Psixologning pedagogik jamoaga kirishishi muammosi
Psixologlar o’qituvchilar bilan ijobiy munosabat o’rnatib,
hamkorlik qilishga intiladilar, lekin buni qanday amalga
oshirishni bilmaydilar: o’qituvchilar bilan do’stlashish kerakmi
yoki ular bilan ma’lum masofani saqlash ma’qulligini
bilmay
boshlari qotadi. Yosh mutaxassislar nizoli vaziyatlarda ba’zan
o’ziga ishonmaslikni his qiladilar,
maktabda mavjud u yoki bu
o’qituvchilar guruhining ta’siriga beriladilar.
Maktab ma’muriyatiga ta’sir ko’rsatadigan qiyinchiliklar
Psixolog mutaxassislar mustaqil bo’lishga intilishadi,
maktab ma’muriyati bilan hech qanday muammo
bo’lmasligiga intilishadi. Bu
ishning muvaffaqiyati
faqatgina kasbiy bilimlarning mavjudligiga, yosh
mutaxassislarda yetishmaydigan boy hayotiy tajribaga ham
bog’liq. O’quvchilar bilan muloqat o’rnatishda «tarbiyasi
qiyin» o’smirlar va yuqori sinf o’quvchilari bilan
qiyinchiliklar mavjud bo’ladi.
«
Kasbiy yolg’izlikni» his qilish
«Kasbiy yolg’izlikni» his qilish psixologning o’z kasbiy
jamiyatidan ajralishi, unga o’xshab fikrlaydigan,
o’qituvchilarga qaraganda umumiy tilni tez topish mumkin
bo’lgan hamkasblaridan uzoqlashishdir. Kasbiy aloqalarni
yo’qotish yoki mutaxassisga agar u psixolog sifatida bir
o’zi maktabda ishlayotgan bo’lsa qattiq ta’sir qiladi.