Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 0.63 Mb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1091981
1   2   3   4   5
Bog'liq
Тест

Ta'm bilish analizatori.
Og`iz bo`shlig`idagi shilliq qavatning epiteliyasida yumaloq yoki oval shaklidagi ta'm sezish piyozchalari joylashgan. Har bir piyozchada 2-6 ta ta'm bilish hujayralari o`rnashgan.
Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 minggacha boradi. Ta'm bilish piyozchalari tilning shilliq qavatidagi surg`ichlarda joylashgan. Har bir ta'm bilish piyozchasidan ikki – uch nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o`tadi. Tilda shirin, achchiq, nordon va shurni sezuvchi ta'm bilish analizatorlari joylashgan. Shiringa tilning uchi, achiqqa asosi sezgir bo`ladi. Shur uchun 0,12 sek., achchig`i uchun 0,22 sek. Vaqt ketadi. Bolaning 9 – 10 kunlaridan boshlab shirin moddalarga adekvat reaktsiya vujudga keladi. Bola 4 oyligidan boshlab shakar va tuzni to`yingan yoki tuyinmaganligini ajrata oladi. Masalan, 0,4 % osh tuzini 0,2 % lidan, 2 % qand eritmasini 1 % lidan farq qiladi. Bolaning bir yoshidan olti yoshigacha ta'm bilish retseptorlarining sezgirligi ortib boradi.


Hid bilish analizatori.
Turli moddalarning hid burunning yuqori chig`anoqlarining o`rta qismi va burun tusig`ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar yordamida bilinadi. Shilliq pardadagi o`siqlar hidlov nervini xosil qiladi. Odamda hid biluvchi nerv xujayralari 60 mil. ortiq. Hid sezgisi nixoyatda o`tkir va nozik hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100.000 gramm efir bo`lganda odam uning hidini sezadi. Yangi to`g`ilgan bola ba'zi bir noxush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o`zgartirish, nafas olish va pulsning o`zgarishi bilan javob beradi. Hidlarni to`liq ajrata olish 4 oylikdan boshlanadi.
Ko`rish analizatori.

Ko`rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida tasavvur xosil qilishimizga yordam beradi. Ko`zning bevosita ta'sirlovchisi yorug`lik bo`lib, yorug`lik ko`z retseptoriga ta'sir etib kuruv sezgisini xosil qiladi. Kuruv organi bolaning 11 – 12 yoshigacha rivojlanib boradi. Ko`zning tuzilishi. Ko`z soqqasi va uni o`rab turgan apparatdan tashkil topgan. Ko`z soqqasi sharga o`xshash bo`lib, ko`z kosasida joylashgan. Kuz soqqasining devori uch qavatdan: tashqi-oqsil parda (skera), o`rta – tomirli parda va ichki - tur pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi oq bo`lib uning bir qismi ko`rinib turadi. Skeraning orqa tomonidagi qismi teshikdir.






Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling