Analitik kism
Download 215 Kb.
|
ichki audit kukon mzhk 2021 y 4 chorak yakuni yangi 2-1-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof foyda 1044,8 1075,7
- Korporativ boshkaruv prinsiplariga rioya kilinishini tekshirish natijalari buyicha xisobot
- Buxgalteriya xisobi xolati va moliyaviy xisobotlarni tuzilishini tekshirish natijalari buyicha xisobot
Yukoridagidan kurinib turganidek 2021 yil yakunining sof foydasi 1075,7 mln sumni tashkil etib foyda olish rejasi 102,9 foizga bajarilgan. Korporativ boshkaruv prinsiplariga rioya kilinishini tekshirish natijalari buyicha xisobot “Qo‘qon yog‘ moy” aksiyadorlik jamiyati boshkaruv raisining choraklik xisobotlari, shuningdek, «Qo‘qon yog‘ moy” AJ ichki audit xizmatining choraklik xisobotlari jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan muntazam kurib borilib, yigilish bayonlari rasmiylashtirib borilgan. Jamiyat kuzatuv kengashining yigilishlari muntazam reja asosida utkazib borilgan va unda jamiyatning moliya xujalik faoliyatiga daxldor va korporativ boshkaruvga daxldor masalalar kurib borilib tegishli karorlar kabul kilib borilgan. Taftish komissiyasi tomonidan xar chorakda affillangan shaxslar buyicha ma’lumot kuzatuv kengashiga takdim kilib kelingan. Buxgalteriya xisobi xolati va moliyaviy xisobotlarni tuzilishini tekshirish natijalari buyicha xisobot «Qo‘qon yog‘ moy ” AJda buxgalteriya xisobi Uzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya xisobi tugrisida”gi Konuni, Uzbekiston Respublikasi buxgalteriya xisobi milliy standartlari (BXMS) va “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga xamda korxona boshkaruvi tomonidan tasdiklangan «Xisob siyosati»ga muvofik olib boriladi. Uzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya xisobi tugrisida”gi Konunining 7-moddasiga asosan korxonada ichki xisob va xisobot uchun “Xisob siyosati” ishlab chikilgan va 2021 yil uchun buyruk asosida kuchga kiritilgan. Unda buxgalteriya xisobi yuritilishi, moliyaviy xisobotlarni tuzilishi va takdim kilinishi, buxgalteriya xisobi va moliyaviy xisobotlar bilan boglik munosabatlarni tartibga solish metodologiyasi kursatib berilgan. Buxgalteriya xisobini yuritish ma’suliyati buxgalteriya bulimiga, xujalik operatsiyalarini amalga oshirish esa tegishli bulinmalarga yuklangan. Buxgalteriya xisobi tulik moddiy javobgar shaxs bulmagan bosh xisobchi tomonidan nazorat kilinadi. Nakd pul mablaglari buyicha moddiy javobgar shaxs kassir xisoblanadi. Buxgalteriya xisobini yuritish shtat jadvaliga asosan ma’lum shaxslarga yuklatilgan. Moddiy javobgarlik shtat jadvaliga asosan ma’lum shaxslarga yuklatilgan va ular bilan tulik moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Korxonada yukoridagidek ichki nazoratni urnatilishi ma’lum ravishda turli upirilish,talon tarojliklardan ximoyalangan. Analitik xisob oyma-oy yuritiladi, jurnal-order tuziladi, bosh kitob yuritiladi, xar oyda bajarilgan ishlar umumlashtiriladi va uz vaktida muntazam yukori tashkilotlarga, solik va statistika organlariga takdim kilingan. Ishlarni bajarish, tovar va xizmatlarni sotish xisobi, xisob-kitob xujjatlarini xaridorlarga takdim kilish (schet-faktura, yuk xati va x.k.) Solik Kodeksiga muvofik amalga oshirilgan. “Buxgalteriya xisobi tugrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofik solik va majburiy ajratmalar xisoblash usuliga asosan pul mablaglari to‘lovlaridan kat’iy nazar kaysi davrda amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda tan olinadi va aks ettiriladi. Chorak yakuni solik xisobotlari soliq qonunchiligiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiklangan, Adliya Vazirligi tomonidan 21.01.2008 y.da №1760 rakam bilan ruyxatga olingan “Moliyaviy xisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari”ga muvofik tuldirilgan va takdim kilingan. Jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar ko‘rilganda quyidagi xolatda bo‘lganligi aniqlandi. Jamiyatning xisobot 2021 yil boshiga tashkilot va korxonalardan bo‘lgan debitorlik xaklari 36 093 759,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2021 yil oxiriga 12 645 790,0 ming so‘mga yetib, yil boshiga nisbatan 23 447 969,0 ming so‘mga kamaygan. Xisobot yil boshiga tashkilot va korxonalardan 18 532 317,0 ming so‘m kreditorlik qarzdorligi mavjud bo‘lib, 2021 yil oxiriga 12 630 739,0 ming so‘mni tashkil qilgan va yil boshiga nisbatan esa 5 901 578,0 ming so‘mga kamaygan bulib majburiyatlarning bunday katta mikdorda sundirilishi ijobiy natijadir. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya kilish tugrisida”gi Uzbekiston Respublikasi Konuning 51-moddasi (Dividendlarni tulash tartibi)ga asosan jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar buyicha xisoblangan dividendlarni tulash aksiyadorlarning dividendlarni olishga bulgan teng xukuklariga rioya etilgan xolda amalga oshiriladi. Dividendlarni tulash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigilishi karorida belgilanadi. Dividendlarni tulash muddati shunday karor kabul kilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bulmasligi lozim. 2021 yil 1 yanvar xolatiga tulanadigan dividendlar buyicha karzdorlik 117 525,0 ming sumni tashkil etgan bulib, 2021 yil oxiriga tulanishi lozim bulgan dividendlar buyicha karzdorlik 75 706,0 ming sumni tashkil etgan. Tavsiya: Dividend tulovidan bulgan karzdorlikni yil yakunigacha tulash chorasini kurilmok kerak. Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling