Amir temur davlatining tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi


Markazlashgan Temur davlatining ma’muriy tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi


Download 95.55 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi95.55 Kb.
#1055087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMIR TEMUR DAVLATINING TUZILISHI

3. Markazlashgan Temur davlatining ma’muriy tuzilishi. Dargoh va uning tuzilishi
Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo‘lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab bergan. Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo‘lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o‘zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko‘rsatmasi bilan hal etilgan. Davlatning siyosiy boshqaruv tizimi Dargoh Harbiy vazir Mulkchilik va soliq ishlari vaziri Moliya vaziri Bosh vazir Xolisa (askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi) Saroy vaziri Jibachi, Xazinachi, Bitikchi, Sozanda, Choparlar, Dorichi, Tabiblar, Munshilar, Bakovul, Qushchi, Bosh xojib, Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liq ishlar oliy devon zimmasida bo‘lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya’ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo‘lib, o‘ziga xos ravishda hukmdorga hisob berib turgan.
Mamlakatda diniy hokimiyat tizimi quyidagi tarzda boshqarilgan

  • Shayxulislom

  • A’lam

  • Qozikalon

  • Sadri a’zam

  • Muhtasib

  • Qoziyi ahdos

  • Qozi askar

  • Mudarris

  • Mutavalli

Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruviga xos eng muhim xususiyatlaridan biri unda adolat me’zoniga alohida ahamiyat berilganligidir. U har doim «Kuch-adolatda» deb ta’kidlar va unga amal qilardi. Uning davlat boshqaruvi tizimi masalalariga bag‘ishlangan mashhur tuzuklarida ham har bir ishda adolat me’zoniga amal qilishlik, nohaqlik, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik g‘oyasi chuqur ifodalanganligi bejiz emasdir. Zero, xoh moliya-soliq tizimida, xoh savdo-tijorat sohasida yohud mulkiy masalalarda bo‘lsin, hamma narsada adolat ko‘zi bilan, qonunchilik qoidalari, talablariga asoslanib ish yuritish Amir Temurning qat’iyat va izchillik bilan o‘tkazgan davlatchilik siyosatining asosiy me’zoni bo‘lgan. O‘z amali, mansabini suiste’mol qilishlik, poraxo‘rlik, maishiy buzuqlik kabilar og‘ir jinoyatlar sanalib, ularni sodir etuvchilar qattiq jazolangan. Amir Temur tuzuklariga asos qilib olingan davlatchilik siyosatining muhim jihati yana shundan iboratki, uning davrida har bir sohaga kadrlar tanlash, lavozimlarga tayinlashda ularning iqtidoru qobiliyatiga, bilimu iste’dodiga, nasl-nasabiga alohida e’tibor berilgan. Davlatga sadoqat bilan xizmat qilgan xodimlar doimo rag‘batlantirilib, martabalari oshirib borilgan.


Davlat boshqaruvi. Temur davlatida avval hokimi mutlaq — Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony davlat — Vazirlik mahkamasi boshqargan. Ulardan 1si — mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan. 2si — vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan. 3si — tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan. 4si — saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning "xolisa" deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan. Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va T. hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar.
Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam — bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan.
Davlatning bosh qozisi — qozi ulquzzot "ahdos qozisi" nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi — kotib faoliyat koʻrsatgan.
Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy — amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Mac, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi.
Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari — shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. T.davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.
Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro — bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati).
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar — jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
Temur davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Mac, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar — taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar — taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.
Mamlakat obodonligi. Amir Temur va T. mamlakat mustaqilligi, elyurt osoyishtaligi va uni obod etishga katta ahamiyat berdilar. Bu davrda Chingizxon hujumi va moʻgʻullarning betoʻxtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qad. shaharlar, kdlʼa va istehkomlar qayta tiklandi, yaʼni shaharlar va qishloqlar qad koʻtardi. Markaziy shaharlar va ularning tevarak atrofida kurkam maʼmuriy, maʼrifiy va jamoat binolari, suv inshootlari qurilib, bogʻu boʻstonlar barpo etildi (qarang Amir Temur bogʻlari). Daryo va soylardan yirik sugʻorish tarmoqlari qazib chiqarilib, minglab gektar qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirildi, sugʻorma dehqonchilik maydoni kengaytirildi. Soliq tizimining tartibga solinishi bilan mamlakat iktisodiyotining asosi boʻlgan dehqonchilik, hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdo rivojlandi.
Sohibqiron Kesh shahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar "Qubbat ulilm valadab" ("Ilm va adabning gumbazi") deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 yillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
14-asrning oxiri — 15-asrlarda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan.
Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan.
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Mac, 1410-yil Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432-yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarqand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan. Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
15-asrda Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band — suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan.
Saltanatda hukm surgan nisbatan barqarorlik, yirik shahar va viloyatlarda amalga oshirilgan obodonchilik, sugʻorma dehqonchilikning kengayishi bilan mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan hunarmandchilik va tovarpul munosabatlari rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda shakllangan 3 qism (ark, shahriston va rabod)li voha shaharlari kengayib, koʻp darvozali yagona mudofaa devori bilan oʻralgan yangi qiyofadagi yirik va gavjum shaharlar qad koʻtargan. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Kesh(Shahrisabz), Shohruxiya, Termiz, Nasaf va Axsikat kabi shaharlar oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasbikori, ichki va xalqaro tashqi tijorati bilan oʻrta asrlar Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylangan. Hunarmandchilikning turli tarmoklari rivoj topib, shaharlarning tarixiy topografiyasi tubdan oʻzgargan. Ularda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, guzar, koʻchakoʻy, bozor rastalari, toqu ravok,li, gumbazli timlar —chorsular qad koʻtargan. Koʻpgina yirik shaharlarda "zargaron" ("zargarlik"), "misgaron", "suzangaron"("ignasozlik"), "sovutsozon", "sangtaroshon" ("toshtarovchi"), "shishapazon", "charmgaron"("koʻnchilik") kabi maxsus hunarmandchilik mahallalari tashkil topgan. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, chilangarlik va binokorlik yetakchi oʻrin tutgan. Samarqandda, ayniqsa, qogʻoz ishlab chiqarish. alohida ahamiyat kasb etgan. Shahar yaqinida Obirahmat anhori sohilida qogʻoz ishlab chiqariladigan maxsus objuvozlar va korxonalar joylashgan.


Download 95.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling