Amaliyoti fanidan mustaqil ishi


Download 414.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.01.2023
Hajmi414.28 Kb.
#1111139
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tariXI (1)

Tarixidan bir shingil.
Badminton — eng qadimiy o‗yinlardan biri. Ayrim faktlar zamonaviy 
badminton qadimiy volan o‗yinidan kelib chiqqanini tasdiqlaydi. Ikki ming yil 
muqaddam qadimiy Yunonistonda, Xitoyda, Yaponiyada, Hindistonda va Afrika 
mamlakatlarida volan o‗ynashgan. Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, 
badmintonning zamonaviy talqini hindlarning «puna» nomli o‗yinidan kelib 
chiqqan va uni 1860-yillarda Britaniya armiyasi askarlari o‗zlashtirishgan. 
Bu o‗yinning Yevropada tarqalishida Angliya gersogi Bofortning hissasi 
katta. 1873 yilda gersog o‗ziga tegishli yerda ilk havaskor kort bunyod etgan. 
O‗yin o‗sha yerdagi qasr — «Badminton haus»ning nomiga atala boshladi. Oradan 
20 yil o‗tib Angliya badminton assotsiatsiyasi o‗yin qoidalarini e'lon qildi, oradan 
yana 5 yil o‗tgach, ilk rasmiy turnir o‗tkazildi. 
Olimpiadadagi debyuti.
Badminton 1992 yildan buyon olimpiya sport turi hisoblanadi va eng og‗ir 
jismoniy zo‗riqishlarga sabab bo‗luvchi yangi sport turlari ichida uchlikka kiradi. 
 
5. Badminton o‘yinning turlari va u haqida qiziqarli faktlar. 
 
O‘yin tasnifiga ko‘ra, badmintonning quyidagi turlari bor: 
1. Yakkalik erkaklar toifasi. 
2. Yakkalik ayollar toifasi. 
3. Juftlik erkaklar toifasi. 
4. Juftlik ayollar toifasi. 
5. Aralash juftlik toifasi. 


 
Sportchilarning imkoniyatlari nuqtai nazaridan: 
1. Badminton. 
2. Parabadminton. 
Badminton haqida qiziqarli faktlar: 

sportchilarning jalb qilinishi bo‗yicha jahonda futboldan keyin 
ikkinchi o‗rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. Sayyoramizning har elliginchi 
kishisi badminton bilan shug‗ullanadi; 

sportning energiyani eng ko‗p sarflashga majbur qiladigan turi 
hisoblanadi va kosmonavtlarni tayyorlash dasturiga ham kiritilgan; 

sport badmintoni kaloriyani yo‗qotishda a'lo darajada qo‗l keladi. 
Bir soat o‗ynash 480 qilokaloriyaning yo‗q bo‗lishiga xizmat qiladi — bu barcha 
sport 
turlari ichida eng yuqori ko‗rsatkich; 

sportning eng tez raketkali turidir. Volanning uchish tezligi 270 
km/soatgacha yetadi; 

agar bir o‗yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‗ilsa, 
uzunlikka u 10 qilometrcha «chopadi», balandlikka esa 1 km sakraydi; 

yuqori klassdagi sport ustalarining o‗yin davomida zarba 
almanishuv sur'ati soniyasiga 0,7 zarbani tashqil etadi. Bir match davomida qayd 
qilingan eng maksimal zarbalar soni — 19725 marta. 

Download 414.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling