Amir temur davlatining tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi


Download 95.55 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi95.55 Kb.
#1055087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVLATINING TUZILISHI


AMIR TEMUR DAVLATINING TUZILISHI. DARGOH VA UNING TUZILISHI
REJA:
KIRISH

  1. Amir Temur va uning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

  2. Sohibqironning harbiy yurishlari hamda harbiy mahorati

  3. Markazlashgan Temur davlatining ma’muriy tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi

  4. Amir Temur va Temuriylarning tashqi savdo va elchilik aloqalari

  5. Amir Temur va Temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan o`rni

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Milliy istiqlol O‘zbek xalqining asriy orzusi armoni edi. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi eng ulkan g‘alaba, uning qadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish muxim vazifa. Yurtboshimizning “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvofaqqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va xaqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi.”1 deb aytgan fikirlari nixoyatda katta axamiyatga egadir. Mustaqillik sharofati bilan o‘zligimini anglash, o‘z tariximizni xolisona o‘rganishga ega bo‘ldik. Ayniqsa sovetlar xukumronligi yillarida qoralanib kelgan Amir Temur va Temuriylar davri tarixini yangi manbalar asosida va mustaqillik ruhi bilan o‘rgansh dolzarb mavzulardan biridir. Amir Temur va Temuriylar davrida Movaraunnahir va Xuroson O‘rta Osiyo madaniy hayotida juda katta yuksalish ro`y berdi. Bu davir o‘z mohiyati bilan sharq o‘yg‘onish davrining o‘ziga xos bosqichi bo‘ldi. Bu davirda madaniy xayotning kuchayish darajasi IX-XII asrlar orasidagi ilk musulmon renescansidan qolishmaydi. Amir Temur va Temuriylar mamlakat mustaqilligi, el-yurt osoyishtaligi, uni obod etishda bunyodkorlik ishlariga katta axamiyat berdilar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarida xam bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, davlatlar o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar olib borgan shu boisdan xam Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixini xar tomonlama xolisona o‘rganish dolzarb mavzu hisoblanadi.
Zero, Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.
Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni yer yuzining chinakam madaniy-me’moriy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Bu ulug‘ zot kurdirgan me’morchilik va xalq san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori-atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. Hamda Amir Temurning davlatni boshqarish mahoratini o`rganish biz uchun dolzarb hisoblanadi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan vaqtdan e’tiboran Amir Temur shaxsi xalqimiz uchun yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Mustaqilligimizning har bir tadbirida, O‘zbekistonning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo‘lib bormoqda.



  1. Download 95.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling