Amaliyot o‘tashning


YTHlarni hisobga olishni va tahlil qilishni o‘rganish


Download 350.97 Kb.
bet4/13
Sana31.01.2024
Hajmi350.97 Kb.
#1818561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
avaz-k-hisobot

YTHlarni hisobga olishni va tahlil qilishni o‘rganish


Qaraqalpag/iston respublikasida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 201ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalari oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 234 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. YTH soni o‘tgan yilgiga


nisbatan 35 foizga kamaygan. Halok bo‘lganlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 51,4 foiz, jarohatlanganlar soni esa 38,7 foizga pastlagan, deya xabar berdi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Akmal Yunusov Kun.uzʼga bergan intervyusida.

YTH sonini qisqartirish uchun nima qilish kerak?


Ta'lim. Afsuski, bu sohada kamchiliklar talaygina. Hozir faqat birinchi sinflarga yiliga 17 soatlik yo‘l harakati darslari kiritilgan. 2018 yil 30 avgustda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 701-sonli qaroriga asosan, maktabgacha ta'lim muassasalarida yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini nazariy-amaliy va ko‘rgazmali tarzda o‘qitish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari, yong‘inlarning oldini olish, yong‘inlar paytida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni singdirish va mustahkamlash maqsadida


«Hayotiy faoliyat xavfsizligi» majburiy fanini joriy etish, dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash vazifasi yuklatilgan edi. Qaror chiqqaniga 8 oy bo‘lyapti, lekin mutasaddi tashkilotlar jim.
Bog‘cha, maktab yoshidan boshlab yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatilmasa, qilinayotgan ishlar samara bermaydi.
  1. YTHlarini ekspertiza qilish jarayonlarini o‘rganish




YTH ni ekspertiza qilish deb hodisaning barcha jihatlarini ilm-fan, texnika va soha bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan majmuaviy ilmiy-texnik tadqiq qilishga aytiladi. YTH to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ekspertning harakatlari ayblanuvchining harakatlariga huquqiy baho berish ularga bog‘liq bo‘ladigan bir qator holatlarni aniqlashga qaratiladi. YTH ning asosiy elementlari bo‘lib hisoblanadigan holatlarga quyidagilar kiradi: YTH ning mexanizmi; xavfli va avariyali vaziyatlar; xavfning vujudga kelish momenti; haydovchining sensomotor reaksiyasi; hodisa joyi; haydovchining harakatlari va avariya oqibatlari o‘rtasidagi sabab bog‘lanishlari; hodisaning oldini olishning texnik va psixofiziologik imkoniyati (imkoniyatsizligi); haydonchining YTH momentidagi psixologik holati; transport vositasining texnik holati va hodisa joyida yo‘lning obodonchiligi; bir qator boshqa hosilaviy omillar. YTH ning mexanizmi – bu hodisaning unda ishtirok etgan elementlarning o‘zaro harakatlari bilan tavsiflanadigan dinamik jihati bo‘lib, hodisaning vujudga kelishi, rivojlanishi va yakun topishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar va shartsharoitlarning o‘zaro bog‘lanishidir. Yo‘ldagi holat deganda hodisa zonasining yo‘l harakati qatnashchilari 11 harakat traektoriyasi, sur’ati va yo‘nalishini tanlashda hisobga olishi lozim bo‘lgan holatlar jamlanmasi tushuniladi. YTH ning ajralmas sharti yo‘l-transport vaziyatlarining jamlanmasi sifatida qaraladigan harakat hisoblanadi. YTH da uchta faza ajratiladi; boshlang‘ich, kulminatsion va yakuniy fazalar. Har bir faza oldingisining mantiqiy davomi hisoblanadi va o‘z navbatida keyingi fazaning rivojlanishini oldindan belgilab beradi. YTH ning boshlang‘ich fazasi transport vositalari va piyodalarning xavfli vaziyat vujudga kelishidan oldin tarkib topgan harakat sharoitlari bilan tavsiflanadi. Xavfli vaziyat deganda shunday

vaziyat tushuniladiki, bunda yo‘l harakatining barcha qatnshchilari yo‘l-transport hodisasining oldini olish va uning oqibatlarini kamaytirish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishlari lozim bo‘ladi. Agar bunday choralar ko‘rilmasa yoki ular etarlicha samarali bo‘lib chiqmasa, u holda transport vositalarining piyodalarga yaqinlashishi jarayonida xavfli vaziyat avariyali vaziyatga aylanadi. Avariyali vaziyat deb yo‘l harakati qatnashchilari texnik jihatdan yo‘l-transport hodisaning oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydigan vaziyatga aytiladi va yo‘l-transport hodisasi muqarrar bo‘lib qoladi. Xavfli yo‘l vaziyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi ehtimoli vujudga keladi, biroq harakat qatnashchilari uning oldini olishlari mumkin bo‘ladi. Avariyali yo‘l vaziyatida transport vositasining harakati haydovchining ixtiyori va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan qonunlar bilan belgilanadi.



  1. Download 350.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling