Gravimetrik tahlilni afzalligi va kamchiligi
Gravimetrik tahlilni aniqligi 0,01-0,005% bo‘lib kimyoviy tahlil usullari ichida g‘oyatda yuqori aniqliga ega. SHuning uchun gravimetriya ba’zi munozarali xolatlarda “arbitraj” ya’ni muammoni to‘g‘ri echimini beraoladigan-xakam usuli sifatida ishlatiladi.
Asosiy kamchiligi shundaki ko‘p mexnat talab etiladi. Qator moddalar va farmatsevtik preparatlarning miqdoriy tahlimida qo‘llanadi. Uchuvchan moddalar va xomashyoning namligini undagi qoldiq kul miqdorini aniqlashda, nisbatan ko‘proq qo‘llanadi.
Mustaqil echish uchun mashq va masallar. Na2CO3· 10 H2O tarkibidagi suvning miqdorini toping.
Glauber tuzi va kristall soda aralshmasi tarkibida 50% suv bor. Har ikkala moddalar tarkibidagi tuzlarning massa ulushlarini toping.
CuSO4 · 5 H2O tarkibidagi suvning massa ulushini toping.
CaSO4 · 0,5H2O va CaSO4·2H2O tarkibidagi suvning miqdorini aniqlang.
Ruh kuporosi va temir kuporolari aralashmasida tarkibida 36 % suv bolgan moddada tuzlarning miqdorini toping.
Miqdor analizi mohiyati va turlari.
Gravimetrik analiz qanday analiz hisoblanadi va u nimaga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |