Aminokislotalar
Aminokislotalar Fizik xossalari: Aminokislotalar qattiq kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi. Koʻp aminokislotalar molekulalarida asimmetrik uglerod atomi boʻlganidan ular optik aktiv moddalar. Kimyoviy xossalari: Aminokislotalar — amfoter xususiyatli moddalardir. Ular bifunksional birikmalar boʻlib, tarkibidagi aminogruppa hisobiga asoslarga xos reaksiyalarga, karboksil guruh hisobiga kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi. Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsil tarkibida uchramaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy Aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aminokislotalarning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20ta Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalardan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Oqsillar tarkibiga kiruvchi 20ta aminokislotalar: Lizin Gistidin Arginin Aspartat Asparagin Treonin Glutamin Prolin Glitsin Alanin Sistein Izoleysin Leysin Metionin Valin Tirozin Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bualmashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8ta almashinmaydigan aminokislotalar mavjud. Odam organizmidagi 8ta almashinmaydigan aminokislotalar: Triptofan Valin Fenilalanin Treonin Metionin Leysin Lizin Izoleysin Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarflanadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qoʻllaniladi. Hozir Aminokislotalardan oʻgʻit sifatida ham foydalanilmoqda Kimyoviy tuzulishi boʻyicha aminokislotalar aminkarbon kislotalar boʻlib, ular tarkibida karboksil — COOH va amino — NH2 guruhlari mavjud. Amino gruppa hamda proteinogen aminokislotalarda a-uglerod atomida joylashganligidan, a-aminokislotalar qatorini tashkil qiladilar. Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Alanin — Ala, Fenilalanin — Fen. Aminokislotalarning klassifikatsiyasi Aminokislotaning oddiy vakili — aminosirka kislotasi NH2-SN2 -COON. Aminokislotalarning koʻpincha shakllanib ketgan trivialli nom bilan, masalan, aminosirka kislotasini glitsinlei nomlaydi. Aminokislotalarning izomerlanishi uglerodning izomerlanishi bilan va amin guruhining joylashishi boʻyicha aniqlanadi. Nomlash uchun karboksil guruhi bar uglerod atomidan boshlab raqamlaydi: Peptidlar va, umuman oqsil molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |