Ulaming natijalarini baholash va sifatini oshirish uchun fanning
asosiy vazifalaridan kelib chiqib, ilmiy xulosalar yaratish va
amaliyotning har bir qadamini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Bozor infratuzilmasi ishtirokchilari harakatlarini doimiy
kuzatish asosida xulosalar chiqarish va ulami amaliyotga tatbiq
etishni bir necha shakllarda amalga oshirish mumkin. Uning uchun
bozordagi har bir ishtirokchining iqtisodiy aloqalarida mavjud
muammolarini o ‘rganish talab etiladi. Bu shakllami quydagilar
orqali ifodalash mumkin:
- davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar;
-yan gi iqtisodiy ishtirokchilaming paydo bo‘lishi.
Davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar 2 xil usulda amalga
91
oshiriladi. Bularto‘g‘ridan to‘g ‘ri (bevosita), ya’ni infratuzilmaning
shakllanishigaqonunchilikasosidasharoityaratish.Bundamamlakat
hukumati tomonidan bozordagi sharoitlar va ishtirokchilaming
munosabatlarini davlat va iqtisodiy subyektlar manfaatlari nuqtayi
nazaridan kelib chiqib qonuniylashtiradi va ularga sharoitlar
yaratiladi. 0 ‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tilgandan so‘ng
juda ko‘plab bunday infratuzilmalar yaratildi. Misol qilib aytish
mumkinki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikning bo'lishini
talab etdi va unda yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish
jarayoni boshlandi. Bu esa quyidagi to‘rt xil usulda amalga oshirildi:
1) davlat mulkini aksiyalar orqali korxonada ishlovchilarga
taqsimlab berish;
2) korxona aksiyalarini fond bozorida sotish;
3) aksiyalar chiqarilib, davlat ixtiyorida ushlab qolish;
4) chet ellik hamkorlarga aksiyalarini sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: |