Izomeriya - aminokislotalarda kuzatiladigan izomeriya asosan uglerod zanjirining turlicha tuzilishiga va aminogruppaning qaysi holatda bo’lishiga bog’liq.
Masalan : aminobutan kislota izomerlari quydagicha bo’ladi :
Aminokislotalar - amfoter birikmalar : asoslik xossasi amonogruppaning mavjudligi, kislotaligi karboksil gruppaning mavjudligi bilan bog’liq. Kislotali muhitda aminokislotalar – kationlar :
HOOC –CH2 –NH2 + HCl →HOOC –CH2 –NH3+Cl-,
Kation
ishqoriy muhitda – anionlar.
NH2 – CH2 – COOH + NaOH → NH2 – CH2 – COO – Na+
Anion
Neytral muhitda aminokislotalar bipolyar (yoki svetter) ionlar ko’rinishida mavjud bo’ladi, ya’ni ikkita elektr chizig’iga (+) va (-) ega bo’lgan ionlar. Masalan :
α – aminokislotalar eng muhim ahamiyatga ega. Ular oqsillarning qurilish materiali hisoblanadi.
Aminokislotalar o’simlik va hayvon organizmlarida bo’ladigan barcha oqsil moddalarning tarkibiga kiradi. Aminokislotadan ayrimlarini (masalan : glisin, alanin) organizmda kerakli miqdorda sintez qilinadi. Bunday aminokislotalar almashtiriladigan kislotalar deyiladi.
Boshqa aminokislotalar (masalan : valin) organizmda yetishmaydigan miqdorda sintez bo’ladi. Bu almashmaydigan aminokislota qatoriga kiradi.
Almashmaydigan aminokislotalar oziq – ovqat tarkibida bo’ladi va shu hisobdan organizmda ularning o’rni to’ldiriladi.
Kislotalik funksiyalarining tabiatiga qarab aminokislotalar bo’linadilar :
Aminokarbon kislotalar, masalan : H2N(CH2)4COOH;
Aminosulfon kislotalar, masalan : H2N(CH2)2SO3H
Aminofosfon kislotalar, masalan : H2NCH[P(O)(OH)2]2
Aminoarsin kislotalar, masalan : H2NC6H4AsO3H2
Amino va karboksil gruppalarning soniga qarab monoaminodikarbon, diaminokarbon va boshqa aminokislotalar bo’lishi mumkin. Masalan :
Do'stlaringiz bilan baham: |