Аmplituda modulyatsiya signallarni detektrlashni tadkik etish
Tovushli eshittirish signallari
Download 395.61 Kb.
|
4-amaliy mashgulot tizimlar va signallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faksimil signallar
Tovushli eshittirish signallari
Yuqori sifatli mikrofonlar tovushli eshittirish birlamchi signallarining manbalari hisoblanadi. Bu signallar turli xildagi signallarning almashinishi: nutq (diktor nutqini alohida ajratish kerak), badiiy oʼqish (soʼzlar va musiqa birikmalari), yakka ijrodan simfonik orkestrlarda ijro etiladigan musiqiy vokal va cholgʼu asboblari asarlarining almashinishini ifodalaydi. Eshittirish signallarining chastotaviy spektri 15dan (baraban tovushi) 20000 Gts gacha boʼlgan chastotalar oraligʼini egallaydi. Lekin eshittirish signallarini uzatishga yoʼnaltirilgan ∆Gʼte effektiv uzatilayotgan chastotalar oraligʼi (EUChP) ni tiklash sifatiga qoʼyiladigan talablarga qarab, chastotalar oraligʼi maʼlum darajada chegaralangan boʼlishi mumkin. Tovushli eshittirish signallarini yuqori sifatda tiklash uchun uning EChUO 50 . . . 10 000 Gts ni tashkil qilishi kerak. Eshittirish dasturlarining benuqson eshittirilishiga erishish uchun, eshittirish signalining chastotalar oraligʼi 30 ... 15 000 Gts ni tashkil etishi kerak. Faksimil signallar Faksimil aloqa elektr aloqa turlaridan biri, u qoʼzgʼalmas tasvirlar: fotografiyalar, chizmalar, matnlar ( shu jumladan, qoʼlyozmalarni ham), gazeta sahifalarini uzatadi. Birlamchi faksimil signallar qoʼzgʼalmas tasvirning elektr optik yoyilish jarayoni yordamida olinadi. Tasvir elementlaridan qaytgan yorugʼlik oqimini elektr oqimiga oʼzgarishiga elektr optik yoyilish deyiladi. Birlamchi faksimil signalni hosil qiluvchi modellardan birining sodda sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Uzatilayotgan tasvir tegishli formatdagi varaqda D elektr dvigatelining valida joylashgan uzatuvchi faksimil apparati barabanining ustiga qoʼyiladi; yoritish elementi – YoE (yorugʼlik diodi, lazer diodi), L1, L2 optik linzalaridan tarkib topgan uzatuvchi faksimil apparatning optik tizimi tasvirning sirtida kichik diametrli ravshan yorugʼ dogʼni hosil qiladi. Bu dogʼ baraban oʼqi boʼylab siljiydi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi televizion trubkalarning yoyuvchi nurlari sinxron va sinfaz harakat qilishi kerak. Buning uchun televizion signalning uzatkichidan uning qabul qilgichiga sinxronlovchi impulьslar uzatiladi: nurni bir satrning oxiridan keyingi satrning boshlanish joyiga oʼtish paytida satrni sinxronlovchi impulьslar, har bir kadr (yarim kadr)ning oxiridan boshqasining boshlanish joyiga oʼtish paytida esa kadrni sinxronlovchi impulьslar uzatiladi. Sinxroimpulьslar tasvirga xalaqit bermasliklari uchun ular kineskop nuri oʼchirilgan, yaʼni oʼchiruvchi impulьslar uzatilayotgan paytda uzatiladi. Qabul qilgichda sinxronlovchi va oʼchiruvchi impulьslarga taqsimlash daraja boʼyicha amalga oshiriladi: agar oʼchiruvchi impulьslar videosignalning qora maydon uzatilayotgan paytdagi darajasiga teng daraja bilan uzatilsa, sinxroimpulьslar esa videosignalning «qoradanda qoraroq» maydon uzatilayotgan paytda hosil boʼlishi mumkin boʼlgan darajasiga teng daraja bilan uzatiladi. Аnalog tizimlar toʼgʼrisida gapirilganda ularning turli tizimlarini ustida toʼxtalish mumkin. Ularning ishlash tamoyillari analog signallarga asoslangan boʼladi. Ishov tartibi xam analog signallarning ishlov berish konun koida va usullariga asoslanadi. Kuyida oʼzaro aralashtirilgan modulyatsalovchi va modulyatsiyalangan analog signalar tizimini koʼrib chikamiz. АM signallar odatda yarim oʼtkazgich diod, tranzistor yoki elektron lampalardan NE sifatida foydalanilib modulyator sxemasi olinadi. АM signallar odatda yarim oʼtkazgich diod, tranzistor yoki elektron lampalardan NE sifatida foydalanilib modulyator sxemasi olinadi. Tranzistorli amplituda modulyatori АM signallarni olishda tranzistorli modulyatorlar modulyatsiyalovchi signal aktiv elementlarning qaysi uchlari orasiga berilganiga qarab farqlanadilar. 4. Tashuvchi signal uω(t) va modulyatsiyalovchi signal um(t) bipolyar tranzistorning baza-emitter oraligʼiga berilgan boʼlsa, baza modulyatsiyasi deb ataladi. 5. Tashuvchi signal uω(t) baza-emitter oraligʼiga va modulyatsiyalovchi signal um(t) kollektor-emitter oraligʼiga berilgan boʼlsa kollektor modulyatori deb ataladi. 6. Tashuvchi signal uω(t) baza-emitter oraligʼiga, modulyatsiyalovchi signal bir vaqtning oʼzida baza-emitter va kollektor-emitter oraligʼiga berilsa bunday modulyator murakkab modulyatsiya turi hisoblanadi. Download 395.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling