Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Download 0.63 Mb.
|
Тест
Ko'z soqqasi:
1- ko'z soqqasining oq pardasi; 2- ko'z soqqasining shox pardasi; 3- ko'zning qon tomir pardasi; 4- ko'zning rangli pardasi; 5- ko'zning oldingi bo'shlig'i (suyuqlik bilan to'lgan); 6- ko'z qorachig'i; 7- ko'z gav¬hari; 8- gavharni o'rab turuvchi kiprik¬simon muskul; 9- shishasimon tana; 10¬ko'zning to'r pardasi; 11- ko'rish nervi. Kuruv nervi shu erdan o`tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq, qabariq bo`lib shox pardani xosil qiladi. Shox pardada qon tomirlar bo`lmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment ko`p. Pigment miqdori har xil bo`ladi. Tomirli parda oldingi rangdor, o`rta - kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismiga bo`linadi. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar joylashgan bo`lib, xalqa muskullari qisqarganda ko`z qorachig`i torayadi, radial muskullar qisqarganda ko`z qorachig`i kengayadi. Rangdor pardaning o`rtasi teshik bo`lib unga ko`z qorachig`i deyiladi. Ko`z soqqasining ichki pardasi ya'ni to`r parda murakkab tuzilgan bo`lib, taraqqiy etish jixatdan kuruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. To`r parda ko`zning butun bo`shlig`ini qoplab turadi, to`r pardaning retseptorlari bo`lib 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kalbochka shaklidagi bir necha qavat hujayralar hisoblanadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavariq linza – gavhar joylashgan. Gavhar yarim suyuq modda bo`lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo`lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o`rtasida kichkina bo`shliq bo`lib, bunga ko`zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o`rtasida ham bo`shliq bo`lib bunga ko`zning orqadagi kamerasi deb aytaladi. Har bir kuruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor. To`r pardada kuruv nervining kirish joyi –ko`r dog` va narsalarni yaxshiroq kuradigan sariq dog`, dog`ning markazida chuqurcha bo`lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Ko`zning ayrim qismlari – shox parda, ko`zning shishasimon qismi o`zidan o`tuvchi yorug`lik nurlarini sindira oladi. Ko`zga yorug`lik nurlari ta'sir etganda radopsin va idopsin moddalar parchalanib ximiyaviy reaktsiya vjudga keladi. Ko`zning nur sindiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon suyuqlik, ko`zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon qism kiradi. Ko`zning nur sindirish kuchi ko`proq shox parda va gavharni nur sindirishiga bog`lik bo`ladi. Nur sindirish jioptriya bilan o`lchanadi. Bir dioptriya deganda fokus oralig`i 1 m bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig`i qisqaradi. Fokus orlaig`i 50 sm. bo`lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng bo`ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharning nur sindirish kuchi kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Ko`zning butun optiq sistemasini nur sindirish kuchi uzoqqa qaraganda 58 D ga yaqin masofada esa - 70 D. Shox parda gavhar orqali sariq dog` markaziga o`tgan chiziqqa kuruv o`qi deb ataladi. Narsalarning tasviri tur pardaga kichkina va teskari bo`lib tushadi. Narsa ko`zdan qancha narida tursa, to`r pardadagi tasviri shuncha kichik bo`ladi. Va aksincha narsa ko`zga qancha yaqinroq tursa to`r pardadagi tasvir o`shancha katta bo`ladi. Narsalarning tabiiy ravishda qurilishi Hayot tajribasiga bog`liq. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling