Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi
Banklarga moliyavit nazoratni tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish
Download 460.82 Kb.
|
Hisobot
15.Banklarga moliyavit nazoratni tashkil etilishi tartiblari bilan tanishish
Bank nazorati hukumatning amaldagi bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidan iborat tizimli boshqaruv vositasi hisoblanadi. Mazkur tizim oldiga ikkita asosiy vazifa qo’yiladi: nazorat jarayonlarini amalga oshirayotgan paytda ham banklar manfaatini,ham mazkur banklarga o’z omonatlarini joylashtirgan mijozlar manfaatdorligini ko’zlab ish ko’rishlari lozim bo’ladi. Bundan tashqari nazorat qilinayotgan banklar joriy faoliyati bilan bog’liq risklar darajasini aniq baholab berish talab qilinadi. Zero, bank mijozlari banklarning ommaviy chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlari axborotlari asosida moliyaviy koeffisietlardan foydalangan holda bank faoliyatiga mustaqil baho berishlari mumkin.Bunda bank tizimidagi biron-bir bank faoliyatiga salbiy baho berilishi bank tizimi mijozlarida boshqa banklarga bo’lgan ishonchga ham putur etkazishi mumkin. Shuning uchun ham bank tizimini to’la-to’kis sog’lom ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli nazoratlar o’tkazib turish juda muhim hisoblanadi. Bank nazoratining yana bir vazifalaridan biri bank sektorida ichki raqobatni rivojlantirish va shu asosda mijozlarga ularning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutanosib ravishda xizmat ko’rsatishni ta’minlash hisoblanadi. Bank nazorati 100 yildan ortiq muddat davomida AQShda va G’arbiy Evropa davlatlarida o’zining qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, shakllanib kelgan edi. So’nggi 15-20 yil atrofida rivojlanayotgan mamlakatlar ham bank nazoratini bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini anglab etdilar va o’z milliy bank tizimlariga joriy qila boshladilar. Bank nazoratini amalga oshirish uchun bank tizimidagi mavjud muammolarni yechimi sifatida quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi: -mamlakat bank tizimini barqarorligini ta’minlash uchun turli xil iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqishni talab etadi (Masalan, hisob siyosati, kredit siyosati, investisiya siyosati va h.k.); -bank tizimini nobarqarorligi banklarni bankrot bo’lishiga va shu tarzda bank mijozlarida banklarga bo’lgan ishonchni susayishiga olib kelish muammosini bartaraf etish uchun davriy tekshiruv nazoratlarini o’tkazib turish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirilmasligi quyidagi makroiqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi: -pul massasini qisqarishi; -pul tizimini buzilishi va natijada hukumatning yirik hajmdagi ko’zda tutilmagan majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmay qolishi. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasiga ko’ra, emissiya banki va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga olgan ikki pog’onali bank tizimi samarli faoliyat ko’rsatishiini yo’lga qo’ymasdan turib, davlat iqtisodiyotini yuksaltirish mumikn emas.Bunda birinchi pog’onada Markaziy bank bo’lib, u mamlkatni ng pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Bank faoliyati barcha mamlkatlarda qat’iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi va albatta nazoratning maqsadi aholini, qolaversa, mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir. Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari mavjud. Birinchidan, banklar mamlakat aholisining jamg’armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholasini moddiy zarar ko’rishdan saqlash uchun tashkil etiladi Ikkinchidan, bank kreditorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartiga solish amaliyotlari qo’llaniladi. XYuS va jismoniy shaxslar o’z faoliyatlarini rivojlantirish , turmush farovonligini oshirish maqsadida tijorat banklarining kreditlaridan foydalanadilar. Bu kreditlarning narxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida hukumat bank nazoratining bilvosita usuli hisoblangan raqobatni ta’minlab erishadi Uchinchidan, xukumat o’z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun samarali bank nazoratini tashkil etadi. Banklar bo’sh pul mablag’larini jalb etib, ularni kreditlar uchun yo’naltirish bilan mamlakatdagi iqtisodiy faolikni oshirib, ishsizlikni kamaytiradi, shu bilan birga mamlkatdagi pul massasiga bilvosita ta’sir etib inflyasiyani keltirib chiqaradi To’rtinchidan, bank aksiyadorlari va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish uchun ham bank nazorati tashkil etiladi Bozor iqtisodiyoti qaror topgan rivojlangan davlatlarda davlatning bank nazorati sohasidagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: • pul taklifi ustidan nazorat o’rnatish; • iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorlikka barham berish; • banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta’minlash; Bank nazoratini amalga oshirish usullari Bank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalanish samarali natija berishini inobatga olgan holda, ularga batafsil to‘htalib o‘tamiz. Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish. Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir. Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi. Masofadan turib banklarni nazorat qilish usuli Yevropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bankning nazorat departamentlari tashqi audit firmalari bilan yaqin munosabatda bo’ladi. Har yili tugashidan oldin setifikatlangan tashqi audit firmalariga audit tekshirishlarida faoliyatning qaysi tomonlariga e’tibor berish kerakligi ko’rsatiladi.Ayrim hollarda tashqi audit firmalarining ishchi materiallariga, garchi ularning xususiy mulki bo’lsada, ushbu materiallardan foydalanish talab qilinadi. Tijorat banklarini joylarga borib tekshirish AQShda keng qo’llaniladi. AQSh bank nazorati departamentida ko’p sonli inspektorlar ishlashadi. Ular joyga chiqib, tijorat banklari hujjatlarini bevosita tekshirib, bank boshqaruviga baho beradilar. Bugungi kunda banklarning soni 11 mingtadan ortiqligini inobatga oladigan bo’lsak, bu teshirish usuli qancha mablag’ va vaqt talab qilishini tasavvur qiling. Keyingi yillarda AQSh va Evropa bank nazorati amaliyotida uchunchi usuldan foydalanilmoqda. Jahon tajribasidan keng o’rin olgan masofadan turib nazorat o’rnatish bank faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hisobotlarni tahlil qilish hamda tekshiruvdan o’tkazishni ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati. Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Ba'zan mamlakatlarda mega-tartibga soluvchi (mega-regulyator) bo‘lgan markaziy banklar mavjud va ular sug‘urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham tartibga soladi. Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas. Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, 2021- yil tanishuv amaliyotini o’tash mobaynida Oliy ta’lim muassasasida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qanday bo’lishini, qanday tartibda amalga oshirilishini guvohi bo’ldik. Bunda misol sifatida amaliyot joyida bankning kelib chiqish tarixi, funksiya va vazifalarini, hamda tashkiliy tuzilmasini o’rganib chiqdik. Bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqdik, bunga misol qilib shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi 216-I-sonli “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 21- martdagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-2564-sonli Farmoni. Amaliyot o’tash davrida bankning moliyaviy holatini uning kapitali, aktivlari miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik va bankning uch yillik moliyaviy natijalari, daromad harajatlar miqdori va ularning o’zgarish dinamikasini o’rgandik. Bunida bank holati barqaror bo’lib, bankning aktivlari, kapital hajmi, sof foyda miqdori o’sib borish tendensiyasiga ega. Bankning kelajakdagi rejalari, moliyaviy prognozlari bilan tanishdik. Bunda bankning 2019- yilning har bir oyi uchun moliyaviy rejalari mavjud bo’lib, unda bankning sof foydasini, avkivlarini oshirib borish ko’zda tutilgan. Bankning ko’p yillik rivojlanish strategiyasida esa 2019-2021 yillar davomida bankning mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, boshqa banklar bilan bo’ladigan munosabatlarni yaxshilash, bank ishchi hodimlar ishining sifatini oshirish, bankning moliyaviy holatini yaxshilash ko’zda tutilgan. 1 https:/lex.uz/ - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. 2 Prezidentimizning 2018-yil 22-noyabrda o'tkazilgan bank tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi. Download 460.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling