Kation – musbat ion (zarracha), Katod – manfiy qtub
Anion – manfiy ion (zarracha), Anod – musbat qtub
Dissosilanish – ionlarga ajralish.
Assosilanish – ionlarning birikishi.
Ion – grek tilidan olingan so’z bo’lib, “kezib yuruvchi” degan ma’noni anglatadi. Ionlarni tarkibiga qatab, oddiy va murakkab ionlarga ajratamiz. Tarkibi bitta element atomidan iborat ionlar oddiy ionlar deyiladi. Masalan: Cl- – xlorid, S-2 – sulfid, Na+ – natriy, Fe+3 – temir (III) ionlari va h.k. Tarkibi har xil element atomlaridan iborat ionlar murakkab ionlar deyiladi. Masalan: NH4+ – ammoniy, SO42- – sulfat, CuOH+ – mis (II) gidroksi, HPO42- – gidrofosfat ionlari va h.k. Ionlarni yana rangiga qarab rangli va rangsiz ionlarga ajratamiz.
Rangsiz ionlar: Cl- – xlorid (anion), S-2 – sulfid, Na+ – natriy (kation), NH4+ – ammoniy, SO42- – sulfat, HPO42- – gidrofosfat, N+ – vodorod ionlari va h.k.
Rangli ionlar: Fe+3 – qo’ng’ir, Cu+2 – ko’k, Cu+ – qizil, Ni+2 – yashil, Fe+2 – qizil-qo’ng’ir, Be+2 – kulrang, Al+3 – oq, Zn+2 – oq-kulrang, Cr2O72- – zarg’aldoq, CrO42- – sariq, MnO4– – binafsha, [Fe(CN)6]+4 – sariq, [Fe(CN)6]+3 – qizil, Ag+ – kulrang va h.k.
Kislota, asos va tuzlarning dissosilanishi.
Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida vodorod katonlariga va kislota qoldig’i anionlariga ajraladigan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalar bosqichma-bosqich dissosilanadi.
I) HCl = H+ + Cl–
I) HNO3 = NO3– + H+
|
I) H2SO4 = HSO4– + H+
II) HSO4– = SO42– + H+
|
I) H3PO4 = H2PO4– + H+
II) H2PO4– = HPO42– + H+
III) HPO42– = PO43– + H+
|
Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida metall katonlariga va gidroksid anionlariga ajraladigan murakkab moddalar asoslar deyiladi. Asoslar bosqichma-bosqich dissosilanadi.
I) NaOH = Na+ + OH–
I) CsOH = Cs+ + OH–
|
I) Ca(OH)2 = CaOH+ + OH–
II) CaOH+ = Ca+2 + OH–
|
I) Al(OH)3 = Al(OH)2+ + OH–
II) Al(OH)2+ = AlOH2+ + OH–
III) Al(OH)2+ = Al+3 + OH–
|
Suyuqlanmalarida yoki suvdagi eritmalarida metall katonlariga va kislota qoldig’i anionlariga ajraladigan murakkab moddalar tuzlar deyiladi. Tuzlar bir bosqichda dissosilanadi.
NaBr = Na+ + Br–
Ba(NO3)2 = Ba+2 + 2NO3–
|
Al2(SO4)3 = 2Al+3 + 3SO42– NH4Cl = NH4+ + Cl–
|
CuSO3 = Cu+2 + SO32–
|
Do'stlaringiz bilan baham: |