Amonboyev mahammadsidik


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

Uzoq muddatli depozitlar 
- jismoniy va yuridik 
shaxslaming tijorat banklariga bir yildan ortiq muddatga qo'yilgan 
pul ko'rinishidagi jam g‘arma va omonatlari.
Unifikatsiya 
- turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar 
va boshqa qo'llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlami 
ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash.
Uy 
ali aloqa- 
uyali tarmoqqa asoslangan mobil radioaloqaning 
bir turi.
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi -
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy 
muassasa bo'lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning 
yetakchi, eng aw alo bazaviy tarmoqlarini modemizatsiyalash 
va texnikaviy qayta qurollantirish bo'yicha loyihalaming amalga 
oshirilishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni muttasil, barqaror 
va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish 
hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga 
oshirishdan iborat. Bugungi kunda mazkur fondning jam g'arm asi
3,7 milliard dollami tashkil etadi.
Fermer xo'jaligi 
- ijaraga berilgan yer uchastkalaridan 
foydalangan holda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan 
shug'ullanuvchi mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
Fond birjasi 
muntazam ravishda amal qiluvchi qimmatbaho 
qog'ozlar, aksariyat holda aksiya va obligatsiya bozorini namoyon 
etib, ulami sotish va xarid qilish bo'yicha bitimlar bir vaqtning 
o'zida narx belgilash orqali tuziladi. Fond birjalarida qimmatbaho 
qog'ozlar savdosi auksion, y a’ni nisbatan yuqoriroq narxni taklif 
etuvchi sotib olish huquqini qo'lga kirituvchi ochiq savdo tamoyili 
bo'yicha olib boriladi. Fond birjalariga valyuta biijalari yaqin 
bo'lib, ularda talab va taklif ta ’siri ostida qaror topuvchi kurslari
175


bo'yicha milliy valyutalaming erkin savdosi amalga oshiriladi. 
Fond birjalari savdo jarayonlaridagi talab va taklifning o'zaro 
ta’siri natijasida qimmatbaho qog'ozlarning biija kursi o'm atilib, 
u odatda aksiya, obligatsiyalar bozor narxlarining ular nominal 
qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi. B a’zida tovar va fond birjalari 
yagona tovar-fond birjalariga birlashadilar. Dunyoda birinchi fond 
biijasi 1773- yilda Londonda, keyinchalik 1791- yili Filadelfiya 
shahrida, 1792- yili Nyu-Yorkda tashkil etilgan.
Fond bozori 
- qimmatbaho qog'ozlar va boshqa moliyaviy 
vositalaming oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus 
tashkillashtirilgan bozor.
Franchayzing 
- yirik kompaniya (franchayzer) hamda 
kichik firmalar (franchayzi) o'rtasidagi shartnoma tizimi bo'lib, 
unga asosan franchayziga franchayzeming mahsulotlarini uning 
tovar belgisidan foydalangan holda sotish huquqi beriladi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling