Analitik kimyo va fizik-kimyoviy taxlil


Download 0.54 Mb.
bet75/77
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#253997
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Amaliy-AKvaFKT (Uslub Q)

AMALIY MASHG’ULOT № 9

Mavzu: TITRIMETRIK TAHLILGA OID MASALALAR.

Nazariy qism.

Titrimetrik analizda aniqlanayotgan modda miqdori reaksiyaga sarf bo’lgan ma’lum konsentrasiyali reaktiv eritmaning hajmiga asoslanib aniqlanadi.

Modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentrasiyasini hajimiy analitik yo’l bilan aniqlash jarayoniga titrlash deyiladi. Titrimetrik analizning bu muhim muolagasi shundan iboratki, miqdori aniqlanayotgan modda eritmasiga reaksiya tugagunga qadar ma’lum konsentratsiyali boshqa eritma quyiladi.
Titrlashda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq mos keluvchi miqdorda qo’shiladi. Reaktivning titrlashga sarflangan aniq konsentrasiyasi va eritmasining hajmi o’lchanib, olingan miqdor eritmaning titriga ko’paytirilsa, reaktivning grammlarda ifodalanadigan massasi topiladi.

Titrimetriyada turli-tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi usullari mavjud:




  1. Neytrallash usuli/ Buusul kislota va ishqorlarning o’zaro ta’siri, ya;ni neytrallash reaksiyalariga asoslangan hajmiy aniqlashlardan iborat.

  2. Oksidlanish-qaytarilish ususli (oksidimetriya). Bu usullar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksisdlovchi eritmalari bilan titrlab qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha, qaytaruvchi eritmalar bilan titrlab oksidlovchi moddalarning miqdori aniqlanadi.

  3. Cho’ktirish va kompleks hosil qilish usullari. Bu usullarga ionlarning qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirish va kam dissotsialangan kompleksga bog’lashga asoslangan hajmiy aniqlashlar kiradi.


Amaliy qism.

1-misol. NaOH ish eritmasining konsentrasiyasini aniqlash uchun boshlang’ich eritma sifatida fiksanaldan tayyorlangan xlorid kislotaning 0,1 n eritmasi olingan. Titrlashga olingan boshlang’ich eritmaning hajmi 10 ml. Titrlashga sarflangan ish eritmasining hajmi 11,30 ml. Ish eritmasining aniq normal konsentrasiyasi topiladi.
NNaOH = = =0,0885
2-misol. Agar tahminiy fiksanaldan 0,1 n li NaOH eritmasining titrimetrik aniqlangan normal konsentrasiyain0,0885 bo’lsa, K nimaga teng?

K= = 0,088;

Agar eritma titrini 1 ml eritmadagi moddaning gramm hisobdagi massasini ifodalash uchun, quyidagi formuladan foydalaniladi.



T = yoki T =

Titrimetrik hisoblashda ko’pincha eritmaning titri biron-bir modda bo’yicha hisoblanadi. Buning uchun


Txy =

3-misol. AgNO3 eritmasining normalligi 0,1020 ga teng, uning CL- ionlari bo’yicha titri:
T AgNO3/Cl- = = = 0,003616 g/ml

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling