AMALIY MASHG’ULOT № 8
Mavzu: GRAVIMETRIK TAHLILGA OID MASALALAR.
Nazariy qism:
Miqdoriy tahlilning maqsad va vazifalari
Analitik kimyo modda va ashyolarni sifat va miqdoriy tarkibini o‘rganuvchi fan.
Miqdoriy tahlilning maqsadi – moddani miqdoriy tarkibini aniqlab, uni etalon (standart) namunaga muvofiqligini isbotlashdan hamda kimyoviy-maxsulot, dori xom ashyosi, dori vositalari va boshqa ashyolar tozaligini tavsiflashdan iborat.
Miqdoriy tahlilning vazifasi – tahlilning mavjud usullarni takomillashtirish va yanada tezkor va samarali usullarni ishlab chiqishdan iborat.
Dori vositasini amalda qo‘llanishi uning miqdoriy tarkibiga bog‘liq. Masalan, qonni suyultiruvchi osh tizini 0,9% fizologik eritma konsentratsiyasini juda oz o‘zgarishi xam bemorning xolatiga salbiy ta’sir etadi. Kamfara – dori vositasi 178,40S da suyuqlanadi, suyuqlanish xaroratini oz bo‘lsada o‘zgarishi uning iflosligidan darak beradi.
Xulosa: Miqdoriy tahlil modda va ashyolar sifatini belgilovchi, miqdoriy tarkibni aniqlovchi asosiy vositadir.
Miqdoriy tahlil asoschi – massalar saqlanish qonunini kashf etgan M.V. Lomonosovdir, D.I. Mendeleev, Menshutkin, Kurkonov, Alimarin, Xlopin va boshqa olimlarning ishlari miqdoriy tahlil usullarini shakllanishi va takomillanishiga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |