Guruh: SMMT-76
Bajardi:Rustamov.M
Reja: 1-Amerika moliya tizimi haqida 2-Fedaralni rezervi haqida 3-Amerika Buyuk depressiyada jaxonga korsatgan sitemalari 4-Moliyaviy operatsiyalari 6-Mamlakat valyuta tizimi 7-Butun jaxon moliyasi bilan bog’liqligi AQSh moliya tizimi mamlakat ichida va xalqaro maydonda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi davlat organlari, banklar hamda korporatsiyalardan tashkil topgan. Soha yalpi daromadi mamlakat YaIM nisbatan 429.3% ni tashkil qiladi (virtual iqtisodiyot- fond bozorlari daromadlari judayam katta). Ushbu sohaning asosiy harakatlantiruvchisi mamlakatning Markaziy Banki hisoblanmish Federal Rezerv Sistemasi (FRS) hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh davlat budjetidagi o`zgarishlar ham mamlakat moliya sohasiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi: davlat xarajatlarining sohaga yo`naltirilishi bevosita firma va korporatsiyalar, banklar hamda davlat muassasalarining moliya bozorlaridagi holatini o`zgartirib yuboradi. - AQSh moliya tizimi mamlakat ichida va xalqaro maydonda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi davlat organlari, banklar hamda korporatsiyalardan tashkil topgan. Soha yalpi daromadi mamlakat YaIM nisbatan 429.3% ni tashkil qiladi (virtual iqtisodiyot- fond bozorlari daromadlari judayam katta). Ushbu sohaning asosiy harakatlantiruvchisi mamlakatning Markaziy Banki hisoblanmish Federal Rezerv Sistemasi (FRS) hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh davlat budjetidagi o`zgarishlar ham mamlakat moliya sohasiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi: davlat xarajatlarining sohaga yo`naltirilishi bevosita firma va korporatsiyalar, banklar hamda davlat muassasalarining moliya bozorlaridagi holatini o`zgartirib yuboradi.
- Mamlakat moliya sohasining rivojlanishi XX asr boshlariga to`g`ri keladi. 1913-yilda AQSH Kongressida FRS ni tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi va u mamlakat pul-kredit siyosatining boshqaruvchisi, ya`ni mamlakat Markaziy Banki maqomiga ega bo`ldi. Qonunga ko`ra, FRS boshqaruvchilar kengashi tarkibiga AQSH Prezidenti tomonidan 14 yil muddatga tayinlanadigan 7 ta a`zo kiradi. Bunday uzoq muddat barqarorlik, izchillik va mustaqillikni ta`minlashi kerakligi aytiladi, lekin a`zolarning juda kam qismigina ushbu muddatni to`liq o`tkazishadi. 2006-yildan buyon FRS Raisi Ben Bernanke hisoblanadi. FRS ning nafaqat AQSH, balki butun jahon moliya sohasidagi o`rni beqiyos, ta`siri juda sezilarlidir. Mamlakatning Markaziy Banki sifatida FRS tijorat banklariga kreditlar beradi, hisob stavkasini, rezerv hajmini o`rnatadi, mamlakatning pul-kredit siyosatini ta`minlaydi, tijorat banklarining faoliyatini hamda ochiq bozordagi pul massasini nazorat qiladi, davlat qimmatbaho qog`ozlari bo`yicha operatsiyalarni jahon bozorlarida amalga oshiradi.
- Masalan, Buyuk Depressiya, 1933-35 yillar mobaynida T. Ruzvelt o`z islohotlarini moliya tizimida o`zgartirishlar qilishdan boshladi va FRS yordamida hisob stavkasini tushirdi, imtiyozli kreditlar berdi(pul-kredit va budjet-soliq siyosati). 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrida ham FRS mamlakat moliya sohasini jonlashtirishda asosiy rolni o`ynadi. AQSH valyutasi dollarni bosib chiqarish ham FRS zimmasida ekanligini hisobga olsak, valyuta hajmini oshirish yoki kamaytirish orqali jahon bozoriga o`z ta`sirini o`tkazishi mumkin.
- Moliyaviy operatsiyalar markazi Nyu-York shahrida joylashgan Nyu-York fond birjasi (NYSE) hisoblanadi, AQSH qimmatbaho qog`ozlar birjasi (ASE) ham Nyu-Yorkda joylashgan. Hajmi jihatidan ikkinchi o`rinda savdo zaliga ega bo`lmagan NASDAQ elektron fond birjasi turadi. Bulardan tashqari AQSH da 8 ta regional fond birjalari faoliyat yuritmoqda: Chikago, Filodelfiya, Tinch okeani birjasi, Kaliforniya, Boston va boshqalar. Moliya tizimi, fond birjalari va bozorlari faoliyatini boshqarish maqsadida bir qancha nazorat organlari (7 ta asosiy organ mavjud, ulardan 4 tasi federal) tashkil qilingan: Fond Dillerlari Milliy Assotsiatsiyasi, Qimmatbaho qog`oz egalari himoyasi bo`yicha korporatsiya, Munisipial qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha Kengash shular jumlasidandir.
- 2008-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishida AQSH moliya tizimining hissasi ancha yuqori ekanligini aytib o`tish joizdir. Chunki 1933-yilda qabul qilingan Glas-Stigl aktiga ko`ra, AQSH banklari investitsion va tijorat banklariga ajratilgan edi. 1999-yilda bu aktning bekor qilinishi (amalda bu jarayon 80-yillardan boshlangan) yuqoridagi banklar faoliyatini aralashtirib yubordi: Uol-strit (Wall-Street) investitsion banklari tijorat banklari depozitlarini investitsiya qila boshladi. Natijada deyarli hamma mablag` muomalaga jalb qilindi. Ipoteka kreditlarida boshlangan inqiroz banklar depozitida mavjud pulning juda kamligi uchun tezda tarqalib, nafaqat AQSH, balki butun jahon iqtisodining katta yo`qotishlariga sabab bo`ldi
- Moliya tizmini tahlil qilish mobaynida, mamlakat valyutasi tizimini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakat valyuta tizimi ahamiyati nafaqat AQSH ning o`zida, balki xalqaro maydonda ham beqiyos. Chunki AQSH valyutasi dollarning butun jahon savdo aloqalarida keng qo`llanilishi mamlakatning xalqaro munosabatlarda, xususan xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi o`rnini nihoyatda katta darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda ko`pgina davlatlarning valyuta rezervalaridagi asosiy ulushni AQSH dollari tashkil qilmoqda. Birgina Xitoyning rezervlarida 2.9 trln. $ miqdoridagi mablag` mavjud.
- Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, AQSH o`z iqtisodiyotini butun jahon iqtisodiyoti bilan chambarchas bog`lab qo`ygan. Bunda aynan ko`pgina xalqaro tashkilotlar foydalanayotgan richaglar, xususan moliyaviy richaglar muhim rol o`ynashini ko`rib o`tdik. Xalqaro savdoda dollarni ishlatilishi va ko`pgina davlatlarning oltin-valyuta rezervida katta miqdorda dollarning bo`lishi ular ham dollarning barqarorligi saqlanib qolishidan manfaatdor ekanliklarini ko`rsatadi. Agar AQSH FRS yordamida katta miqdorda pul bosib chiqarib muomalaga qo`yib yuborsa, dollar qadri tushishi evaziga dunyo iqtisodiyoti zarar ko`ra boshlaydi. Shuning uchun ham bunday bir qancha richaglar mavjudligi AQSH ning jahon arenalarida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan ustunligini ta`minlamoqda.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |