Javob: Bariy gidrid (BaN2).
7-masala. 4 g natriy giroksidni neytrallash uchun H2SO4·nSO3 tarkibli oleumdan 6 g sarflangan bo’lsa, Oleum tarkibidagi SO3 ning 1 moliga necha mol sulfat kislota to’g’ri kelishini aniqlang.
Yechish: 1) bunday masalalarni echishda ikki noma’lumli tenglamalardan foydalaniladi. Oleumdagi sulfat kislotaga (H2SO4) sarflangan ishqor massasi -X, oleumdagi oltingugurt (VI) oksidga sarflangan ishqor massasi (4-X), H2SO4 massasi –Y, SO3 massasi (6-Y) bilan belgilanadi.
NaOH + H2SO4 Na2SO4 + H2O
2NaOH + SO3 Na2SO4 + H2O
Belgilashlar asosida quyidagi holatda proporsiya tuziladi:
40 —— 98
X —— Y │ Y = 2,45X
2) 80 —— 80
(4-X) —— (6-Y) tenglamada Y = 2,45X bo’lganligi uchun Y ning qiymati o’rniga qo’yilsa proporsiya quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
80 —— 80
(4 - X) —— (6 - 2,45X)
320 – 80X = 480 – 196X
196X – 80X = 480 – 320
116X = 160
X = 1,38
Demak, 1,38 g natriy gidroksid (H2SO4) ga sarflangan.
3) Sulfat kislotaga sarflangan ishqor massasidan foydalanib sulfat kislota massasi va moli topiladi:
40 —— 98
1,38 —— Y │Y = 3,38 g yoki 0,0345 mol H2SO4
4) Sulfat kislota massasidan foydalanib oleum tarkibidagi sulfat angidrid massasi va moli topiladi:
6 – 3,38 = 2,62 g yoki 0,03275 mol SO3.
5) Topilgan mollar asosida SO3 bir moliga qancha mol H2SO4 to’g’ri kelishi hisoblanadi:
0,03275(SO3) —— 0,0345(H2SO4)
1 —— X │ X = 1,05
Do'stlaringiz bilan baham: |