S.Arreniusning elektrolitik dissosilanish nazariyasi
Shved olimi Svante Arrenius 1887 yil elektrolitlarning elektr tokini o’tkazish sabablarini o’rganib “Elektrolitik dissosilanish nazariyasi”ni taklif etadi. Keyinchalik P.Debay bu nazariyaning rivojlanishi uchun ko’p qo’shimchalar qilgan.
- har qanday elektrolit suvdagi eritmada yoki suyuqlanmada musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi;
- elektr toki ta’sirida musbat zaryadli ionlar katodga (manfiy qtub) manfiy zaryadli ionlar anodga (musbat qtub) tomon tortiladi. Shuning uchun musbat zaryadli ionlar “kationlar”, manfiy zaryadli ionlar “anionlar” deyiladi.
- elektrolitlarning ionlarga ajralishi elektrolitik dissosilanish deyiladi. Dissosilanish qaytar jarayon bo’lib unga teskari jarayon, ya’ni elektrolit ionlarining birikishi assosilanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |