2
|
:Tirozinga ksantoprotein reaksiyasi
Oqsil eritmasini konsentrlangan nitrat kislota bilan qo'shib qizdirilsa, sariq rang ?osil bo'ladi. Shu sariq rang ustiga ozroq ammiak yoki natriy gidroksid eritmasidan qo'shsak, probirkada zarg’aldoq rang oqsil bo'ladi. «Ksantos» yunoncha so'z bo'lib, «sariq» degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun bu reaksiyaga ksan-toprotein nomi berilgan. Kuchli nitrat kislotaning teriga, tirnoqqa, junga va boshqa xildagi oqsil tutuvchi moddalarga tushgan paytida ham sariq rang hosil bo'ladi.
Oqsil eritmasi (tarkibida tirozin, fenilalanin yoki triptofan aminokislotalari bo'lsa) konsentrlangan nitrat kislota bilan qizdirilganda sariq rang hosil bo'ladi:
|
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3. Qonsentrlangan nitrat kislota; 4. 20% li natriy gidroksid yoki ammiak eritmasi; 5. 1% li jelatina; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka; 9. Pro-birkalar.
|
|
Ishniig bajarilishi. Z ta yuvilgan toza probirka olib, ularning biriga fenol eratmasidan, ikkinchisiga oqsil eritmasidan, uchinchisiga asa jelatindan 1 ml dan solinadi. Keyinchalik har bir probirkaga 1 ml dan konsentrlangan nitrat kislota qo'shib, asta-sekin qizdiriladi. Natijada oqsil va fenolli probirkalarda rang hosil bo'ladi. Probirkalardagi aralashmalar ustiga ammiak yoki natriy gidroksid qo'shsak, birinchi va ikkinchi probirkalardagi sariq rang, zarg'aldoq ko'rinishga o'tadi. Uchinchi probirkada asa bu holat kuzatilmaydi. Bu asa jelatina tarkibida yuqorida bayon etilgan amanokislotalarning yo'qligini ko'rsatadi.
|