — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘lgan o‘z harakatlari bilan boshqa harakat qatnashchilari hayoti (sog‘lig‘i)ga xavf solayotgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda to‘xtatish maqsadida orqasidan borish.
Mazkur Nizom talablari harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
YPX xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari qonuniylik, odillik, oshkoralik, tenglik, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.

  1. Download 350.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling