Oqsillar–tarkibida turli xil aminokislotalar bo`lgan yuqori molekulali tabiiy
organik birikmalardir.
Peptid bog`lanish–oqsil molekulasida aminokislotalar qoldiqlari orasida
mavjud bo`ladigan bog`lanish turi.
Peptidlar–oqsillar asosini tashkil qiluvchi hamda ikki yoki undan ortiq
aminokislotalarning o`zaro polikondensatlanishidan hosil bo`lgan moddalar.
Oqsilning birlamchi strukturasi–uning kimyoviy strukturasi, ya`ni ushbu
oqsilning polipeptid zanjirida aminokislotalar qoldiqlarining navbatlashib
kelishidir.
Oqsilning ikkilamchi strukturasi–polipeptid zanjirning fazodagi shakli.
Oqsilning uchlamchi strukturasi–real uch o`lchamli konfiguratsiya bo`lib,
polipeptid zanjirning buralgan spirali fazoda ana shunday shaklga kiradi.
Oqsilning to`rtlamchi strukturasi–bir nechta uchlamchi tuzilishga ega
bo`lgan polipeptidlardan tashkil topgan oqsillar strukturasi.
Proteinlar–gidrolizlanganda faqat aminokislotalarga ajraladigan oqsillar.
Albuminlar–suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar.
Globulinlar–suvda erimaydigan oddiy oqsillar.
Proteinoidlar–suvda, tuzlar, ishqorlar, kislotalar eritmalarida erimaydi,
gidrolizga chidamli bo`ladigan oqsillar.
Xromoproteidlar–tarkibi oqsil qism va biror bo`yoq moddadan iborat
bo`lgan oqsillar.
Nukleoproteidlar–tarkibi oqsil modda va nuklein kislotalardan iborat
bo`lgan oqsillar.
Fosfoproteidlar–tarkibi oqsil modda va fosfat kislotadan iborat bo`lgan
oqsillar.
Glikoproteidlar–tarkibi oqsil modda va uglevodlardan iborat bo`lgan
oqsillar.
Lipoproteidlar–tarkibi oqsil modda va yog` yoki yog`simon moddalardan
iborat bo`lgan oqsillar.
Oqsilning denaturatsiyasi–ayrim omillar ta`sirida oqsillarning ikkilamchi
va uchlamchi strukturasining buzilish hodisasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |