Amonboyev mahammadsidik


aksiya, obligatsiyalar bozor narxlarining ular nominal qiymatiga


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/155
Sana21.11.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1792055
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

aksiya, obligatsiyalar bozor narxlarining ular nominal qiymatiga 
nisbati orqali aniqlanadi. Ba’zida tovar va fond birjalari yagona 
tovar-fond birjalariga birlashadilar.
Dunyoda birinchi fond biijasi 1773- yilda Londonda, 
keyinchalik 1791- yili Filadelfiya shahrida, 1792- yili Nyu-Yorkda 
tashkil etilgan.
Har xil turdagi qimmatli qog'ozlaming paydo bo'lishi hamda 
ular oldi-sotdisi amalga oshirilishi qimmatli qog'ozlar bozori 
faoliyatining boshlanishiga olib keldi. Asosiy ma’no shundaki, bu 
borada sotilgan va sotib olingan qimmatli qog'oz mulkdorlik huquqi 
va shu mulk badalidan ma’lum daromad olish huquqini berar edi. 
Ana shu huquq qimmatli qog'ozda mujassamlashgan bo'ladi.
Qimmatli qog'ozlar mulkiy ma’nodagi hujjat bo'lib, mulkiy
65


huquq ushbu hujjatsiz amalga oshirilmaydi va biror boshqa kishiga 
o‘tib qolmaydi. Qimmatli qog‘ozlaming asosiy turi sifatida 
egasiga aksiyadorlik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish hamda 
ma’lum dividend olish huquqini beruvchi guvohnoma - aksiya va 
obligatsiyalami ko‘rsatib o‘tish mumkin. Aksiya va obligatsiyalar 
emitentlari aksiya va obligatsiya egalariga ma’lum avvaldan 
belgilangan yillik foiz miqdorida daromad to‘lash majburiyatini 
oladilar. Aksiya va obligatsiyalar fond birjalari va birjadan tashqari 
bozorda sotiladi va sotib olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarga, shuningdek tovar va pullik hujjatlar 
kiradi. Ular o‘zlaridaqonuniy asosdamujassamlashtirilganqiymatni 
amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari cheklar, veksellar, 
depozit sertifikatlar, obligatsiya kuponlari, ombor guvohnomalari, 
varrantlar va boshqalar kiradi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling