Aminokislotalar, ularning tuzilishi, kimyoviy o’ziga xos xususiyatlari. Kapron – sintetik tola. ΑLfa – aminokislotalar oqsillarning strukturaviy birligi ekanligi. Oqsillarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Aminokislotalar


Download 347.69 Kb.
bet3/9
Sana28.03.2023
Hajmi347.69 Kb.
#1301442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alfa Aminokislotalar

Olinish usullari :

  1. Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar gidroliz usulida olinadi. Masalan :



  1. Aldegid va ketonlarga HCN ta’sir ettirib olingan mahsulotni gidrolizlab olish :



  1. To’yinmagan kislotalarga ammiakni biriktirib olish :

CH2 = CH – COOH + NH3 → H2N –CH2 – CH2 – COOH


Akril kislota 3 –aminopropan kislota


  1. Karbon kislotalarning galogenli hosilalariga ammiak ta’sir ettirib (galogeni aminogruppaga almashtirish) olish:

Cl – CH2 – COOH + H – NH2 → H2N – CH2 –COOH + HCl
Xlorosirka kislota aminosirka kislota
Fizikaviy xossalari :
Aminokislotalar qattiq kristall moddalar ular suvda organik erituvchilarga nisbatan yaxshi eriydi, yaxshi kristallanadi, ularnig suvdagi eritmalari neytral muhitga ega (pH = 6,8). Aminokislotalarning zichliklari katta va yuqori suyuqlanish temperaturalariga ega (ko’pincha parchalanadi). Bu xossalar asosli -NH2 gruppa bilan kislotali gruppa (-COOH) bilan o’zaro ichki ion bog’lanish (svetter ion shaklida) hosil qilishi bilan tushuntiriladi. Masalan : glisin uchun kislota – asos muvozanati :


Aminokislotalarnig svetter ionli strukturasi ularning dipol momenti kattaligi (50 ∙10-30‑kl∙M) bilan ham tasdiqlanadi.
Aminokislotalarning ko’pchiligi shirin, mazali.
Kimyoviy xossalari :
Aminokislotalarning amfoter xossaga ega ekanligini yuqorida ko’rgan edik.
Aminokislotalar ishqor va kislotalardan tashqari spirtlar bilan ham reaksiyaga kirishib murakkab efirlar hosil qiladi:

H2N - CH2 – COOH + C2H5OH → H2N - CH2 – COOC2H5 + H2O


Aminokislotalar nitrit (HNO2) kislota bilan reaksiyaga kirishganda oksikislotalar hosil bo’ladi.



Aminokislotalar Cu(OH)2 – mis (II) gidroksidi bilan ta’sirlashib zangori rangli kristall kompleks tuz hosil qiladi.

Bu reaksiya aminokislotalar uchun sifat reaksiyasi bo’lib, hosil bo’lgan tuzga xelat deyiladi.
α,β,γ… va boshqa aminokislotalar qizdirilganda har xil o’zgarishalarga uchraydi va turli mahsulotlar hosil boladi. Masalan: α – aminokislotalar qizdirilganda siklik birikma hosil bo’ladi.

β – aminokislotalar qizdirilganda ammiak ajralib chiqadi va to’yinmagan kislota hosil bo’ladi.

γ,σ va ε – aminokislotalar qizdirilganda, bir molekula suvni yo’qotib, laktamlar hosil qiladi.

Ikki molekula aminokislotalardan bir molekula suv ajratilsa (biridan - OH gidroksil gruppasi va ikkinchisidan H atomi ajraladi va o’zaro birikib suv hosil qiladi) ya’ni kondensatsiyalansa peptid bog’I C – N hosil bo’ladi va peptid gruppa – CO – NH – tarkibiga kiradi :

H2N–CH2–COOH+H–NH–CH2–COOH H2N–CH2–CO–NH – CH2 - COOH


dipeptid

Ikkita, uchta va bir qancha aminokislotalarning kondensatsiyalanishi natijasida dipeptid, tripeptid va hklar hosil bo’ladi.


Hamma oqsil moddalar shunday polipeptidlar zanjiridan iborat bo’ladi.



Download 347.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling