Amaliyot o‘tashning


Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim)lari tashkiliy tuzilishi bilan tanishish


Download 350.97 Kb.
bet3/13
Sana31.01.2024
Hajmi350.97 Kb.
#1818561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
avaz-k-hisobot

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim)lari tashkiliy tuzilishi bilan tanishish


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 1996 yil 27 dekabrdagi 353
—I —sonli Qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 28 —moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati inspeksiyasi Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 19 avgustdagi 819 —I —sonli Qarori bilan qabul qilingan «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 — moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati inspeksiyasi maxsus vakolatli Davlat organi hisoblanadi, 9 —moddasiga binoan uning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunichilik palatasi tomonidan 2007 yil 29 iyundagi qabul qilingan va Senati tomonidan 2007 yil 24 avgust kuni ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 2 oktabrdagi O‘RQ—117 —sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan avtomobil yo‘llarining davlat tomonidan nazorat qilish vakolati belgilab berilgan.
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora — tadbirlari haqida»gi Farmoni talablarini bajarish hamda jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va transport kommunikatsiyalaridagi huquqbuzarliklar bilan kurash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 maydagi «Yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlash choralari to‘g‘risida»gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qarorga asosan:
IIV Davlat avtomobil nazorati tizimlari negizida IIVning IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkil etildi.
Jumladan:
IIVning IIV yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi (1-rasm);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (2-rasm);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB shahar va tuman IIBlari avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yorlari va qoidalariga amal qilishni nazorat etish bo‘yicha 1 ta bo‘lim, 43 ta bo‘linma va 157 ta guruh (3,4-rasmlar);
IIVning hududiy YHXBlari yo‘l — patrul xizmati saf tizimlari (6 ta otryaddan iborat 1 ta YPX brigadasi, 4 ta batalon, 9 ta alohida otryad, 108 ta mobil guruh, 825 ta mobil ekipajlari) tuzildi.
DYHXX tizimlarining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
yo‘l harakatini tartibga solish va xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini yaratish, yo‘l —patrul xizmati bo‘linmalarining xizmat o‘tash hududlarida jamoat tartibini ta’minlash;

patrul —post xizmati bo‘linmalari, profilaktika inspektorlari, jinoyat — qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari, ichki qo‘shinlar va ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari bilan birgalikda qo‘poruvchilik — terroristik ko‘rinishdagi faoliyat, giyohvand moddalar, o‘qotar qurol va o‘q —dorilarni noqonuniy tashish hamda boshqa jinoiy xatti — harakatlarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali hamkorlikni ta’minlash;


yo‘l —transport hodisalari bilan samarali kurashishni tashkil etish, yo‘l — transport hodisalarining hisobi va tahlili, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish, shuningdek, olib qochilgan va o‘g‘irlangan transport vositalarini qidirish;
zamonaviy kompyuter texnikalari va texnologiyalari, samarali dispetcherlik xizmati va axborot —kompyuter tizimlaridan foydalangan holda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimini barpo etish;
avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yorlari va qoidalariga amal qilinishining samarali nazoratini tashkil etish;

  1. Download 350.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling