Analizatorlarning turlari, ko’rish analizatorining yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 44.09 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi44.09 Kb.
#1757962
1   2   3   4   5
Bog'liq
ANALIZATORLARNING TURLARI, KO’RISH ANALIZATORINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI.

Eshitish analizatori.
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi. Eshitish analizatori 3 qismga- tashqi, o’rta va ichki qismga bo’linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi.
Tashqi eshituv yo’lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo’li devorchalarida maxsus bezchalar bo’lib ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog’ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo’lib elastikdir. Nog’ora parda xavo to’lqinlarining ta‘sirida tebranib bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o’rta quloqqa o’tkaziladi. O’rta quloq nog’ora bo’shlig’idan, eshituv suyakchalaridan ya‘ni-bolg’acha, sandon va uzangi va yevstaxiydan iborat. O’rta quloq bo’shliq yevstaxiy nayi yordamida burun xalq tutashadi. Eshituv suyakchalari nog’ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko’paytiradi. O’rta quloq bo’shlig’idagi bosim tashqi, bosimga barobar bo’lgandagina nog’ora pardasi normal ravishda tebranadi. O’rta quloq bo’shlig’i yevstaxiy nayi orqali burun xalqumiga tutashganligi tufayli nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan bo’lsa, eshitish utkirligi buziladi. Nog’ora pardasining ikki tomonidagi bosim haddan tashqari ko’p farq qiladigan bo’lsa parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chig’anoq yarim aylana kanallar-labirint va daglizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu yerda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu yer muvozanat organi hisoblanadi. Bolalarda muvozanat organi ba‘zan qo’zg’aluvchan bo’lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga keladi. Chig’anoq eshitish organi, uning ichida tovushni sezuvchi Kortiev organi joylashgan. Bu yerda eshituv nervi joylashgandir. Tovush tebranishlarini qabul qilish eshitish sezgisi havo tulqinlarining nog’ora pardasiga kelib, urilishi natijasida vujudga keladi. Nog’ora pardasining tebranishi, eshituv suyaklarida takrorlanadi. Bu tebranish chig’anoq ichidagi kortiev organidagi tuklarni tebrantiradi. Shu bilan eshituv nervining uchlarini qo’zg’aydi. Bu qo’zg’alish impulsi bosh miya yarim sharlar po’stlog’idagi eshituv markaziga 8-tib boradi. Ko’pchilik tomonidan qabul qilingan nazariyaga ko’ra, qortiev organining turli tolalari muayyan tonta sozlangandir. Turli tondagi tovushlarni analiz qilish chig’anoqdan boshlanadi. Odam qulog’ining tovut sezadigan muayyan chegarasi bo’lib, sekundiga 16 dan 20000 gts gacha bo’lgan tovush to’lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog’lom bo’lishi uchun uning gigienasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. Urta quloqning yallig’lanishi ya‘ni ottit kasalini oldini olishga xarakat qilish kerak. Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o’tkazish tavsiya etiladi.
Maktab binosidagi yorug’lik rejimi.
Odam ko’zi yorug’lik ta‘sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko’radi. Ko’z 390 dan 760 mmk gacha bo’lgan to’lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi. Xonaning ratsional, yeritilishi ko’rish organining asosiy xususiyatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yeritilish bir xil tarqalgan, ko’zni kamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo’lishi qerak. Yoritilish gigienik talablarga to’g’ri javob bergandagina, ko’rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo’ladi. Odamning aqtiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug’lik to’shish vaqtida emas, balki kechasi xam sun‘iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv ish faoliyatini kechasi xam saqlab qolish xozirgi zamon gigienasining asosiy maqsadidir. M.D.Sharovning tadqiqotlari o’quvchilarning ish qobiliyati sinfning yoritilishiga bog’liqligini ko’rsatadi. Yoritilish.tabiiy va suniy yo’llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini gigienik baholash uchun yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koefitsienti deb, derazalar oynalangan sathining pol satxiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish koeffitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo’lishi kerak. Sinfga o’rnatilgan derazalar oralig’i 50- 75 sm bo’lishi kerak. Deraza tokchasi pol satxidan 80 sm baland bo’lishi kerak. Deraza oynasi toza bo’lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yorug’likni to’sib qo’yadi. Derazalarni gullor, pardalar bilan to’sib qo’ymaslik kerak. Sinfning bo’yalishi ham yorug’likka ta‘sir -qilodi. Sinfning devorlari, shipi oq buyoqqa, panel och yashil yoki och ko’k rangga bo’yalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig’indisi qish oylarida 75000 lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo’lishi kerak. Maktablarda suniy yoritilishdan cho’g’langan na lyuminitsent lompalardan foydalaniladi. Lyuminitsent lampalar bilan yoritish samorali hisoblonadi, chunki yorug’lik sinfga bir hil torqaladi sinfni isitib yubormaydi. 50 kv. m maydondagi o’quv xonalarini, cho’g’lanish lampalari bilan yoritilganda 7 -8 ta nuqtalar bo’lishi kerak. Umumiy quvvati 2100-2400 Vatt bo’lishi kerak. Xozirgi maktablarda SK-ZOO, KMO-ZOO va nurlarni tarqatib beradigan polietilen xalqali DRK yoritqichlaridan keng foydalaniladi. Yoritkichlar ichki dsvoridan bir yarim metr, tashqi devoridan 1,3 metr masofadan ikki qator qilib joylashtiriladi. Qatorlardagi yoritkichlar orasidagi masofa 2,65 metr sinf doskasidan 1,2 metr uzoqlikda bo’lishi kerak. Xozirgi vaqtda sinf xonalari uchun yangi yoritgich ShOD ishlob chiqilgon. Sinfning sun‘iy yoritilishi 175-350 lyuksdan kam bo’lmasligi kerak.
Maktab binosidagi issiqlik rejimi.
Bolalar muassalarini mikroklimati ularning yoshi, iqlim sharoiti yilning fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. Maktabda sinf xonalarining xarorati 18°1, sport zallari va masterskoylar temperaturasi 14-16°t bo’lishi kerak, nisbiy namlik sinfda 40-65% bo’lishi kerak. Xozirgi vaqtda ko’pchilik maktablar markaziy isitilish sistemasi orqali past bosimli suv bosimi yordamida isitiladi. Bunday isitilish kun maboynida havo temperaturasini bir xil bo’lishini, havoning juda quruq bo’lmasligini, chang bo’lmasligini ta‘minlaydi. Isitish priborlari, yani radiatorlar poldan 20 sm balandga devordan 10 sm uzoqroq qilib o’rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to’siladi. Xozirgi vaqtda sinf xonalarini nurlanuvchi issiqlik tarqatuvchi isitish sistemasidan keng foydalanilmoqda. Ba‘zi maktablarda pechlar yordamida isitiladi. Bunday pechlar o’qish boshlanishidan 2 soat oldin isitilishi kerak, sinf xonalarida havoning sof bo’lishi uchun xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Qish oylarida fortochkalar yoki framogalarni ochish bilan shamollatiladi, mashg’ulot o’tiladigan xonalar xar soatda 5-10 minut shamollatilishi kerak. Xona bir soat mobaynida fortochkalar bilan shamollatilsa korbanat angidrid gazining miqdori 7% ga kamayadi. Maktab binosi ko’rilayotganda devorlar orasiga sun‘iy vintilyatsiya uchun joy quyiladi, ximiya loboratoriyasi va duradgorlar masterskoyiga qo’shimcha xavo tortuvchi shkaflar urnatiladi. Maktab vrachi sinf xonalaridagi havo tarkibini fizika, ximiya kabinetlaridagi sochilgan simob miqdorini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishi kerak.

Download 44.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling