Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi
Banklarni jismoniy shaxslarga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha imtiyozlar haqida tushunchaga ega bo’lish va qisqa yoritib
Download 460.82 Kb.
|
Hisobot
13.Banklarni jismoniy shaxslarga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha imtiyozlar haqida tushunchaga ega bo’lish va qisqa yoritib
Ipoteka krediti bo'yicha qo'shimcha imtiyozlar beriladi Prezident 22-sentabr kuni “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda ipoteka kreditlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash shartlarini takomillashtirish ko’zda tutilgan. 2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi. Ushbu imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan – 73,6 mln. so’mdan oshmagan qismiga tatbiq etiladi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 920 000 so‘mni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, yuqorida qayd etilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Bundan tashqari, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat beriladi. 2021-yilda ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha maqsadli parametrlar doirasida taqdim etilgan subsidiyalar ajratilishi to‘g‘risidagi bildirishnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar yangi tartibga muvofiq uzaytirildi. Ya'ni, 1 yilga beriladigan subsidiyani ajratish to'g'risidagi qaror 31 dekabrgacha amal qiladi Talim kredit bo'yocha imtiyozlar: Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi. Davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi - OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi; - davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi "Ayollar daftari"ga kiritilganlarga 40 mln 500 ming so‘mgacha kredit berilishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2021 yil 28 aprel, 250-sonli qarori tasdiqlandi. - Xalq banki «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda ko‘maklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan so‘ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi. - Kreditlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. - Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi. - Kreditlarning foiz stavkasi bo‘yicha, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi belgilanadi. - Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. - Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. - Kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan «Ayollar daftari»da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi bo‘yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat’iy navbat asosida ajratiladi. Download 460.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling