Amaliyot o‘tashning


Kerakli materiallarni to‘plash, hisobot yozish, lavozimga imtixon topshirish


Download 350.97 Kb.
bet12/13
Sana31.01.2024
Hajmi350.97 Kb.
#1818561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
avaz-k-hisobot

Kerakli materiallarni to‘plash, hisobot yozish, lavozimga imtixon topshirish


Hozirgi kunda butun dunyoda harakatlanish xavfsizligini ta`minlash ishi eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. Chunki, yo`l-transport hodisalari natijasida mamlakatlar iqtisodiyotiga juda katta zarar etmoqda. Bunday hodisalar ma`naviy jihatdan ham insonlarga o`nglab bo`lmas darajadagi zararni yuzma-yuz qilmoqda. Kuniga avtomobil g`ildiraklari ostida ko`z yumayotgan begunoh insonlar orasida kimningdir otasi, kimningdir onasi, ba`zilarning jondan aziz farzandlari borligini tasavvur qiladigan bo`lsak bu hodisalarning ayanchli ko`rinishi yaqqol namoyon bo`ladi.
Yo`l-transport hodisalarining oqibatida kelib chiqayotgan moddiy zararlar, ma`naviy yo`qotishlar va bu hodisalarning inson hayoti va sog`lig`iga solayotgan xavfini hech kim inkor eta olmaydi.
Oldimizda ana shunday muammo turgan ekan uni echimini topish ustida hamma birdek ish olib bormog`i lozim. Kuni kecha, aniqrog`i 2015 yilning 24 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 370-sonli qaror imzolandi. Mazkur qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 mart kunidan boshlab bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganyangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.
Biz yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" to`g`risida O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig`i Xolmatjon Ahmedovich Saydalievga bir necha savollar bilan murojaat qildik.
- Xolmatjon Ahmedovich, qoidalarni yangilashdan ko`zlangan asosiy sabab nimada?
- Shuni ta`kidlash lozimki mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta`minlash muammolariga doimiy ravishda alohida e`tibor bilan qarab kelinmoqda. Ushbu yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yo`l transport hodisalarining yildan-yilga
kamayib borishiga munosib ulush qo`shmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida soxaga taalluqli Qonunlar, hukumat qarorlarini yangilanishi, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda doimiy yangilanib, qo`shimchalar bilan to`ldirib borilishi ham muammo echimiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Bunga misol qilib 1999 yilda "Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilinganligini, 2013 yilda u qayta ishlanib, mahalliy shart-sharoitlarni hamda harakat ishtirokchilarining taklif va istaklarini inobatga olgan holda qayta qabul qilinishini ko`rsatish mumkin. Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining yo`l xarakati sohasidagi bandlariga 12 marotaba qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilganligini ham aytib o`tish lozim.
Bugungi kunda yuqorida ta`kidlanganidek, yo`l-transport hodisalari, ularda jarohatlangan va halok bo`lganlarning soni kamayishiga erishilayotganligi ushbu sa`y-harakatlarning ijobiy mahsulidir.

Download 350.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling