Amir temur davlatining tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi


Download 95.55 Kb.
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi95.55 Kb.
#1055087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVLATINING TUZILISHI

Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning qo‘shini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bo‘lib engil otliqlar bilan zarba berdi, keyin esa o‘ng qanot avangardining serblarning qatoriga qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. SHundan keyin butun o‘ng qanot jangga kiritildi va serblarning qatorlarini chap qanotdan va front ortidan o‘rab oldi, lekin serblar ayovsiz qarshilik ko‘rsatishda davom etdilar. CHap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi, chunki 18 minglik yollangan totor otryadlari Amir Temur tomoniga o‘tdi. Boyazidning o‘g‘li Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinining o‘ng qanoti chekinishni boshladi. SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qo‘yish uchun ikkinchi chiziqdagi qo‘shinlarni jangga kiritdi, lekin serblar yorib o‘tishga va yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq bo‘ldilar.
Jangning ikkinchi davri – Amir Temur qo‘shini tomonidan turk qo‘shinining asosiy kuchlarini qurshovga olinishi.
Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari g‘arb tomonga chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari yanicharlarni qurshovga olishni osonlik bilan oxiriga etkazdilar, ularni yanchib tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar.
Jangning uchinchi davri – turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish.
Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi.
Jangning to‘rtinchi davri – Kichik Osiyoning g‘arbiy O‘rta Er dengizi qismini bosib olinishi. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tor­mor etganidan keyin Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qildi va Kichik Osiyoning O‘rta Er dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi.
Ko‘pgina shaharlar va qal’alar jangsiz taslim bo‘ldi. Faqat Smirna shahrida yashayotgan xristianlar qarshilik ko‘rsatishga qaror qildilar. Dekabr oyida qal’ani qamal qilish boshladi. Buning uchun qamal qilish, olov va tosh uloqtiruvchi qurollar yig‘ildi. Dengiz tomonidan bo‘ladigan hujumni qaytarish, kemalardan himoya qilish uchun yog‘ochdan to‘siqlar qurildi. Qal’a himoyachilari qat’iy qarshilik ko‘rsatdilar. Amir Temur er ostidan yo‘l qazishni buyurdi. Qamal qiluvchilar tez­tez bir birlarini almashtirib qazib turdilar. Er ostidan qazilgan yo‘l tayyor bo‘lganidan keyin uning ichiga neftga pishitib olingan o‘tinlar yoqildi. Buning natijasida qal’a devorlari qulab tushdi va jangchilar qal’aga bostirib kirdilar. Smirnaning egallanishi bilan Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy safar tugadi.
Kichik Osiyoga uyushtirilgan harbiy yurish va Anqara jangi natijalari bo‘yicha harbiy san’atning rivojlanishiga qo‘shilgan hissa quyidagilar:
Sohibqiron urushni boshlash uchun qulay vaqtni tanladi. U o‘zining janubiy qanotiga Misr tomonidan berilish ehtimoli bo‘lgan zarbani bartaraf qildi.
Amir Temur o‘zining mohir va tezkor manyovrlari tufayli dushmanga o‘z irodasini singdirib, uni manfaatli marrani tark etishga majbur qildi.
Amir Temur qo‘shini ortidan quvg‘in qilish, asosini piyodalar tashkil etgan turk qo‘shinini juda holdan toydirdi.
Jang uchun qulay pozitsiya tanlandi.
Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi qudratli zaxirani ajratgan holda kuchli qanotlardan tashkil topdi.
Anqara jangi o‘rta asrlar tarixidagi yirik janglar bilan bir qatorda turadi.
Jangning oqibatini qanotdan berilgan zarbalarni markazdan faol harakatlar bilan birga olib borilganligi, zaxirani o‘z vaqtida jangga kiritilganligi va undan keyin turk qo‘shinlarining asosiy kuchlarini qurshab olinishi hal qildi
Turklar bilan urushda Amir Temur qamrab olish negizini yaratdi. SHu negizlarga tayanib, u o‘zining front ortini ishonchli ta’minladi va turk qo‘shinlarini ajratib qo‘ydi. Sohibqiron dushmanni va joyni razvedka qildi, vaziyatni to‘g‘ri aniqladi, maqsadlarni belgiladi, harbiy harakatlarning rejasini tuzdi, strategik tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va dushman kommunikatsiyalarini kesib qo‘ydi. Turk qo‘shinidagi noroziliklar va jangchilari turli xil qabilaga mansubligidan foydalanib, u dushmanni o‘zi uchun o‘ta noqulay sharoitlarda jang olib borishga majbur qildi.
«Temur tuzuklarida» ushbu jangning operativ­taktik chizmasining ahamiyati quyidagicha ta’kidlanadi: «SHunday qilib, men Boyazid bilan jangga kirishdim. O‘ng qanotning qo‘mondoni Mirzo Mironshohga turk sultoni qo‘shinining chap qanotiga, mening qo‘shinimning chap qanotini boshqarayotgan Mirzo Sulton Mahmudxonga va amir Sulaymonga–dushmanning o‘ng qanotiga hujum qilishni buyurdim. O‘ng qanot zaxirasi qo‘mondoni Mirzo Abubakir tepalikda joylashgan Boyazid qo‘shinining asosiy qismiga hujum qilish vazifasini oldi, men esa o‘zimning jangovar qismim va saralangan jangchilarimni olib to‘g‘ri janggohga kirdim. Uning qo‘shini birinchi hamla paytidayoq uloqtirib tashlandi; sulton Mahmudxon mag‘lub bo‘lganlarni ta’qib qilishga tashlandi va Boyazidni asirga olib mening chodirimga olib keldi». Anqara yaqinidagi jangda har ikkala tomondan dunyoning eng yaxshi piyodalari hisoblangan usmoniylar piyodalari, jahonning eng kuchli otliqlari hisoblangan Amir Temur otliq askarlari bilan to‘qnashdi. Usmoniylarning piyodalari Amir Temur otliq armiyasi oldida ojizlik qildi. Bu g‘alaba Sohibqironning sharafli harbiy san’atining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.


Download 95.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling