Amaliyot o‘tashning


Harakatni boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatish va foydalanish bo‘limining ish faoliyatini o‘rganish


Download 350.97 Kb.
bet10/13
Sana31.01.2024
Hajmi350.97 Kb.
#1818561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
avaz-k-hisobot

Harakatni boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatish va foydalanish bo‘limining ish faoliyatini o‘rganish


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo‘llarda harakatni amalga oshirish, xavfsizlikni ta’minlash jarayonida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Harakat 9 xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishdagi me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (2013 yil 10 aprel O‘zbekiston Respublikasi 348-sonli qonuni), harakat xavfsizligining huquqiy mezonini ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bu qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, atrof-muhitni himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 31 moddadan tashkil topgan: Qonuning maqsadi; asosiy tushunchalar; qonun hujjatlari; davlat boshqaruvi; (Vazirlar Mahkamasi, Hokimiyatlar, transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, ichki ishlar vazirligi) soha vakolatlari; transport vositalari egalarining majburiyatlari; yo‘llarga doir talablar; transport vositalariga doir talablar; transport vositalaridan foydalanuvchilarga talablar; yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash; tashkil etish; yo‘l harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari; transport vositalarini boshqarish huquqi; haydovchilarni tayyorlashga doir talablar; boshqarish huquqining bekor qilinishi; qonun buzganlik uchun javobgarlik. Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan: Yo‘l – transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalanishga yer mintaqasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi; Yo‘l harakati – odamlar va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui; Yo‘l harakati qatnashchisi – yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; Yo‘l harakati xavfsizligi – yo‘l harakati qatnashchilarning yo‘l–transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati; Yo‘l-transport hodisasi – transport vositasining
yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, fuqarolarning o‘limi yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalariga, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan hodisa: Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash - yo‘l-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat; Transport vositasi – odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma. 10 O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash yo‘l-transport hodisalarning oldini olish va bu borada yagona davlat siyosatini yuritish, yo‘l harakati qoidalarini xalqaro «Yo‘l harakati haqidagi» Konvensiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda
«Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi muntazam ravishda «Yo‘l harakati qoidalari»ni ko‘rib chiqib, takomillashtirilgan variantini tasdiqlaydi. Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr 370-sonli qaroriga asosan «Yo‘l harakati qoidalari» 2016 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritildi. «Yo‘l harakati qoidalari» asosida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va boshqa tashkilotlar va muassasalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, shahar hokimliklari yo‘l harakatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilaydilar, hamda u yo‘l harakati tartiblarini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.

  1. Download 350.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling