Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16) ajratib olinadi.Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shishabo`laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi. Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi. Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan R3-BGO yoki R3-BMO-6 mashinalarida bajariladi. Bunda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi. Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni uch bosqichda bajariladi. Donga asosan gidrotermik ishlov berish, ya`ni namlash A1-BSHU-1, A1-BSHU-2, A1-BMSH, A1-BAZ, A1-BUZ mashinalarida bajariladi va 13-jadvaldagi ko`rsatkichlarga muvofiq bunkerlarda namiqtirish uch bosqichda donning shaffofligiga qarab amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |