Amonboyev mahammadsidik


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

Xalqaro tranzit 
- xorijiy yuklaming j o ‘natish va qabul 
qilib olish punktlari berilgan mamlakat hududidan tashqarida 
boMishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga 
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona 
omboridan foydalanilsa - bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi 
- ijtimoiy ishlab chiqarishning 
moddiy-buyumlashgan ko‘rinishga ega boMmagan iste’mol 
qiymatlarini yaratishga yo‘naltirilgan sohalari. U o ‘z ichiga moddiy 
xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat 
va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy 
maslahatlar berish, o ‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.
Xususiy tadbirkorlik 
- bu fuqarolar (alohida fuqarolar) 
tomonidan o ‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari 
ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi 
qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik 
faoliyatidir.
Xususiy tashkilotlar 
- demokratik davlatlarda, individuallar 
va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. 
Masalan, ro‘znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. 
Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko'rsatadi. 
Ko‘plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya,
177


Shvetsiya va ko‘plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) 
sanoat va xizmat ko'rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o ‘zi 
egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o ‘zi aksariyat 
uyushmalar va tashkiiotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu 
davlatlarda odamlar davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha 
olmaydilar ham.
Shaxsiy daromad 
- jismoniy shaxslaming soliq to ‘lagunga 
qadar daromadi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling