Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi
Download 460.82 Kb.
|
Hisobot
autentifikatsiya qilish — foydalanuvchi, dastur, qurilma yoki ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash tartib-taomili;
axborot aktivlari — axborot resurslari, axborotni qayta ishlash qurilmalari va boshqa bank uchun muhim bo‘lgan axborotlar; axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari; axborot xavfsizligi — axborot munosabatlarining subyektlariga nomaqbul ziyonlarni keltirishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xususiyatli tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va ta’minlab turadigan infratuzilmaning muhofaza qilinganligi; axborot xavfsizligi noxush hodisasi — axborot xavfsizligining yagona voqeasi yoki bir qator noxush yoki kutilmagan voqealari bo‘lib, ushbu voqealar tufayli axborotning oshkor bo‘lishi va axborot xavfsizligiga tahdidlar ehtimoli; hujum — axborot aktivlarini yo‘q qilish, ochish, o‘zgartirish, blokirovkalash, tutib olish, ruxsat etilmagan foydalanish huquqini olish yoki axborot aktivlaridan ruxsatsiz foydalanishga urinish; kompyuter virusi — destruktiv xususiyatga, o‘z nusxasini ko‘paytira olish (asl nusxa bilan to‘liq mos bo‘lmasligi ham mumkin) va foydalanuvchi bilmagan holda ularni kompyuter tizimlari, tarmoqlari turli resurslari va shu borada joriy etish qobiliyatiga ega bo‘lgan dasturdir (bajariladigan kodlar to‘plami); monitoring — avtomatlashtirilgan bank tizimi va axborot tizimlari holatini kuzatish; server xonasi — bank serverlari, telekommunikatsiya qurilmalari, uzluksiz quvvat manbalari va boshqa hisoblash texnikalari joylashgan xona; tarmoqlararo ekran — avtomatlashtirilgan bank tizimiga kelib tushadigan va (yoki) tizimdan chiqib ketadigan axborotning nazorat qilinishini amalga oshiradigan dastur va (yoki) dasturiy vosita; xesh summasi — kriptografik algoritm yordamida hisoblangan, fayl butligini tekshirish summasi; Download 460.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling